Lalu
Qanday ishlaydi Funksiyalari Kalkulyatorlar Tug‘ilish sanasi Ovulyatsiya Haftalar → oylar XGCH Maqolalar Savol-javob
Kasalliklar

Homiladorlikda nafas qisishi

Homiladorlikda homilador ayol kundalik yumushlarni, masalan, zinapoyaga chiqish kabi vazifalarni bajargandan so‘ng nafas olishida qiyinchilik bo‘lishi mumkin. Shifokorlar bu holatni ko‘pincha o‘sayotgan bachadon o‘pka tomon ko‘tarilishi va nafas…

homiladorlikda nafas qisishi

Homiladorlikda homilador ayol kundalik yumushlarni, masalan, zinapoyaga chiqish kabi vazifalarni bajargandan so‘ng nafas olishida qiyinchilik bo‘lishi mumkin. Shifokorlar bu holatni ko‘pincha o‘sayotgan bachadon o‘pka tomon ko‘tarilishi va nafas olishini qiyinlashtirishi bilan bog‘liqligini taʼkidlaydilar. Ushbu maqola orqali homiladorlikda nafas qisishi holati haqida to’xtalib o’tamiz.

Homiladorlikda nafas qisishi sabablari

Nafas siqishi homiladorlikning tez-tez uchraydigan alomati bo‘lsada, har doim ham bitta sababni ko‘rsatib bo’lmaydi. Nafas qisishi turli xil omillar bilan bog‘liq, bachadon kattarishidan yurakgacha bo‘lgan o‘zgarishlar.

Baʼzi ayollar nafas olishdagi o‘zgarishlarni darhol sezishlari mumkin, boshqalari esa homiladorlik taqvimining ikkinchi yoki uchinchi trimestrligida payqashadi.

Birinchi trimestr

Homilador ayolning nafas olishidagi o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi uchun homila katta bo‘lishi shart emas.

Diafragma – yurak va o‘pkani qorindan ajratib turuvchi mushak to‘qimasi hisoblanadi, homiladorlikning birinchi trimetri davomida 4 sm gacha o‘sadi. Diafragmaning harakati o‘pkalarga havo yetkazib turishga yordam beradi. Baʼzi ayollar chuqur nafas olishlari kerak bo‘lgan o‘zgarishlardan bexabar bo‘lishsada, boshqalarni to‘liq, chuqur nafas ololmayotganligini payqashadi.

Diafragmadagi o‘zgarishlar bilan bir qatorda, homilador ayollar homiladorlik garmoni (progesteron) ko‘payishi tufayli tez-tez nafas olishadi. Pprogesteron homila rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, u nafas olishga yordam beradi, yaʼni ayolning nafas olishini tezlashtiradi. Tez nafas olish nafas qisilishiga olib kelmasa ham, ba’zi ayollar nafas olish bilan bog’liq o’zgarishlarni sezishi va uni xuddi nafas qisishidek baholashi mumkin.

Ikkinchi trimestr

Homilador ayollar ikkinchi uch oylikda sezilarli nafas siqishini boshidan o‘tkazadi. Homiladorlikning ikkinchi uch oyligida bachadonning kattarishi nafas siqilishini keltirib chiqaradi. Ammo, yurak faoliyatidagi baʼzi o‘zgarishlar ham nafas siqilishini olib kelishi mumkin.

Homiladorlik davrida ayol tanasidagi qon miqdori ham sezilarli miqdorda oshadi.

Yurak bu qonni tana bo‘ylab harakatlantirishi va yo’ldoshga yo‘naltirishi uchun qattiqroq haydashi kerak. Yurakdagi bu kabi vazifalarni ko‘payishi homilador ayolning nafas siqilishiga sabab bo‘lishi ham mumkin.

Uchinchi trimestr

Uchinchi uch oylikda nafas olish, asosan, rivojlanayotgan chaqaloq boshining holatiga bog‘liq holda osonlashishi yoki qiyinlashishi mumkin. Chaqaloq burilib, tos suyagi bo‘shlig‘iga tushishini boshlashdan oldin, chaqaloqning boshi xuddi qovurg‘a ostida va diafragmani itarib turgandek tuyuladi, bu esa nafas olishini qiyinlashtiradi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, bu turdagi nafas siqishi odatda 31 va 34 haftalar orasida sodir bo‘ladi.

Qo’shimcha sabablar

Homilador ayol jiddiy nafas siqilishini boshidan o‘tkazayotgan bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashishi shart. Homiladorlikdagi o‘zgarishlar nafas qisilishiga sabab bo‘lsada, boshqa tibbiy holatlar ham muammoga hissa qo‘shishi mumkin.

Bular quyidagilar:

Tegishli: Homiladorlikda pnevmoniya

Qanday yengish mumkin?

Nafas yetishmasligini his qilish noqulaylik tug‘dirishi va odamning jismoniy faoliyatini cheklashi mumkin.

Xayriyatki, homilador ayollarni qulayroq nafas olishiga yordam beradigan usullari bor. Jumladan,

Agar ayolda nafas qisilishiga sabab bo’layotgan boshqa asosiy kasallik bo’lsa, shifokorning davolanish bo’yicha tavsiyalariga amal qilish kerak.

Homilador ayollar quyidagi hollarda darhol tibbiy yordamga murojaat qilishlari kerak :

Foydali maqola: Homiladorlikda kamqonlik — belgilari, sabablari va davolash usullari

Fertil davringizni hozir aniqlang

Oxirgi hayzingiz va hayz davri uzunligini kiriting — bepul kalkulyator sizning olti kuningizni aniqlab beradi.

Ulashish
👩‍⚕️

admin

Lalu tibbiy taqrizchisi

Hayz davri, homiladorlik va chaqaloq haqidagi kontentimizni yozadigan va tekshiradigan Lalu klinik jamoasining a’zosi.

Davomini o‘qing

Barcha maqolalar
Kasalliklar chaqaloqni ovutish kolika

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki 6 haftaligida eng koʻp kuzatiladi. Odatda 3-4 oylik vaqtida…

Kasalliklar homiladorlikda qon bosimi oshishi

Homiladorlikda qon bosimi oshishi – turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga ko’proq ta’sir etadi. Agar u davolanmasa, kasallik o’zining va…

Kasalliklar homiladorlikda siydikda qon

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko’plab o’zgarishlar kuzatiladi. Bu o’zgarishlarni me’yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador ayoldan ma’suliyat, shifokordan esa, bilim va malaka talab qiladi.…