Teratogen nima?

Teratogen — homiladorlik paytida ona taʼsirida bolaning rivojlanishini buzadigan har qanday vosita. Teratogenlarga misol qilib zaharli kimyoviy moddalar, radiatsiya nurlari, viruslar, spirtli ichimliklar, chekish, baʼzi zararli dorilar va koʻplab boshqa vositalarni keltirish mumkin.

Baʼzi teratogenlar boshqalarga qaraganda kuchliroq taʼsirga ega. Teratogenning qanchalik zararli ekanligi bir necha omillarga bogʻliq, jumladan:

  • Turi: baʼzi teratogenlar, jumladan, spirtli ichimliklar va chekishning rivojlanayotgan homilaga boshqa vositalarga qaraganda zarari koʻproq;
  • Miqdori: homilador odam teratogenni qancha koʻp isteʼmol qilsa yoki oʻsha vosita onaga qancha koʻp taʼsir qilsa, homila uchun ham shunchalik zarari ortadi;
  • Taʼsir qilish davomiyligi: homiladorlik davrida teratogen vositalaridan qanchalik uzoq muddat foydalanilsa, uning bolaga taʼsiri ham shunchalik xavfli boʻladi;
  • Taʼsir qilish vaqti: teratogenlar homiladorlikning birinchi trimestrida, jumladan, 8-haftagacha taʼsir qilish xavfi kuchli boʻladi;
  • Genetika: baʼzida homilador ayolning yoki chaqaloqning  genetikasi ona va bolani teratogen taʼsiridan himoya qiladi yoki uning taʼsirini kamaytiradi.

Nima uchun teratogen haqida bilish muhim?

Barcha ota-onalar teratogen nima ekanligini va ulardan saqlanish muhimligini bilishlari zarur, chunki ular homiladorlik paytida teratogen isteʼmol qilingan vaqtdan boshlab ham onaga, ham bolaga zarar yetkazishi mumkin. Masalan, chekish, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish yoki radiatsiya nurlari va baʼzi zaharli kimyoviy moddalarning onaga taʼsiri homila uchun ham xavfli hisoblanadi va bu keyinchalik koʻplab koʻngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Shu bilan birga, boladagi tugʻma nuqsonlarning 4-5% iga teratogenlar sabab boʻladi. Bunday nuqsonlarga spina bifida, tanglay yorigʻi kabi jismoniy nuqsonlar, shuningdek, mikrosefaliya (miya va bosh suyagi normal rivojlanmaganligi), koʻrish va eshitish bilan bogʻliq muammolarni ham misol qilib keltirish mumkin. Teratogenlar kognitiv rivojlanishga ham taʼsir qilishi mumkin. Qolaversa, spirtli ichimliklar isteʼmol qiluvchi yoki qalqonsimon bez bilan bogʻliq kasalligi mavjud ota-onadan tugʻilgan chaqaloqlarning IQ darajasi pastroq ekanligi aniqlangan.

Homiladorlik davrida teratogenlar xavfini kamaytirishning eng yaxshi usuli iloji boricha turli dori-darmonlarni qabul qilmaslik va quyidagi holatlarning oldini olishdir:

  • Haddan tashqari issiqlik. Jakuzi, bugʻxona yoki saunalarda uzoq vaqt qolmaslik;
  • Tabiiy dorivor oʻsimliklar bilan davolanish. Homiladorlik paytida retseptsiz dori-darmonlarni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokoringiz bilan gaplashing. Tabiiy dorivor deb foydalaniladigan mahsulotlar homiladorlik davrida toʻliq xavfsiz boʻlmasligi ham mumkin;
  • Ionlashtiruvchi nurlar. Shifokoringiz homiladorlik paytida radiatsiya nuri orqali tekshirishdan oldin, uning salbiy taʼsir qilish xavfi kamroq ekaniga qatʼiy ishonch hosil qilishi kerak. Aksariyat hollarda, qorinning pastki qismi tekshirilayotganda radiatsiya taʼsirini kamaytirish uchun maxsus himoya fartukdan foydalaniladi;
  • Toksoplazmoz. Toksoplazmoz bu mushuk najasidan odamga yuqadigan infeksiyadir. Homilador ayollar uyida mushuk boʻlsa, axlat qutisiga iloji boricha yaqinlashmasliklari zarur.

Teratogen turlari

Quyidagi teratogenlardan uzoqroq boʻlish kerak:

  • Spirtli ichimliklar;
  • Sigaret chekish;
  • Narkotiklar;
  • Baʼzi taqiqlangan dorilar;
  • Ayrim infeksiyalar;
  • Sogʻliq uchun zararli boʻlgan har qanday moddalar.

Shifokor bilan maslahatlashish

Boʻlajak onalar homiladorlik paytida tugʻma nuqsonlarga olib kelishi mumkin boʻlgan omillar haqida shifokori bilan suhbatlashishi zarur. Shifokorlar sizni qiziqtirgan har qanday savollaringizga javob beradi hamda homiladorlik davrini xavfsiz oʻtkazishingizga koʻmaklashadi.

admin

Recent Posts

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…

2 года ago

Homiladorlikda qon bosimi oshishi — turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…

2 года ago

Chaqaloq qusishi — sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…

2 года ago

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…

2 года ago

Homiladorlik xolestazi kasalligi

Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…

2 года ago

Bolaning ichi yashil kelsa, nima qilish kerak?

Najasning eng tashvishli o'zgarishlaridan biri bu - uning odatdagidan boshqacha ko'rinishda bo'lishi sanaladi. Chaqaloq yoki…

2 года ago