Lalu
Qanday ishlaydi Funksiyalari Kalkulyatorlar Tug‘ilish sanasi Ovulyatsiya Haftalar → oylar XGCH Maqolalar Savol-javob
Kasalliklar

Homiladorlikda diareya

Homiladorlikda diareya va qabziyat kabi ovqat hazm qilish muammolari tez-tez uchraydi. Odatda buni gormonlarning o'zgarishi, taomnomadagi o'zgarishlar va qo'shimcha stress sababli deb bilishadi. Diareya bir kunda uch yoki undan…

homiladorlikda diareya

Homiladorlikda diareya va qabziyat kabi ovqat hazm qilish muammolari tez-tez uchraydi. Odatda buni gormonlarning o’zgarishi, taomnomadagi o’zgarishlar va qo’shimcha stress sababli deb bilishadi.

Diareya bir kunda uch yoki undan ortiq bo‘shangan, suvli ich kelishiga nisbatan aytiladi. Doimiy diareya suvsizlanish va yetarli oziq-ovqatni o’zlashtirmaslikka olib kelishi mumkin. Homiladorlik davrida bu – ayolga va homilaga zarar yetkazishi mumkin. Jiddiy va uzoq davom etgan diareya bilan og‘rigan homilador ayollar darhol tibbiy yordamga murojaat qilishlari kerak.

Diareya nima?

Diareya juda keng tarqalgan kasallik bo‘lib, bu har bir insonga, shu jumladan homilador ayollarga ham taʼsir qilishi mumkin. Amerika gastroenterologiya kolleji maʼlumotlariga ko‘ra, homilador ayollarda diareyaning sodir bo‘lishi haqida yetarlicha zamonaviy tadqiqotlar yo‘q. Homiladorlik davrida diareya gormonal yoki jismoniy o‘zgarishlar natijasida paydo bo‘lishi mumkin. Ammo bu holat homiladorlik bilan bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin, aksincha infeksiya yoki ichakning buzilishi natijasida paydo bo‘lishi mumkin.

Ich ketishi sabablari

Gormonal o’zgarishlar

Diareyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlardan biri prostaglandin darajasini oshishi hisoblanadi. Oksitotsin kabi prostaglandinlar bachadon siqilishini kuchaytirishga yordam beradi. Ammo ovqat hazm qilish organlari bo‘ylab harakatini ham oshirishi mumkin. Prostaglandin miqdorining oshishi ham hayz paytida diareyaga olib kelishi mumkin. Sunʼiy prostaglandin preparatlar ham diareyaga sabab bo‘lishi mumkin.

Homiladorlikda infeksion diareya

Ichak infeksiyalari – diareyaning asosiy sababchisidir. Infeksion diareya bilan og‘rigan odamlarda, ichni o’tishi va suvli axlatdan tashqari, quyidagi alomatlari ham bo‘lishi mumkin:

Infeksion diareyaga sabab bo‘ladigan organizmlar bu bakteriyalar, masalan esherxiya kolli yoki kampilobakterioz, samonella yoki shigella, viruslar va parazitlardir.

Inson bu zararli organizmlarni ifloslangan oziq-ovqat yoki suv orqali yuqtirishi mumkin. O‘rtacha rivojlangan davlatlarga sayohat qilganda infeksion diareya xatarli bo‘lishi mumkin. Shu sababdan homiladorlikda diareya holatiga tushmaslik uchun homilador ayol gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilishi lozim.

Hazm tizimi kasalliklari

Surunkali diareya asosan ichak zararlanishining alomati bo‘lishi mumkin, masalan, yallig‘langan ichak kasalliklari , shu jumladan,

Yuqoridagi holatlar ko‘plab boshqa alomatlarga sabab bo’lishi mumkin.

Misol uchun:

Agar diareya yuqoridagi kabi boshqa alomatlar bilan birga kelsa, darhol shifokorga murojaat qiling.

Boshqa sabablar

Homiladorlikda ich ketishi yoki diareya quyidagi sabablarga ko‘ra ham yuzaga kelishi mumkin:

Homiladorlik davri davomida ayol iste’mol qilayotgan taomiga ehtiyotkor bo’lishi lozim bo’lganda mutaxassis bilan maslahatlashishi shart.

Foydali maqola: Homiladorlikda nimalar mumkin emas? Eng zararli 11 mahsulot

Qachon shifokorga ko’rinish kerak?

Diareya kuchli suvsizlanish va to‘yib ovqatlanmaslikga olib kelishi mumkin, bu esa ayol va homila uchun xavfli hisoblanadi.

Homilador ayol quyidagi holatlarni boshidan o‘tkazayotgan bo‘lsa, darhol tibbiy yordam olishi zarur:

Ich ketishini davolash

Homilador ayol ko‘p miqdorda suv ichishi orqali suvsizlanishni oldini oladi. Elektrolitli suyuqliklar ichish ham muhimdir.

Bundan tashqari,

Homilador ayollarga suvsizlanishni oldini olish va diareya tufayli yo‘qotilgan elektrolitlarni qayta tiklashga yordam berish uchun shifokorlar olma sharbati, bananlar, oddiy kartoshka, guruch, qovurilgan non kabi mahsulotlarni iste’mol qilishni tavsiya qilishlari mumkin.

Bundan tashqari, sut mahsulotlari, yog‘, tarkibida shakardan iborat mahsulotlar va kofeinli ichimliklar kabi diareyani kuchaytiradigan mahsulotlardan ehtiyot bo‘ling.

Dor-darmonlar bilan diareyani davolash

Homiladorlik davrida har qanday yangi dorini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Baʼzi dorilar zararli bo‘lishi va ayrim dorilarning xavfsizligi aniq bo‘lmasligi mumkin.

Ushbu maqola Medicalnewstoday va gi.org ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.

Fertil davringizni hozir aniqlang

Oxirgi hayzingiz va hayz davri uzunligini kiriting — bepul kalkulyator sizning olti kuningizni aniqlab beradi.

Ulashish
👩‍⚕️

admin

Lalu tibbiy taqrizchisi

Hayz davri, homiladorlik va chaqaloq haqidagi kontentimizni yozadigan va tekshiradigan Lalu klinik jamoasining a’zosi.

Davomini o‘qing

Barcha maqolalar
Kasalliklar chaqaloqni ovutish kolika

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki 6 haftaligida eng koʻp kuzatiladi. Odatda 3-4 oylik vaqtida…

Kasalliklar homiladorlikda qon bosimi oshishi

Homiladorlikda qon bosimi oshishi – turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga ko’proq ta’sir etadi. Agar u davolanmasa, kasallik o’zining va…

Kasalliklar homiladorlikda siydikda qon

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko’plab o’zgarishlar kuzatiladi. Bu o’zgarishlarni me’yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador ayoldan ma’suliyat, shifokordan esa, bilim va malaka talab qiladi.…