Salomatlik

Qandli diabet qanday kasallik?

Qandli diabet (qand kasalligi) — organizmda insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik. Insulin — bu gormon. Qand kasalligi sabab insulin kam miqdorda ishlab chiqariladi, qonda glyukoza miqdori oshadi. Qonda qandning normadan ko‘p bo‘lishi giperglikemiyaga olib keladi.

Giperglikemiya butun tana bo‘ylab qon tomiri, nerv, ko‘z va buyrakka, shuningdek, yurakka zarar yetkazishi mumkin. Ayollarning homilasida tug‘ma nuqsonli bolalarning tug‘ilishiga giperglikemiya sabab bo‘ladi.

Qandli diabetning 3 turi mavjud:

  • 1-turdagi qandli diabet autoimmun kasallik: 1-turdagi qandli diabet tananing oshqozon osti bezi hujayralariga zarar yetkazadi;
  • 2-tur qandli diabet: yetarli miqdorda organizmda insulin ishlab chiqarilmasa, organizm insulinni to‘g‘ri sarflamasligi natijasida 2-tur qandli diabet yuzaga keladi. 2-turdagi qandli diabet autoimmun kasallik emas;
  • Gestatsion diabet: homiladorlik davrida kelib chiqadigan diabetning bir turi. Qandli diabet bilan avval kasallanmagan ayolda homiladorlik davri davomida qondagi glyukoza miqdorining oshishi, hamda, diabet belgilari paydo bo‘ladigan holat. Gestatsion diabet har 100 ta homilador ayolning 3-9 tasida uchraydi.

Homiladorlikda qandli diabet yuzaga kelishiga nimalar sabab bo‘ladi?

Baʼzi ayollar homiladorlikdan oldin diabetga chalinadi. Bunday diabet pregestatsion diabet deb ataladi. Qandli diabet bilan avval kasallanmagan ayollarning maʼlum qismida homiladorlik davrida diabet vujudga keladi. Bunday diabet gestatsion diabet hisoblanadi.

Homila ayol tanasida glyukozadan foydalanish ritmini o‘zgartirishi mumkin. O‘z navbatida bu homilaga salbiy taʼsir ko‘rsatishi, yoki gestatsion diabetga chalinish xavfini orttirishi mumkin. Homiladorlik davrida platsenta(yo’ldosh) rivojlanayotgan homilani ozuqa moddalari va kislorod bilan taʼminlab turadi. Platsenta ham gormonlar ishlab chiqaradi.

Qiziqarli vosita: Homiladorlik hisoblash kalkulyatori

Homilaning so‘nggi oyida estrogen, kortizol va metabolizmingizni tartibga solishga yordam beradigan inson platsental laktogen gormonlari insulinni bloklashi mumkin. Insulin bloklangach, insulin qarama-qarshiligi yuzaga keladi. Buning natijasida glyukoza tana hujayralariga kira olmaydi. Tana hujayralariga kira olmagan glyukoza qonda qoladi va qonda glyukoza darajasini oshiradi.

Homiladorlik davrida qandli diabetga kimlar ko‘proq uchraydi?

Homiladorlik davrida diabet uchun xavf aslida diabetning turiga bog‘liq:

  • 1-tur diabet ko‘pincha bolalar va yoshlarda uchraydi, lekin 1-turdagi diabet har qanday yoshda boshlanishi mumkin;
  • Ortiqcha vaznli ayollarda 2-tur va gestatsion diabetga chalinish ehtimoli ko‘p. Egizak yoki ko‘p farzandli ayollarda ham bu ko‘rsatkich boshqa ayollarga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi.

Homiladorlik davrida diabetning belgilarini qanday aniqlash mumkin?

Gestatsion diabetning umumiy belgilari yo‘q. Aksariyat ayollar qandli diabetga test topshirsalargina ularda kasallik bor yoki yo‘qligini aniqlay oladilar.

Homiladorlik paytida diabet qanday aniqlanadi?

Barcha homilador ayollarda homiladorlikning 24 va 28-haftalarida ushbu kasallik profilaktikasi uchun skriningdan o‘tkaziladi.  Skrining jarayonida siz sinov uchun glyukozali ichimlik ichasiz va 2 soatdan so‘ng qondagi glyukoza miqdori tekshiriladi. Test yuqori qon glyukoza darajasini ko‘rsatsa 3 soat glyukozaga chidamlilik testi o‘tkaziladi. Agar ikkinchi test natijalari odatdagidek bo‘lmasa, homiladorlik (gestatsion) diabeti tashxisi qo‘yiladi.

Muhim: Homiladorlikda qanday yotish kerak?

Homiladorlik paytida diabet qanday davolanadi?

Davolash sizning yoshingiz va umumiy sog‘lig‘ingizga bog‘liq bo‘ladi.

Davolash qondagi glyukoza miqdorini meʼyorda ushlab turishga qaratilgan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • tarkibida kam miqdorda uglevod mavjud bo‘lgan ovqatlar va ichimliklarni isteʼmol qilish;
  • kunlik mashqlarni bajarish;
  • qon glyukoza darajasini doimiy kuzatish;
  • gipoglikemiyani oldini olishga xizmat qiluvchi dori vositalari.

Foydali: Homiladorlik davrida xurrak otish va uning alomatlari

admin

Recent Posts

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…

2 года ago

Homiladorlikda qon bosimi oshishi — turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…

2 года ago

Chaqaloq qusishi — sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…

2 года ago

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…

2 года ago

Homiladorlik xolestazi kasalligi

Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…

2 года ago

Bolaning ichi yashil kelsa, nima qilish kerak?

Najasning eng tashvishli o'zgarishlaridan biri bu - uning odatdagidan boshqacha ko'rinishda bo'lishi sanaladi. Chaqaloq yoki…

2 года ago