Рубрики
Kasalliklar

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi


Mobil ilovani yuklab oling

Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.


Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki 6 haftaligida eng koʻp kuzatiladi. Odatda 3-4 oylik vaqtida oʻz-oʻzidan yoʻqoladi. Umumiy jihatdan olib qaralganda, kolika chaqaloqlarda ovqat hazm qilish traktining yoshga doir funksional buzilishlari bilan bogʻliq boʻlgan va sanchiqli qorin ogʻrigʻi bilan kechadigan holatdir.

Ichak kolikasi chaqaloq yigʻlashi, tinimsiz chinqirishi, bezovtalanish, kuchanishi, yuzining qizarishi, qornining dam boʻlishi kabi belgilar bilan namoyon boʻladi.

Hayotning birinchi yarmida bolalarda koʻpincha oshqozon-ichak traktining turli xil funksional buzilishlari ( regurgitatsiya, ichak kolikasi, funktsional diareya va ich qotishi) kuzatiladi. Ichak sanchigʻi, yoki kolika turli xil tadqiqotlar natijalariga koʻra, yangi tugʻilgan chaqaloqlarning 55-75 foizida uchraydi.

Ichak sanchigʻi yangi tugʻilgan chaqaloqning ovqatlanish rejimini va uxlash tartibini buzishi, shuningdek yosh ota-onalarda hissiy stress va asabiylikni keltirib chiqarishi mumkin. 

Bola hayotning birinchi oylarida yangi tugʻilgan chaqaloqlarda va bolalarda ichak kolikasi muammosini kompleks hal qilish bilan pediatr, bolalar gastroenterologi va nevrolopatologlar shugʻullanishadi.

Kolika sabablari

Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda ichak kolikasini rivojlanish mexanizmi ovqat hazm qilish traktining motor funksiyasini buzilishi va ichakdagi gaz hosil boʻlishining koʻpayishi, oʻtkir lokal spazmlar va ichak devorlarining kengayishini keltirib chiqaradi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda ichak kolikasining asosiy etiologik omillari bevosita bolaning oʻzi yoki uning onasi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Yangi tugʻilgan chaqaloq tomonidan oshqozon-ichak traktining morfologik va funksional yetilmaganligi, ovqat hazm qilish traktining fermentativ faolligining pasayishi, xlorid kislota yetishmovchiligi , laktaza yetishmovchiligi, ichak mikrobiosenozining buzilishi, neyroendokrin regulyatsiyaning buzilishi ichak kolikasi paydo boʻlishiga sabab boʻladi.

Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda ichak kolikasi ichak tuzilishining anatomik xususiyatlari va asab tizimining rivojlanishiga bogʻliq holda yuzaga keladi, bu holat odatda 12-18 oygacha davom etadi.

Bolani ovqatlantirish texnikasi buzilgan taqdirda, boʻsh koʻkrak yoki bolani sut yetmagan holatda oz miqdordagi sut bilan emizish, shuningdek, erta tugʻilgan chaqaloqlarda havoni haddan tashqari ko’p yutish (aerofagiya) kuzatilib, ichak kolikasi paydo boʻlishiga olib keladi.

Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda fermentativ tizimlar va ichak disbiozining yoshga bogʻliq va individual rivojlanmaganligi yogʻlar hamda uglevodlarning me’yorda parchalanmasligiga olib keladi, bu esa gaz ishlab chiqarishni koʻpayishiga sabab boʻladi.

Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda ichak kolikasining rivojlanishi oshqozon-ichak traktining motor va sekretor funktsiyalarini tartibga soluvchi baʼzi moddalar ​​yetishmasligi bilan ham bogʻliq boʻlishi mumkin. Ichak kolikasining sababi tugʻruqdan oldin yoki tugʻruq paytida bola tomonidan oʻtkazilgan gipoksiya va asfiksiya sababli ham boʻladi.

Yangi tugʻilgan chaqaloqning homiladorlik davri va tana vazni qancha past boʻlsa (yaʼni, muddatidan oldin tugʻilish darajasi qanchalik katta boʻlsa), ichak kolikasini rivojlanish xavfi shunchalik yuqori ekanligi aniqlangan. Erta tugʻilgan chaqaloqlarda ichak kolikasi odatda klinik jihatdan aniqroq va uzoqroq davom etadi.

Allergik reaksiyalar (tabiiy oziqlantirishdan sunʼiy oziqlantirishga oʻtishda oziq-ovqat allergiyasining oshqozon-ichak shakli, aralashmalarda oziq-ovqat qoʻshimchalarining mavjudligi va boshqalar) yangi tugʻilgan chaqaloqlarda ham ichak kolikasini keltirib chiqarishi mumkin. Tugʻma anomaliyalar (quyon lab, boʻri tanglay) ham baʼzida chaqaloqlarda ichak sanchigʻi kelib chiqishiga sababchi boʻladi.

Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda ichak kolikasi rivojlanishini qoʻzgʻatadigan onalik omillari orasida ogʻirlashgan akusherlik-ginekologik anamnez (gestoz), notoʻgʻri emizish, emizuvchi onaning yomon odatlari, qoʻshimcha oziqlanishtirishdagi xatolar (erta davrda sigir suti, juda yogʻli ovqatlar, meteorizmni koʻpaytiradigan ovqatlar berish), ovqatlanish usullari (ortiqcha ovqatlanish, aralashmalarni notoʻgʻri tayyorlash); oiladagi hissiy beqarorlik va stress kabilar asosiy oʻrinda turadi.

