Рубрики
Salomatlik

Homiladorlik davri: muddatlari, kechishi, o’zgarishlar va xavf omillari


Mobil ilovani yuklab oling

Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.


Homiladorlik davri ayolda tuxum hujayraning yetilib chiqish va erkak urugʻ hujayrasi bilan urugʻlangach, uning bachadonga muvaffaqiyatli joylashuvi (implantatsiyasi) bilan boshlanadi.

Va oʻrta hisobda 40 hafta yaʼni 280 kun davom etadi. Ushbu muddat shartli ravishda uchta uch oylikka yaʼni trimestrga boʻlinadi. Muddatlarni hafta va trimestrlarga boʻlib kuzatib borish, homilador ayol uchun ham qulaylik yaratadi.

Homiladorlik davri davomida kuzatiladigan oʻzgarishlarni homiladorlik kalendari yordamida kuzatib borish ona uchun muhim tadbirlardandir. Kalendar boʻlajak onaga oʻz organizmini hamda rivojlanayotgan murgʻak qalbni anglash uchun juda foydali hisoblanadi.
Homiladorlik kalendarini kuzatib borish uchun bizning jamoa “Lalu — Homiladorlik maktabi“ mobil ilovasini ishlab chiqqan. Bu ilova orqali ayollar oʻzlaridagi va homilasidagi oʻzgarishlarni oson nazorat qilib borishlari mumkin.

Taqvim bilan qisqacha saytimizdagi ushbu «Homiladorlik kalendari» maqolasi orqali tanishib chiqishingiz va masʼuliyatli davrni foydali bilimlar bilan oʻtqazishni istasangiz mobil ilovani telefoningizga oʻrnatib olishingizni tavsiya etamiz.

Mobil ilovani ushbu link orqali yuklab olishingiz mumkin: https://bit.ly/lalu-ilovasi

Homiladorlik davri belgilari

Ayol organizmi navbatdagi ovulyatsiya yetilgunigacha homiladorlikka tayyorlana boshlaydi va urugʻlanish yuz berib, bachadonga implantatsiya boʻlgandan soʻng ayolda homiladorlikning erta belgilari kuzatila boshlaydi. Bu belgilarning yuzaga chiqishiga organizmda yuz beradigan bir qancha gormonal oʻzgarishlar sabab boʻladi.

Gormonal oʻzgarishlar fonida navbatdagi hayz boʻlmasligi, oz miqdorda qonli ajralmalar kelishi, koʻkraklarning kattalashishi va ogʻriqli boʻlishi, uyquchanlik, holsizlik, koʻngil aynishi kabi ilk alomatlarni oʻzingizda his qilishingiz mumkin.
Bundan tashqari, ikkilamchi belgilar ham borki, ularni boshdan kechirish homiladorlikning yuzaga kelganini tasdiqlovchi alomatlar sifatida qaraladi. Homiladorlikning birlamchi va ikkilamchi belgilari haqida ushbu maqola orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin: Homiladorlik belgilari

Homila muddatini aniqlash

Homiladorlik muddatni aniqlash ayolning soʻnggi hayz kunidan hisoblanib boshlanadi. Shu sanadan boshlab oʻrtacha 280 kun davom etadi va tugʻruq boshlanadi.
Muddatni aniqlashda ultratovush tekshiruvidan ham foydalanish mumkin.

Homiladorlik kalendari

Homiladorlik davri trimestlari

Yuqorida taʼkidlab oʻtganimizdek, homiladorlik kalendari shartli holda uchta uch oylikka boʻlinadi. Ushbu muddatlar ham oʻz navbatida maʼlum haftalarni oʻz ichiga oladi. Yaʼni 1-haftadan 13-haftagacha I trimestr, 14-haftadan 26-haftagacha II trimestr, 27-haftadan 40-haftagacha III trimestr hisoblanadi.

Birinchi trimestr homilador ayol uchun homilasi bilan kelishuv yoki oʻzaro moslashuv davri deb ham atash mumkin. Ushbu davr homiladorlikning eng nozik davri hisoblanadi, hamda onadan sogʻligi va organizmidagi oʻzgarishlarga maʼsuliyat bilan yondashishni talab qiladi. Trimestning soʻngiga kelib, homilaning uzunligi 7-8 sm.ni, tana vazni esa 25 gr.ni tashkil qiladi.

