Asosiy » Homiladorlik » Homiladorlikda bosh aylanishi sabablari va qarshi choralar

Homiladorlikda bosh aylanishi sabablari va qarshi choralar

Homiladorlikda bosh aylanishi

Barcha ayollarda, shuningdek homiladorlik davri davomida homilador ayollarda bosh aylanishi tez-tez kuzatiladi. Ularni bosh aylanishi, ba’zida esa bosh aylanishi bilan birga yiqilish qo’rquvi ham ta’qib qiladi. Homiladorlikda bosh aylanishi sabablari va shifokorga qachon borish lozimligi haqida ushbu maqolamizda batafsil to’xtalib o’tamiz.

Homiladorlikda bosh aylanishi

Holat hammada har xil sezilishi mumkin, lekin odatda quyidagicha tavsiflanadi:

  • ko’z oldi xiralashishi;
  • muvozanatni yo’qotish;
  • yengil ko’ngil aynish;
  • tana nazoratini yo’qotish hissi.

Homiladorlik davrida bosh aylanishi sabablari?

Homilador ayollarda bosh aylanishi sabablar ko’p bo’lishi mumkin, shuning uchun biz ma’lumotni oson o’rganib chiqish uchun jadval tuzdik.

Homiladorlik kalendariBosh aylanishiga eng ko’p sabab bo’luvchi omillar
Homiladorlikning ilk davrida bosh aylanishining sababiVertigo — bosh aylanishi hissining kichik turi. Bu davrda bosh aylanishi tanadagi gormonal o’zgarishlar fonida sodir bo’ladi: ayol tanasida yangi hayot yaralmoqda, shuning uchun homiladorlikning boshida bosh aylanishi kabi bezovtalanish kuzatilishi mumkin.
Homiladorlikning ikkinchi trimestrida bosh aylanishi Asosiy sabab: tanadagi qon hajmining oshishi, homila o’sishi, tez yurak urishi, vazodilatatsiya. Bundan tashqari, qon bosimi keskin pasayishi tufayli bosh aylanishi mumkin.
Bosh aylanishi migren, yurak xastaligi, kamqonlik, qondagi qand miqdorining pasayishi, stress va uyqusizlik tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Homiladorlikning uchinchi trimestrida bosh aylanishiHomiladorlikning oxirgi uchoyligida bosh aylanishi normal davom etayotgan homiladorlikda kuzatilmasligi lozim, shuning uchun bu davrda bosh aylanishi bezovta qilsa, darhol shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi. Sabablari turlicha bo’lishi mumkin, lekin ularning hammasi chaqaloqqa va onaga zarar yetkazishi yoki erta tug’ilishga olib kelishi mumkin. Masalan, ochlik va qand miqdorining keskin pasayishi bolaning qorindagi holatiga ta’sir qiladi. Shuningdek, muvozanatning sabablari qondagi gemoglobin darajasining pastligi, kislorod yetishmasligi, atmosfera bosimining o’zgarishi, toksikoz, homila tomonidan katta tomirlarning siqilishi, homiladorlik qandli diabet bo’lishi mumkin. 
Qanday bo’lmasin, darhol shifokorga boring!

Homiladorlikning barcha davriga tegishli umumiy sabablar

Illustrator: Yulduz Urazbayeva / Lalu

Homiladorlik paytida istalgan vaqtda bosh aylanishi sabab bo’lishi mumkin. Bu shartlar ma’lum bir trimestrga bog’liq emas.

Kamqonlik

Sizda sog’lom qizil qon tanachalari soni kamayishi bilan tavsiflanadigan kamqonlik kuzatilishi mumkin. Bu tanada temir va foliy kislotasi yetarli bo’lmaganda sodir bo’ladi.

Bosh aylanishi bilan bir qatorda, anemiya sizni charchashingizga, teri rangingiz oqarib ketishiga yoki nafas qisishiga olib kelishi mumkin.

