“Lalu — Homiladorlik maktabi”, “Lalu — Hayz kalendari” va “Lalu — Onalar maktabi” ilovalaridan foydalanish bitimi (oferta)

“Lalu — Homiladorlik maktabi”, “Lalu — Hayz kalendari” va “Lalu — Onalar maktabi” ilovalari foydalanuvchilarga ushbu davrga oid maʼlumotlar bilan tanishish, bir-biri bilan fikr almashish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi. Ushbu bitim “Lalu — Homiladorlik maktabi”, “Lalu — Hayz kalendari” va “Lalu — Onalar maktabi” mobil ilovalaridan foydalanish qoidalarini yuridik jihatdan tartiblashtiradi.

1. Asosiy tushunchalar

1.1 Mobil ilova – Foydalanuvchiga kontentdan foydalanish imkoniyatini beruvchi, Google Play mobil dasturlar do‘konida “Lalu — Homiladorlik maktabi” https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.lalu.homiladorlik , “Lalu — Hayz kalendari” https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.lalu.periodtracker va “Lalu — Onalar maktabi” https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.lalu.babycare manzili boʻyicha joylashgan dasturiy yechimlar toʻplami.

1.2 Foydalanuvchi – ilovadan va uning funksiyalaridan foydalanishni boshlagan, dasturni mobil qurilmasiga oʻrnatib, unga tashrif buyuruvchi har qanday jismoniy shaxs.

1.3 Kontent – maʼmuriyat tomonidan shakllantirilgan, tarjima qilingan va sayt orqali ommaviy eʼlon qilinadigan har qanday matnli, grafikli, foto, video va audiovizual mahsulotlar.

1.4 Shaxsiy sahifa – mobil ilovada Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini saqlash, oʻzgartirish, oʻchirish imkoniyatini taqdim etadigan boʻlimi boʻlib, Foydalanuvchiga ilovadan (Google yoki Telegram orqali) roʻyxatdan oʻtgandan soʻng taqdim etiladi.

2. Aksеpt tartibi

2.1. Ushbu ommaviy oferta aksepti foydalanuvchini ilovani yuklab olish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Oferta aksepti amalga oshirilgan paytdan boshlab shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

2.2. Foydalanuvchi ushbu shartnomada keltirilgan shartlarga rozi boʻlmasa, mobil ilovadan foydalanishni toʻxtatishi lozim.

3. Shartnoma predmeti

3.1. Mazkur shartnomaga muvofiq, mobil ilova maʼmuriyati foydalanuvchiga homiladorlik davriga oid kontentni hamda turli xizmatlarni taklif etadi. Foydalanuvchi mobil ilovada taklif qilingan xizmatlardan foydalanish huquqiga ega boʻladi.

3.2. Shartnomada toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilmagan barcha holatlarda tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablari va ish muomalasi odatlariga amal qiladilar.

3.3. Foydalanuvchi saytda roʻyxatdan oʻtish bilan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 364, 365, 369 va 370-moddalariga muvofiq foydalanish shartnomasiga toʻliq va soʻzsiz rozi ekanini bildiradi.

3.4. Mazkur Foydalanish shartnomasi ochiq va ommaviy hujjat hisoblanadi. Foydalanish shartlarining amaldagi tahriri Internet tarmogʻida https://lalu.uz/oferta manzilda joylashtiriladi.

4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

4.1. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:

— Ilovada taklif qilingan xizmatlardan foydalanish;

— Ilovada taklif qilingan xizmatlardan foydalanishni toʻxtatish;

— Dastur yaratuvchilar maʼmuriyatiga dasturda taklif qilingan xizmatlar yuzasidan taklif, shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish (murojaatlar lalu.uzproject@gmail.com elektron pochta manziliga yuborilishi kerak);

— Ilova faoliyati haqida ommaviy ochiq ijobiy yoki tanqidiy fikr bildirish.

4.2. Loyiha maʼmuriyati quyidagi huquqlarga ega:

— Mobil ilova faoliyatini yaxshilash uchun undagi dasturiy vositalarga oʻzgartirish kiritish, ularni yangilash va yangi dasturiy vositalar qoʻshish;

— Ilovadan foydalanish shartlariga amal qilmagan foydalanuvchini ogohlantirish, vaqtincha yoki doimiy bloklash.

4.3. Loyiha maʼmuriyati quyidagi majburiyatlarga ega:

— “Lalu — Homiladorlik maktabi”, “Lalu — Hayz kalendari” va “Lalu — Onalar maktabi” mobil ilovalarida keltirilgan, maʼmuriyat tomonidan kiritilgan kontnetning ishonchligiga javobgar. Foydalanuvchilar va hamkor saytlar tomonidan uzatiladigan maʼlumotlarga javobgar emas.

