Salomatlik

Stress va homiladorlik

Homiladorlik sizda bir qator his-tuyg’ularni keltirib chiqarishi mumkin, shu jumladan, tashvish hissi yoki stress, lekin bu mutlaqo normal holat. Homiladorlikda stress bu katta o’zgarishlarga nisbatan normal bo’lgan reaksiya (shuningdek, homiladorlikda). Ba’zi holatlarda, stress odamlar uchun hattoki yaxshi bo’lishi ham mumkin, bu ularning yangi qiyinchiliklarga qarshi harakat qilishlariga turtki bo’lib xizmat qiladi.

Biroq, haddan tashqari ko’p vaqt stressda bo’lish siz va bo’lajak farzandingiz sog’ligi uchun turli muammolarni keltirib chiqishi mumkin.

Homiladorlikda stress sababi nima?

Ba’zi ayollar o’zlarida ilk homiladorlik belgilari seza boshlashi bilan o’z-o’zidan tashvishga tushishadi va stressli vaziyat kelib chiqadi. Ayol o’zidagi nazoratni yo’qotib qo’ygandek yoki oz’ida boshdan kechirayotgan holatlaringizni boshqarish uchun yetarli kuch yo’q ekanligini his qilishi mumkin.

Stress rejalashtirilmagan homiladorlikda yoki homilador bo’lgandan keyingi homiladorlik bilan bog’liq dastlabki salbiy fikrlardan, bolani dunyoga keltirishda yoki onalikda, shuningdek, bola tushishi yoki homila o’limidan so’ng kelib chiqadi.
Antenatal testlaringiz natijasini kutayotganingizda va homiladorlik yoki og’ir kechayotgan homiladorlikdagi jismoniy o’zgarishlarga bo’lgan munosabatingizda ham stressli holat yuzaga kelishi mumkin.

Shu bilan bir qatorda uydagi vaziyat ham stressni keltirib chiqarishi mumkin, masalan yolg’iz ota-ona yoki oilada o’smir bo’lishi va uning injiqliklari, munosabatlardagi qiyinchilikni boshdan kechirish va ularni qanday qilib yengishni o’ylash, jumladan oilaviy zo’ravonlik.

Agarda sizda bir paytni o’zida yuqoridagi holatlarning bir nechtasi sodir bo’lsa, siz ko’proq stressni boshdan kechirishingiz mumkin.

Homiladorlikda stress homilaga qanday ta’sir etadi?

Surunkali (doimiy) stress sizning sog’ligingizga yoki umumiy holatingizga salbiy ta’sir qilishi mumkin va bu bosh og’rishi, uyqusizlik, tez nafas olish va puls tezlashish kabi belgilar bilan yuz berishi mumkin

Ba’zi odamlar quyidagi holatlarni boshdan kechiradilar:

  • Savdoyi fikrlar;
  • Xavotirlilik yoki notinchlik;
  • Jahldorlik;
  • Ovqatlanishdagi muammolar (haddan tashqari ko’p yoki kam ovqatlanish yoki noto’g’ri ovqatlanish);
  • Dam olmaslik yoki dam olishdagi muammolar.

Surunkali stress shuningdek, bo’lajak farzandingiz uchun muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ular shuningdek, farzandingizning kelajakda jismoniy va aqliy rivojlanishidagi, shu bilan birga, bolalikdagi xulq-atvor bilan bog’liq muammolarning oshishiga sabab bo’lishi mumkin.

Muhim: Homiladorlik davrida xurrak otish va uning alomatlari

Homiladorlikda stressni kamaytirish

Jismoniy sog’ligingiz uchun g’amxo’rlik qilish qanchalik muhim bo’lsa, homiladorlikda ruhiy holatingiz uchun ham g’amxo’rlik qilish shunchalik muhimdir. Qachonki siz o’zingizni yaxshi, xursand, baxtli his qilsangiz, o’zingizda bo’lgan stressni yaxshi boshqara olasiz. Qachonki stressingizni boshqara olganingizda, bu siz va sizning bo’lajak farzandingiz uchun jiddiy ta’sir ko’rsatmaydi.

Stressni boshqarish uchun, quyidagilarni qilishga harakat qilib ko’ring:

  • Stressni keltirib chiqaradigan holatga va sizda stress bo’lganda nima sodir bo’lganini sezganingizga e’tibor bering;
  • Sekin harakat qiling, dam oling va o’zingizga ortiqcha jismoniy-ruhiy bosim o’tkazmang;
  • Sog’lom ovqatlaning, yaxshi balansga ega bo’lgan to’g’ri taomlar siz va farzandingiz sog’ligini saqlashga yordam beradi;
  • O’zingiz ishongan biror odamga fikrlaringiz va his-tuyg’ularingiz haqida gapirib bering;
  • Boshqa homilador ayollar bilan sevimli mobil ilovangiz «Lalu» orqali suhbatlashing, umumiy muammolarni muhokama qiling. Zarurat tug’ilsa, mutaxassis shifokor bilan bog’laning;
  • Jismoniy faollik, shuningdek dam olish ham stressni kamaytirishga yordam beradi. Homiladorlik uchun mos bo’lgan odatiy mashqlarda ishtirok eting: yoga, meditatsiya bilan shug’ullaning, nafas olish kurslari orqali dam oling, videolar yoki podkastlardan foydalaning;
  • Sevimli mashg’ulotlaringiz bilan shug’ullaning shuningdek, o’qish, televizor ko’rish yoki biror hobbi bilan, umuman olganda oz’ingizni erkin va xotirjam his qiladigan odamlar bilan vaqt o’tkazing;
  • Hamma muammoni o’zingiz hal qilishingiz shart emas. Yordam kerak bo’lsa, so’rashga harakat qiling va odamlar sizga yordam bermoqchi bo’lganlarida takliflarini qabul qiling.

Qiziqarli: Homiladorlik davridagi xohish-istaklar nimadan dalolat?

admin

Recent Posts

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…

2 года ago

Homiladorlikda qon bosimi oshishi — turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…

2 года ago

Chaqaloq qusishi — sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…

2 года ago

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…

2 года ago

Homiladorlik xolestazi kasalligi

Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…

2 года ago

Bolaning ichi yashil kelsa, nima qilish kerak?

Najasning eng tashvishli o'zgarishlaridan biri bu - uning odatdagidan boshqacha ko'rinishda bo'lishi sanaladi. Chaqaloq yoki…

2 года ago