Рубрики
Kasalliklar

Homiladorlikda uyqusizlik — sabablari va uni bartaraf etish usullari


Mobil ilovani yuklab oling

Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.


Ko’pgina ayollar homiladorlikda uyqusizlik kabi muammolarga duch kelishadi. Homilador ayollar birinchi trimestrda ko’proq uxlashadi, lekin ularning uyqu sifati sezilarli darajada pasayadi. Shu bilan birga homiladorlik davri davomida ayol kun bo’yi charchoqni his qilishi ham kuzatiladi. Kechasi uyqusizlik ham charchoqning yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin.

Ushbu maqola orqali homiladorlikda uyqusizlik sabablari hamda uni yengillashtirish hamda bartaraf etish yo’llari haqida suhbatlashib o’tamiz.

Uyqusizlik nima?

Uyqusizlik — bu uyquga ketish yoki tunda uxlashni qiyinlashtiradigan uyqu buzilishi holatidir. Bu keng tarqalgan uyqu muammosi sizni juda erta uyg’onishingizga va miriqib uyquga qaytmasligingizga olib kelishi mumkin. Bu esa, homilador ayolni go’yo uyqu tetiklantiruvchi yoki tiklovchi ta’sirini sezmagandek his qilishiga sabab bo’ladi.

Homiladorlikda uyqusizlik qachon boshlanadi?

Homiladorlikning istalgan vaqtida uxlashda muammo bo’lishi odatiy holdir, lekin ko’plab homilador ayollar ikkinchi-uchinchi trimestrda uyqusizlikni boshdan kechirishadi, chunki homiladorlikning boshqa belgilari kuchayadi va chaqaloqning o’sib borayotgan to’shakda qulay yotishni ham qiyinlashtiradi. 

Shunday bo’lsada, birinchi trimestrdagi o’zgarishlar sizni shinam to’shakdan turg’azib yuborishi va shirin uyquni ham buzishi mumkin, jumladan, kun yoki tunning istalgan vaqtida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan toksikoz hamda doimiy kichik hojatga ehtiyojning oshishi homiladorlikning ilk uchoyligida uyqu buzilishlariga sabab bo’lishi mumkin.

Homiladorlikda uyqusizlik sabablari

Uyqusizlikning bir qancha sabablari bor. Bularga quyidagilar kiradi:

Uyqusizlikning boshqa sabablari stress bilan bog’liq bo’lishi ham mumkin. Homilador ayol tug’ish va tug’ish jarayoni haqida tashvishlanishi yoki yosh ona bo’lishga psixologik va ko’nikmaviy jihatdan tayyor emaslik haqidagi o’ylar uni uyqu sifati buzilishiga ham sabab bo’lishi mumkin.

Bu kabi stressga olib kelishi mumkin bo’lgan holatlarni oldini olish hamda onalikka bosqichma-bosqich tayyorlanib borish uchun «Lalu — Homiladorlik maktabi» resurslari, jumladan foydali maqolalar hamda kelgusida shifokorlar bilan hamkorlikda tayyorlanishi rejalashtirilayotgan videokurslar sizga asosiy ko’makchi bo’ladi.

Uy sharoitida uyqusizlikni davolash

Tadqiqotlarga ko’ra, homilador ayol uyqusizlikka qarshi preparatlarni aniq ko’rsatmalar bo’lgandagina qabul qilishi hamda ehtiyotkor bo’lishi talab etiladi.

Bunga qaramasdan, homiladorlikda uyqusizlik uy sharoitida amalga oshirish mumkin bo’lgan hayot tarziga o’zgartirish kiritish kabi usullar bilan ham bartaraf etilishi mumkin.

Uyqu gigiyenasiga amal qiling

Uyqu gigiyenasi deganda uxlashni osonlashtiradigan odatlar tushuniladi. 

Uyqusizlik bilan bezovta bo’layotgan ayol quyidagilarni sinab ko’rishi mumkin:

  • Faqat yotoqda uxlang.
  • Har kuni bir vaqtda uyg’oning va uyquga yoting.
  • Yotoq xonani qorong’i va salqin tuting.
  • To’shakni iloji boricha qulay va jozibali qiling.
  • To’shakda telefondan foydalanmang va televizor ko’rmang.
  • 15-30 daqiqadan so’ng uxlay olmasangiz, yotoqdan turing.
  • Yotishdan oldin kofe, qora choy ichishni cheklang yoki umuman kun bo’yi ichmang.
  • Suyuqlik ichishni yotishdan bir necha soat oldin cheklang.

Uyquga yordam beradigan boshqa odatlar orasida stressni kamaytirish uchun massaj qilish yoki yotishdan oldin iliq vanna qabul qilish mumkin.

«Lalu»dan qiziqarli funksiya: Homiladorlik kalendari va hisoblash kalkulyatori

Uyqu soatlarini hisoblamang

Garchi ko’pchilik sakkiz soatlik uyqudan so’ng o’zini yaxshi his qilsada, ba’zilari kamroq uxlasalarda o’zlarini yaxshi his qilishadi, ba’zilari esa ko’proq uyquga muhtoj. Uyqu holatingizni o’rganib chiqing va faol soatlarda o’zingizni qanday his qilayotganingizni tekshiring. Agar kam uyqu bilan ham surunkali charchamasangiz, shu miqdordagi uyqu sizga yetarli bo’lishi mumkin.

Jismoniy faollikka ahamiyat bering

Homiladorlikning jismoniy talablari doimiy vazn ortishi bilan birga faollikni saqlashni qiyinlashtirishi mumkin.

Amerika akusherlik va ginekologiya kolleji ma’lumotlariga ko’ra, homiladorlik paytida jismoniy mashqlar ham onaga ham bolaga foydali hisoblanadi. Masalan,

  • homiladorlik qandli diabeti xavfining pasayishi;
  • bel og’rig’i xavfi kamayishi;
  • yurakning umumiy sog’ligining yaxshilanishi.

Yengil jismoniy mashqlar ham uyqusizlikni yengishda yordam beradi. Homiladorlik paytida har qanday jismoniy mashqlar shifokorning tavsiyasi bilan amalga oshirilishi kerak.

Tibbiyot yo’nalishidagi tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, yotishdan kamida 4-6 soat oldin 30 daqiqa yengil mashq qilish uyqu sifatini yaxshilanishiga yordam beradi va uyqusizlikni bartaraf etadi.

Maxsus yostiqlardan foydalaning

Homiladorlikda uyqusizlik holatini yengillashtirish uchun homiladorlikning 2-3 trimestrlarida yotish qoidalariga amal qiling.

Umurtqaga tushadigan bosimni kamaytirish uchun tizzalar va sonlar bukilgan holda yostiqlar tizzalar orasiga olinishi, qorin bilan yo chalqancha emas, balki chap tomonda yotib uxlash lozim. Bundan tashqari, umurtqaga yostiqcha qo’yish og’riqni kamaytirishi va uyquni yaxshilashi mumkin.

Foydali maqola: Homiladorlikda nimalar mumkin emas? Eng zararli 11 mahsulot

Maqola SleepFoundation.org, Amerika akusherlik va ginekologiya kolleji hamda Healthline ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.

Добавить комментарий

error: Saytdan maʼlumot ko‘chirish mumkin emas!