— Ilovada oʻz mualliflik huquqlari buzilayotganini sezgan shaxs, maʼmuriyatga bu haqida lalu.uzproject@gmail.com elektron pochtasiga yozma ravishda xabar berilgan taqdirda, maʼmuriyat ushbu maʼlumotlarni tekshirib, mualliflik huquqi aniqlangan holda, material mobil ilovadan olib tashlashga masʼul.

4.4. Foydalanuvchi quyidagi majburiyatlarga ega:

— Ilovadan foydalanish shartlariga toʻliq amal qilish;

— Ilovada keltirilgan kontent tibbiy maslahat hamda shifokor koʻrigi oʻrnini bosmasligini bilgan holda, oʻzida boʻlayotgan fiziologik yoki patologik oʻzgarishlarga eʼtiborli boʻlib, muammo kuzatilganda oilaviy shifokor yoki ginekologga murojaat qilishi lozim;

— Ilovaning dasturiy vositalariga zarar yetkazadigan harakatlarni qasddan amalga oshirmaslik;

— Ilovadagi xizmatlardan amaldagi qonunlarni buzmagan holda foydalanish;

— Ilovadan foydalanishda boshqa shaxslarning shaʼni, qadr-qimmati, va boshqa barcha qonuniy huquqlariga tajovuz qilmaslik;

— Ilovadan foydalanish bilan bogʻliq noqonuniy yoki shubhali xatti-harakatlardan xabar topganda bu haqida loyiha maʼmuriyatini ogohlantirish;

— Ilovada keltirilgan tibbiy kontentlardan, faqatgina maʼlumot olish maqsadida foydalanish shart. Foydalanuvchilar tomonidan oʻz-oʻzini tashxislash va davolashga urinish mumkin emas.

5. Tomonlarning javobgarligi

5.1. Tomonlar ushbu shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.

5.2. Foydalanuvchi ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik natijasida unda yuzaga keladigan har qanday zararlar yoki boshqa salbiy oqibatlar uchun javobgar boʻladi.

5.3. Foydalanuvchi oʻz shaxsiy maʼlumotlarini muhofaza qilinmagan bogʻlanishlardan foydalanadigan qurilmaga kiritishda yoki ular zarar keltiradigan dasturlar va ilovalar tahdidi ostida boʻlgan holda ularning sozligi uchun toʻliq javobgar boʻladi. Loyiha maʼmuriyati foydalanuvchining internet tarmogʻiga ulanishdagi uzilishlar, cheklanishlar, hamda qurilma keshida saqlangan fayllar sabab yuzaga kelgan nosozliklar uchun javobgar hisoblanmaydi.

5.4. Loyiha maʼmuriyati shartnoma shartlarini lozim darajada bajarmaganlik uchun, agar bunday bajarmaslik foydalanuvchi tomonidan shartnoma shartlarining bajarilmasligi oqibati boʻlsa, javobgar hisoblanmaydi.

5.5. Loyiha maʼmuriyati foydalanuvchi ushbu shartnoma shartlari bilan oʻz vaqtida tanishmagani tufayli foydalanuvchida yuzaga kelgan har qanday zararlar uchun javobgar hisoblanmaydi.

5.6. Shartnoma tuzilgandan keyin tomon oldindan koʻra bilishi ham, oqilona choralar bilan oldini olishi ham mumkin boʻlmagan favqulodda hodisalar natijasida yuzaga kelgan yengilmas kuch holatlari (fors-major) oqibatida shartnoma shartlari bajarilmasa, tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar.

5.7. Shartnoma shartlarini keskin va qayta-qayta buzgan foydalanuvchi shaxsiy profili bloklanadi va qayta tiklanmaydi.

5.8 Foydalanuvchining materiallari ilovadan maʼlum sabablarga koʻra oʻchirilib yoki yoʻq boʻlib ketsa, maʼmuriyat u materiallarni qayta tiklashga javobgar emas.

5.9 Foydalanuvchi uchinchi shaxsga tegishli materiallarni tarqatish, resursga joylashtirish va undan foydalanish uchun butunlay javobgar hisoblanadi.

6. Shartnomani bеkor qilish

6.1. Foydalanuvchi istalgan vaqtda shartnomani bajarishdan mobil qurilmasidan ilovani oʻchirib tashlash yoʻli bilan bosh tortishga haqli.

6.2. Shartnoma mobil qurilmadan ilova oʻchirib tashlanganidan keyin bekor qilingan hisoblanadi.

7. Nizolarni koʻrib chiqish tartibi

7.1. Ushbu shartnomadan kelib chiqqan har qanday nizo tinch yoʻl bilan foydalanuvchining yozma murojaatiga binoan eʼtiroz bildirish tartibida koʻrib chiqiladi. Murojaatni koʻrib chiqish muddati va uning mazmuniga qoʻyiladigan talablar mazkur shartnoma va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

7.2. Yuzaga kelgan nizo eʼtiroz bildirish tartibida hal etilmagan taqdirda, u javobgar joylashgan yerdagi tegishli sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqilishi lozim.

Меню
error: Saytdan ma\'lumot ko\'chirish mumkin emas.