Sitomegalovirus

Sitomegalovirus (SMV) keng tarqalgan viruslardan biridir. Infeksiyani yuqtirganingizdan so‘ng, tanada virus paydo bo‘ladi. Aksariyat odamlar buni hatto sezmaydi, chunki u deyarli alomatlarsiz kechadi.

SMV homilador ayollar yoki immuniteti zaiflashgan bemorlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Homiladorlik davrida SMV infeksiyasini “faollashtirgan” ayollar virusni chaqaloqlariga ham o‘tkazishi mumkin. Tug‘ma Sitomegalovirus keyinchalik turli alomatlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Immunitet tizimi zaif bo‘lganlar, ayniqsa ichki organ yoki suyak transplantatsiyasini boshidan o‘tkazganlar uchun SMV infeksiyasi juda ham xavfli va hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin.

Sitomegalovirus infeksiyasining uch turi mavjud:

  • SMV infeksiyasining o‘tkir shakli;
  • SMV infeksiyasining umumiy shakli;
  • Tug‘ma SMV infeksiyasi.

Yuqoridagilardan tug‘ma SMV infeksiyasi eʼtiboringizni ko‘proq tortgan bo‘lsa kerak, shuning uchun homiladorlik paytida SMV nima uchun xavfli ekanligini bilib olamiz.

Nima uchun homiladorlikda sitomegalovirus xavfli?

SMV juda keng tarqalganligini yodda tutish zarur. Agar chaqaloq SMV bilan tug‘ilsa, u tug‘ma SMV deb ataladi. Tug‘ma deganda tug‘ilishdan beri mavjud holat nazarda tutiladi. Bunday chaqaloqlar sog‘liq uchun xavfli turli xil asoratlarga duchor bo‘lishi mumkin, jumladan:

  • Tug‘ilganda kam vaznlik;
  • Teri toshmasi;
  • Terining va ko‘zning sariqligi (sariq kasal);
  • Jigar va taloqni kattalashishi;
  • Bosh chanog‘ining odatdagidan kichkina bo‘lishi (mikrotsefaliya);
  • Tutqanoqlar;
  • Karlik;
  • Ko‘rish qobiliyati susayishi;
  • Aqliy zaifliklar;
  • O‘sish va rivojlanishdan to‘xtash.

Sitomegalovirus belgilari qanday?

SMV bilan kasallangan aksariyat odamlarda hech qanday alomat bo‘lmaydi. Bu holat asimptomatik deb ataladi. Shu sababli, baʼzi homilador ayollar SMV bilan kasallanganligini sezmay qolishadi. O‘tkir SMV belgilari aniq bo‘lmaganligi sababli ularni gripp yoki yuqumli mononukleoz  kabi infeksiyaning boshqa turi bilan adashtirish mumkin.

Homiladorlik davri davomida SMV bilan kasallangan baʼzi ayollar o‘tkir infeksiya belgilariga duch kelishlari mumkin. Bularga quyidagilar kiradi:

  • Isitma;
  • Holsizlik;
  • Mushaklardagi og‘riq;
  • Bosh og‘rig‘i;
  • Limfa tugunlarining kattalashishi.

Virusni yuqtirish omillari

SMV virusni o‘z ichiga olgan tana suyuqliklari orqali yuqishi mumkin, masalan:

Yuqorida sanab o‘tilgan tana suyuqliklaridan birortasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilib keyin burun, og‘iz yoki ko‘zingizga tegsangiz ham virusni yuqtirishingiz mumkin.

SMV virusi odamdan odamga quyidagi hollarda yuqishi mumkin:

  • Homiladorlik va tug‘ish;
  • Enagalik qilish;
  • O‘pishish;
  • Tagliklarni almashtirish;
  • Jinsiy aloqa;
  • Tish cho‘tkalari, ovqat idishlari yoki stakan kabi narsalardan almashib foydalanish;
  • SMV bilan kasallangan odamdan qon quyish, organ transplantatsiyasi yoki suyak transplantatsiyasi jarayonini boshdan kechirish.

SMV qanday aniqlanadi?

Laboratoriya testlari sizda SMV mavjudligini aniqlashi mumkin. Ko‘pincha bunday testlar orqali qoningizda SMV antitanalari mavjudligi tekshiriladi.

Sitomegalovirus infeksiyasini davolash usullari

SMV uchun hech qanday davo yo‘q. Barcha gerpes viruslar singari, SMV bilan kasallanganingizdan so‘ng u tanangizda umr bo‘yi saqlanib qoladi.

Homiladorlik davrida SMV  infeksiyasini davolash usuli hozirda mavjud emas. Virusga qarshi dorilar infeksiyani xavfini kamaytirishi mumkin, lekin ular har doim ham virusning rivojlanayotgan chaqaloqqa o‘tishiga to‘sqinlik qila olmaydi.

Kasallikning oldini olish

Ehtiyotkorlik va gigiyena qoidalariga rioya qilish SMVga qarshi eng yaxshi profilaktika hisoblanadi. SMV infeksiyasini oldini olish uchun ehtiyot choralari:

  • Qo‘llarni tez-tez yuvish;
  • Bolani o‘payotganda so‘lak va ko‘z yoshdan ehtiyot bo‘lish;
  • Boshqalar bilan bitta idishda oziq-ovqat, ichimliklarni baham ko‘rmaslik;
  • Bir marta ishlatiladigan narsalarga ehtiyotkor bo‘lish;
  • O‘yinchoqlar va stol ustilarini tozalash.
admin

Recent Posts

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…

2 года ago

Homiladorlikda qon bosimi oshishi — turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…

2 года ago

Chaqaloq qusishi — sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…

2 года ago

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…

2 года ago

Homiladorlik xolestazi kasalligi

Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…

2 года ago

Bolaning ichi yashil kelsa, nima qilish kerak?

Najasning eng tashvishli o'zgarishlaridan biri bu - uning odatdagidan boshqacha ko'rinishda bo'lishi sanaladi. Chaqaloq yoki…

2 года ago