Lalu
Qanday ishlaydi Funksiyalari Kalkulyatorlar Tug‘ilish sanasi Ovulyatsiya Haftalar → oylar XGCH Maqolalar Savol-javob
Kasalliklar

Homiladorlikda bachadon tonusi oshishi

Bachadon mushak to'qimasidan iborat va har qanday mushak bo'shashgan va tarang holatda bo'lishi mumkin. Homilador bo'lmagan ayolda, masalan, hayz paytida bachadon qisqaradi, tug'ruq paytida esa bu qisqarish chaqaloqning tug'ilishiga…

bachadon tonus oshishi

Bachadon mushak to’qimasidan iborat va har qanday mushak bo’shashgan va tarang holatda bo’lishi mumkin. Homilador bo’lmagan ayolda, masalan, hayz paytida bachadon qisqaradi, tug’ruq paytida esa bu qisqarish chaqaloqning tug’ilishiga yordam beradi. Ushbu maqolamiz orqali bachadon tonusi normadan oshishi belgilari, sabablari va davolash usullari haqida to’xtalib o’tamiz.

Bachadon tonusi oshishi nima?

Bachadon tonusi oshishi homiladorlik davridagi patologiya bo’lib, u miometriy mushaklarining, ya’ni bachadonning mushak qatlamining uzoq muddatli kuchlanishida namoyon bo’ladi.

O’z-o’zidan, bu patologiya kasallik deb hisoblanmaydi, ammo mushaklar tonusi oshishi homiladorlikni erta to’xtatilishiga yoki erta tug’ilishga sabab bo’lganligi uchun xavfli hisoblanadi.

So’nggi paytlarda bachadon tonusi oshishi har ikkinchi homilador ayolda o’zini namoyon qiladi va, afsuski, ba’zi ayollar bunday patologiyaga katta ahamiyat bermaydilar, buni tabiiy holat deb hisoblaydilar, lekin bu ba’zan jiddiy oqibatlarga olib keladi, ba’zida esa kechiktirilgan oqibatlarni bartaraf etish imkonsiz.

Shuning uchun ayollarning bunday patologiyaga jiddiy e’tibor bilan yondoshib, davolashlari kerak.

Mushaklarning haddan tashqari spazmi homiladorlikning rivojlanishiga juda salbiy ta’sir qiladi:

Bachadon gipertonusi belgilari

Miyometriy mushaklarining kuchlanishining asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

Ba’zida, ayniqsa homiladorlikning ilk davrlarida, ayol bachadon mushaklarining tonusini sezmasligi mumkin. Bunday holda, faqat shifokor tekshiruvlar orqaligina gipertonusni aniqlay oladi. Patologiya xavfini hisobga olgan holda, tug’ish muddatiga yaqin davrlarda shifokorga majburiy tarzda muntazam tashrif buyurgan holda homiladorlikni nazorat qilib borish lozim.

Homiladorlikdagi o’zingiz va homilangizdagi normal o’zgarishlarni kuzatib borish ham turli patologik o’zgarishlar belgilarini erta aniqlashga imkon beradi. Shunday ekan, mobil telefoningizga «Lalu – Homiladorlik maktabi» ilovasini yuklab oling va haftalik o’zgarishlar orqali holatingizni kuzatib boring.

Bachadon tonusi oshishi sabablari

Bachadon tonusi oshishi ko’plab sabablar tufayli yuzaga keladi. Aniq sababni topish muayyan davolash usulini tanlashda muhim ahamiyatga ega.

Ko’pincha quyidagi omillar ushbu patologiya yuzaga kelishiga sababchilar hisoblanadi:

Foydali maqola: Homiladorlikda nimalar mumkin emas?

Tashxislash

Bachadon tonusi oshishini imkon qadar tezroq tashxislash juda muhim, chunki homiladorlikning ijobiy tarzda kechishi ushbu holat bilan bog’liq bo’lishi mumkin.

Bachadon gipertonikligini aniqlashning bir nechta yo’li mavjud:

Agar tekshiruvlarda bachadon gipertonusi tasdiqlasa, patologiyaning sababini aniqlash uchun qo’shimcha laboratoriya tekshiruvlari buyuriladi.

Agar o’zingizda bachadon gipertonusi belgilarini his qilsangiz, darhol shifokorga boring, bachadon mushaklarining tonusi oshishiga nima sabab bo’layotganligini aniqlash uchun to’liq tekshiruvlardan o’ting.

Homiladorlikda bachadon tonusini davolash

Bachadon tonusi oshishini davolash uni keltirib chiqargan sabablarga bog’liq. Davolash tekshiruv natijalariga ko’ra belgilanib, shifokor tomonidan olib boriladi. Bachadon gipertonusi aniqlanganda homilador ayol, birinchi navbatda, yotoqda dam olishini ta’minlashi kerak.

Profilaktikasi

Ma’lumki, kasallikni davolashdan ko’ra uning rivojlanishini oldini olish maqsadga muvofiqdir. Bachadon tonusi oshishi patologiyasi profilaktikasida juda sodda va samarali choralar mavjud. Jumladan:

Ushbu maqola kp.ru va mcmedok.ru ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.

Fertil davringizni hozir aniqlang

Oxirgi hayzingiz va hayz davri uzunligini kiriting — bepul kalkulyator sizning olti kuningizni aniqlab beradi.

Ulashish
👩‍⚕️

admin

Lalu tibbiy taqrizchisi

Hayz davri, homiladorlik va chaqaloq haqidagi kontentimizni yozadigan va tekshiradigan Lalu klinik jamoasining a’zosi.

Davomini o‘qing

Barcha maqolalar
Kasalliklar chaqaloqni ovutish kolika

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki 6 haftaligida eng koʻp kuzatiladi. Odatda 3-4 oylik vaqtida…

Kasalliklar homiladorlikda qon bosimi oshishi

Homiladorlikda qon bosimi oshishi – turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga ko’proq ta’sir etadi. Agar u davolanmasa, kasallik o’zining va…

Kasalliklar homiladorlikda siydikda qon

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko’plab o’zgarishlar kuzatiladi. Bu o’zgarishlarni me’yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador ayoldan ma’suliyat, shifokordan esa, bilim va malaka talab qiladi.…