Kolika belgilari

Kolika bola hayotning dastlabki 3-4 haftaligida paydo boʻladi va 4-6 oylikgacha, baʼzida hattoki 3 yoshgacha davom etadi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda ichak kolikasi xurujlari odatda kutilmaganda, hech bir sababsiz, kunning bir vaqtida, asosan ovqatlanish paytida yoki undan keyin tasodifan boshlanadi.

Ichak kolikasi belgilari kuniga 3 soat yoki koʻproq davom etadi, haftada kamida uch kun takrorlanadi va ketma-ket uch hafta davom etadi.
Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda ichak kolikasi baland qichqiriq, chinqirib yigʻlashi, bolaning tashvishlanishi bilan birga keladi, bola oyoqlarini burab, qorniga tortadi. Shu bilan birga, yuz terisining giperemiyasi (qizatishi), qorin old devorining shishishi va tarangligi kuzatiladi. Ichak kolikasining bitta xuruji 30 daqiqadan 3 soatgacha davom etishi mumkin.

Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda kuchli ichak kolikasi natijasida bolaning ishtahasi yomonlashadi va ovqat hazm qilish tizimi buzilishi, qorin boʻshligʻida taranglik, qusish, asabiylashish va uyquning buzilishi yuzaga keladi. Ichak kolikasidan xalos boʻlish gaz chiqishi yoki defekatsiyadan keyin sodir boʻladi. Ichak kolikasi xurujlari orasida yangi tugʻilgan chaqaloqning umumiy holati buzilmaydi, qorinni paypaslashda ogʻriq sezilmaydi, yaxshi ishtaha saqlanib qoladi, vazn ortishi yoshiga mos keladi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda ichak kolikasi ich qotishi, dispepsiya, gastroezofagial reflyuksiya kabi holatlar bilan birga kechishi mumkin.

Foydali maqola: Chaqaloqlarda isitma chiqishi va tana harorati normasi

Davolash

Davolash pediatr va bolalar gastroenterologi tomonidan amalga oshiriladi. Har bir organizm tabiatan individualdir va shu sababli ham davolash aynan boladagi ushbu holatning asosiy sababini bartaraf etishga, oshqozon-ichak traktining motor va funksional buzilishlarini tuzatishga qaratiladi.

Ichak kolikasining ayrim holatlarini emizikli onaning parhez rioya qilish orqali oldini olish mumkin. Uning taomnomasi tarkibidan sigir suti va mol goʻshti boʻlgan mahsulotlar chiqarib tashlanadi, yogʻlarga boy oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek gaz ishlab chiqarilishini koʻpayishiga olib keluvchi (xom va tuzlangan sabzavotlar, mevalar, dukkakli mahsulotlar; yangi non va kvas), shokolad, shirinliklar va xamir ovqatlar isteʼmoli cheklanadi.

Har bir ovqatlanishdan oldin bolani 5-10 minut qorniga yotqizib, soʻngra ichak harakatini va gaz chiqarilishini yaxshilash uchun soat strelkasi boʻyicha qorinni ozgina silab turiladi. Ichak kolikasi yuzaga kelganda bolani tinchlantirish uchun yangi tugʻilgan chaqaloqning qornini iliq kiyimcha bilan isitishingiz yoki bolani qoʻlingiz bilan koʻtarishingiz mumkin hamda qorin old devorini onaning qorniga bosib turish ham foyda beradi.

Aerofagiyaning oldini olish uchun ovqatlantirish texnikasini kuzatish, toʻgʻri holatda emizishga harakat qilish, soʻrgʻichlarni emishini cheklash, ovqatlangandan keyin 10-15 minut davomida bolani vertikal holatda ushlab turish, aralashma bilan boqilganda esa, mos keluvchi aralashmani toʻgʻi tanlash muhim ahamiyatga ega. Agar bolada oziq-ovqat allergiyasining oshqozon-ichak shakli kuzatilsa, oqsil gidrolizat (kazein yoki zardob) asosidagi aralashmalarga, laktaza yetishmovchiligi kuzatilganda esa, past laktoza yoki laktozasiz aralashmalarga oʻtadilar.
Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda, ayniqsa erta tugʻilgan chaqaloqlarda ichak shilliq qavatining zaifligi tufayli koʻrsatmalarsiz shamchalar va klizmalardan tez-tez foydalanish maqsadga muvofiq emas.

Sezilarli daraja aniqlangan kolika holatida gaz chiqaruvchi va boʻshashtiruvchi fototerapevtik mahsulotlar (arpabodiyon, romashka, yalpiz, shivit) tavsiya etilishi hamda shifokor tomonidan simetikon tarkibli preparatlar, spazmolitiklar, sorbentlar buyurilishi mumkin. Disbakteriozni tuzatish maqsadida probiotiklar ishlatiladi.


Lalu jamoasi siz va farzandingizga salomatlik istaydi!

Lalu — Onalar maktabi aʼzosiga aylaning, farzandingizni barkamol va sogʻlom voyaga yetkazishingiz uchun biz sizga yordam beramiz! Ilovani Google Play orqali yuklab oling!

Добавить комментарий

error: Saytdan maʼlumot ko‘chirish mumkin emas!