Ikkinchi trimestga kelib, oʻzingizda yengillik va yoqimli hislarni tuyishingiz mumkin boʻladi. Bu davrda toksikoz alomatlari deyarli yoʻqoladi va boshqa bezovtaliklar ham kamayganligi kuzatiladi. Baʼzida ayrim homilador ayollar chanoq, qorin va qov sohasidagi oʻtkir ogʻriqlarga shikoyat qiladilar.

Uchinchi trimest organizmning tugʻruqqa tayyorlanish bosqichi deya qarash mumkin. Shu bilan bir qatorda boʻlajak farzandingiz oʻsish va rivojlanishda boʻladi hamda muddat so’ngiga yaqin tug’ruq belgilari sizga sezila boshlaydi. 
Jajji bolakayingiz tugʻilishini “kutib yotish” vaqtida – hayoti uchun muhim boʻlgan harakatlar, soʻrish, yutinish, nafas olish, boshini burish, oyoqchalari va qoʻlchalarini harakatlantiradi.

Homiladorlikda ayol tanasidagi o’zgarishlar

Yosh ona bag’rida yangi jon shakllanar ekan, homilaning kun sayin o’sib, rivojlanib borishi bilan bir qatorda, bo’lajak ona tanasida ham ko’plab o’zgarishlar kuzatiladi. Jumladan, ovqat hazm qilish tizimida (ko’ngil aynishi, qusish, qabziyat va meteorizm), sezgi organlarida (ko’rish, ta’m va hid bilish o’zgarishi), terida (dog’lar, chiziqlar, toshmalar), qon aylanish va nafa olish tizimida homiladorlikning muddatiga qarab turli o’zgarishlar yuz beradi.

Homiladorlik muddatiga xos o’zgarishlarni quyidagi jadval orqali bilib olishingiz mumkin.

Birinchi trimestrIkkinchi trimestrUchunchi trimestr
Hayz sikli to’xtaydiCharchoq va ko’ngil aynishi kamayishiHomila harakatini kuchli his qilish
Ko’kraklar yumshoq va kattalashadiQorin kattalashishiNafas qisishi
Tez-tez kichik hojatga ehtiyojHomila harakatini his qilishni boshlashSut bezlaridan suyuqlik ajralishi kuzatilishi mumkin
Charchoq va horg’inlik hissiQorin terisi cho’zilishi, chiziqlar paydo bo’lishi mumkinQorin terisi cho’zilishi, chiziqlar paydo bo’lishi yaqqol namoyon bo’ladi
Ko’ngil aynishi va qusishQorinda og’riqlar sezilishiYuz va oyoq-qo’llarining shishishi
Qorin dam bo’lishi, ich qotishiYuzda jigarrang dog’lar paydo bo’lishi va Ko’krak so’rg’ichlari qorayishi kuzatilishi mumkinKindikning tashqariga bo’rtganligini ko’rish mumkin
Ozish yoki semirish kuzatilishi mumkinOyoqlarda shishYolg’on va haqiqiy to’lg’oq belgilari kuzatiladi.

Homiladorlik davri xavf omillari

Odatda homiladorlik normal kechganda keskin muammolar yuzaga kelmaydi. Baʼzida muammolar kuzatilishi ham mumkin, shuning uchun har bir ayol homiladorlik uchun xavfli holatlar haqida bilib qoʻygani yaxshi.

Shifokor homilador ayolni kuzatish davomida xavotirga soluvchi holatlarni aniqlash va vaqtida bartaraf etish uchun kerakli analiz, test va tekshiruvlarni muntazam ravishda oʻtkazib turadi. Homilador ayol ham oʻz holatidan xabardor boʻlib, xavfli alomatlarni shifokorga vaqtida aytib turishi foydadan holi boʻlmaydi.

