Uyqu vaqtida yig‘layotgan chaqaloqni qanday ovutish mumkin?

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uyqusida injiqlik qilishi, yig‘lashi ko‘p uchrab turadi.

Chaqaloqlarning tanasi muntazam uyqu davriga moslashmagani uchun uyqusida tez-tez uyg‘onishi yoki ingrab yig‘lashi odatiy holdir.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun yig‘lash asosiy aloqa vositasi hisoblanadi. Shuning uchun chaqaloqlar tez-tez, hatto uyquda ham yig‘lashlari asoslidir. Bunday hollarda chaqaloqda biror kasallik yoki og‘riqning alomatlari bo‘lmasa, bu normal holat.

Chaqaloqlar o‘zlarini ifoda etishda turli usullar bilan harakat qilishadi. Masalan, uyqudagi yig‘isini qorong‘ulikdan qo‘rqishi belgisi desak bo‘ladi. Uyqudagi bola qimirlaganda yoki boshqa shovqinlar sabab qo‘rqib yig‘lashi ham mumkin.

Bolalar ko‘pincha yuzaki uyqu paytida yoki ko‘p qo‘zg‘alganda tun qo‘rquvi sabab yig‘laydilar.

Foydali: Bola rivojlanish bosqichlari: Eshitish va tovush chiqarish

Chaqalog‘im qo‘rqinchli tush ko‘radimi?

Baʼzi ota-onalar chaqalog‘ining tunda yig‘lashi ularning dahshatli tush ko‘rishini anglatadi, deb xavotirda. Afsuski, bu hozircha javobi aniq bo‘lmagan mavzudir.

Qo‘rqinchli tushlar yoki tungi qo‘rquvlar aynan qaysi yoshda boshlanishi mumkinligini to‘liq isbotlanmagan.

Tun qo‘rquvi nisbatan kam uchraydi va odatda 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kuzatiladi, biroq, 18 oylikkacha chaqaloqlar tunda qo‘rqib yig‘lashlari mumkin. Bola kasal bo‘lsa yoki uyqusi chala bo‘lsa, tun qo‘rquvi sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Tungi qo‘rquvlar chuqur uyqu bosqichida sodir bo‘ladi. Agar biron sababga ko‘ra bu bosqich buzilgan bo‘lsa, chaqalog‘ingiz yig‘lashi yoki hatto baqirishi mumkin.

Chaqalog‘ingiz uyqusida bunday g‘alayon qilayotganini bilmaydi va bu holatni uyg‘onganidan so‘ng eslay olmaydi.

Chaqaloqni ovutish usullari

Chaqaloq uyqu payti uyg‘onib qisqa yig‘lasa, o‘z-o‘zidan yupanadi. Bu holatda ularni ko‘tarish bolani uyg‘otib, uyqusini buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Agar yig‘lashda davom etsa, chaqaloq orqasini yoki qornini silash, yumshoq ovozda ovutish kerak. Bu bolani uyquning boshqa bosqichiga o‘tkazishga va yig‘lashini to‘xtatishga yordam beradi.

Ko‘krak suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlar emizilgandan so‘ng yanayam tinch uxlashlari mumkin. Shuning uchun onalar (yoki enagalar) chaqaloqni emizish uni uyg‘otishi mumkin yoki mumkin emasligini aniq bilib olishlari kerak. Bunday hollarda chaqaloq uyqu rejimini kuzatish ham foydali bo‘lishi mumkin. Baʼzi chaqaloqlar chuqur uyquga ketganlarida yoki uyg‘onishdan oldin sekingina yig‘laydilar. Chaqaloqning odatiy uyqu rejimini aniqlash onalarga farzandining yig‘lash sababini aniqlashda yordam beradi.

Baʼzi chaqaloqlar kasal bo‘lganlarida yoki tishlari chiqayotganda uyqu vaqtida yig‘lashlari mumkin. Bunda bolalar o‘sha og‘riq tufayli yig‘laydi va uyqudan bezovta bo‘ladi. Onalar (yoki enagalar) chaqaloqning og‘rig‘ini qanday yengillashtirish haqida pediatr bilan maslahatlashishi lozim.

Garchi, qo‘rqinchli tushlar qachon boshlanishini aniq bilmasak-da, chaqalog‘ining qo‘rqinchli tush ko‘rgani sabab yig‘layotganini sezgan onalar (enagalar) mayin ovozda alla aytib yoki chaqaloqning orqasini silab, ularni tinchlantirishi mumkin. Hali ham ko‘krak suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlarni esa emizib yupatish mumkin.

Agar chaqaloq qo‘rqinchli tush ko‘rganidan keyin uyg‘ongan bo‘lsa, uni darhol ovutish va uxlashi uchun alla aytib berish lozim, chunki, chaqaloqlar qo‘rqinchli tush haqiqiy emasligiga ishonch hosil qilishlari kerak.

Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Quyidagi holatlarda onalar (enagalar) bolaning tundagi yig‘isi va boshqa uyqu muammolari haqida shifokor bilan maslahatlashishlari kerak:

  • bola og‘riq sabab yig‘lasa;
  • uyqu rejimi to‘satdan o‘zgarsa;
  • bolaning uyqusizligi bir necha kecha-kunduz davom etsa va u onasining (enagasi) ovutishiga ko‘nmasa;
  • oziqlantirish bilan bog‘liq muammolar, masalan, yetarli darajada emmaslik bola uxlashiga xalal bersa, shifokorga murojaat qilish lozim.

Ushbu maqola kidshealth.org va medicalnewstoday.com saytlari ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.

admin

Recent Posts

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…

1 год ago

Homiladorlikda qon bosimi oshishi — turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…

1 год ago

Chaqaloq qusishi — sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…

1 год ago

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…

1 год ago

Homiladorlik xolestazi kasalligi

Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…

1 год ago

Bolaning ichi yashil kelsa, nima qilish kerak?

Najasning eng tashvishli o'zgarishlaridan biri bu - uning odatdagidan boshqacha ko'rinishda bo'lishi sanaladi. Chaqaloq yoki…

1 год ago