Homilador ayollarni homiladorlikda homila tushishi (homiladorlikning ilk 20 haftasida bola tushishi ehtimoli yuqori), bachadondan tashqari homiladorlik, erta tug’ruq yoki muddatidan oldin tugʻish (agar bola 37 haftadan oldin tugʻilsa, u muddatidan oldin tugʻilgan hisoblanadi), preeklampsiya , homila oldi suvlarning miqdori kamayishi, gestasion diabet, yoʻldoshning oldida boʻlishi kabi omillar ona va homilaning hayotiga xavf solishi mumkin.

Homilaga xavf solishi mumkin boʻlgan holatlar haqida ushbu maqola orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Foydali maqola: Homiladorlikda infeksiyalar: eng xavfli infeksiyalar va ulardan himoyalanish usullari

Homiladorlikda ovqatlanish

Homilador ayolda hech qanday bezovtalik sezilmasdan homila rivojlanayotgan boʻlsa, homilador ayol kuniga 4 mahal ovqatlanishi zarur. Bir kunlik ovqat ratsionida oqsilning yarmini hayvon oqsili (goʻsht, baliq – 25%, 20% – sut mahsulotlari, 5% – tuxum) tashkil qilish kerak.

Oʻsimlik oqsillariga boʻlgan ehtiyoj dukkaklilar (mosh, noʻxat, loviya), guruch, karam, kartoshka yordamida qoplanadi. Uglevod manbasi sifatida shakardan tashqari, non, yorma, mevalardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Homiladorlik vaqtida, mol, choʻchqa, qoʻy goʻshtlarini isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydi. Homilador ayol va homila uchun zararli bo‘lgan mahsulotlar haqida mana bu maqola orqali to‘liq maʼlumot oling: Homiladorlikda nimalar mumkin emas?

Homiladorlikning eson-omon oʻtishi va homilaning yaxshi rivojlanib borishi uchun asosiy shartlardan biri yaxshi ovqatlanishdir; ovqat toʻyimli, xilma-xil, oqsillar va vitaminlar shu jumladan, foliy kislotasi, C vitaminiga boy boʻlishi kerak. Masalan, homiladorlikdan oldin foliy kislotasini kuniga 400 mkg qabul qilish, tugʻma nuqsonlarning rivojlanish ehtimolini kamaytiradi.

Homiladorlik davrida qanday ovqatlanish lozimligi borasida haftalik maʼlumotlarni olishni istasangiz “Lalu“ mobil ilovasini yuklab oling.

Homiladorlik va jismoniy mashqlar

Homilador ayol yengil badan tarbiya mashqlarini qilib turishi lozim. Homiladorlik davrlariga qarab maxsus gimnastika mashqlari kompleksi tavsiya etiladi.

Haftasiga 5-7 marta 30 daqiqa jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanish mumkin. Boshlanishiga kuniga 10 daqiqadan boshlab, 30 daqiqagacha oshirish tavsiya qilinadi. Homiladorlik davri davomida muntazam mashqlar bajarish homila rivojlanishi hamda tugʻruqning yengil kechishida muhim omil hisoblanadi.

Homiladorlikda jinsiy aloqa

Homiladorlik davrida jinsiy aloqa qilish qarshi koʻrsatmalar va cheklovchi omillar boʻlmasa, xavfsizdir. Lekin ayolda homila tushishiga yoki boshqa salbiy holatlarga xavf boʻlsa, albatta, jinsiy aloqadan tiyilish lozim.

Jinsiy aloqada boʻlish boʻlajak farzandingizga zarar keltirmaydi. Lekin ehtiyot chorasi sifatida juftliklar oʻzaro kelishib, xavfsiz pozalarni tanlashlari lozim.

Homiladorlik paytida jinsiy aloqaga maylning oʻzgarishi ayolda normal holat hisoblanadi. Bu uchun tashvishlanish shart emas, lekin bu haqda sherigingiz bilan gaplashib olish foydadan holi boʻlmaydi.

Baʼzi er-xotinlar homiladorlik paytida jinsiy aloqada boʻlishdan zavq olishadi, boshqalari esa buni istamasliklarini his qilishadi. Eng muhimi, his-tuygʻularingiz haqida bir-biringiz bilan gaplashib, murosa qilishdir.

Ushbu maqolani ham o’qing: Homiladorlikda bachadon tonusi oshishi

Добавить комментарий

error: Saytdan maʼlumot ko‘chirish mumkin emas!