Homiladorlik paytida istalgan vaqtda anemiya rivojlanishi mumkin. Agar yuqorida sanab o’tilgan shikoyatlar sizni bezovta qilsa, shifokor homiladorlik paytida temir miqdorini o’lchash va holatini kuzatish uchun qon tahlilini o’tkazishi mumkin. Kamqonlik tasdiqlansa, temir yoki foliy kislotasi qo’shimchalarini tavsiya qilishlari mumkin.

Tegishli maqola: Homiladorlikda kamqonlik (anemiya) — belgilari, sabablari va davolash usullari

Suvsizlanish

Suvsizlanish homiladorlikning istalgan vaqtida sodir bo’lishi mumkin. Agar sizda ko’ngil aynib, qusish bezovta qilish kuzatilayotgan bo’lsa, buning oqibatida umumiy suvsizlanish kelib chiqishi mumkin. Shuningdek, homiladorlik paytida organizm suvsizlanishi mumkin, chunki bu vaqtda tanangiz ko’proq suv talab qiladi.

Homiladorlikning boshida kuniga kamida 8-10 stakan suv ichish kerak va bu miqdorni ikkinchi va uchinchi ucoylikda ko’paytirib borish lozim, chunki siz homiladorlikning keyingi davrlarida taomnomangizga qo’shimcha kaloriya qo’shasiz. Bu esa, suv iste’molini ham ko’paytirishingiz kerakligini anglatadi.

Homiladorlik davrida suv ehtiyojini oziq-ovqat iste’moliga qarab hisoblash mumkin. Har bir iste’mol qilingan kaloriya uchun odatda 1-1,5 ml suv kerak bo’ladi (masalan, 2000 kaloriyali taomnomada bo’lgan odamga har kuni 2000-3000 ml suyuqlik kerak bo’ladi). Homilador ayollarga ikkinchi trimestrdan boshlab kaloriya iste’molini taxminan 300 kaloriya oshirish tavsiya etiladi. Shuning uchun ularga ikkinchi trimestrdan boshlab, odatdagi suyuqlik iste’moliga qo’shimcha ravishda yana 300 ml suyuqlik kerak bo’ladi.[1]

Homiladorlik paytida bosh aylanishini boshqarish

Homiladorlik paytida bosh aylanishining oldini olish yoki kamaytirishning bir necha yo’li mavjud:

  • Bir holatda uzoq turishdan cheklaning;
  • Tik holatingizdan o’tirishga yoki yotishga shoshilmang;
  • Ikkinchi va uchinchi trimestrda chalqancha yotishdan saqlaning;
  • Qondagi qand miqdori kamaymasligi uchun sog’lom ovqatlanish tamoyillariga amal qiling;
  • Suvsizlanishni oldini olish uchun ko’proq suv iching;
  • Qulay va harakatlarni cheklamaydigan kiyim kiying.
  • Bosh aylanishiga sabab bo’lgan kasalliklarni davolash uchun shifokor tomonidan tavsiya etilgan qo’shimchalar va dori -darmonlarni qabul qiling.

Agar homiladorlik paytida boshingiz aylansa nima qilish kerak?

Birinchidan, siz sekin o’tirishingiz, suv ichishingiz va ko’zingizni yummasligingiz kerak. Biror buyumga e’tibor bilan qarab turish yaxshidir.

Agar umumiy ahvolingizda yaxshilanish bo’lmasa, unda qon bosimingizni o’lchashingiz kerak. Ehtimol bosh aylanishining sababi qon bosimi pasayishi bo’lishi mumkin. Bunday holda siz derazalarni ochishingiz va yotishingiz lozim.

Agar ushbu holatga sabab, qonda qand darajasining pasayishi bo’lsa, unda konfet yoki biror shirinlik iste’mol qilishingiz kerak.

Agar yuqoridagi choralar yordam bermasa, darhol tez yordam chaqiring. Esingizda bo’lsin, homiladorlikda bosh aylanishi homiladorlikning so’ngi davrlarida kuzatilishi tezkor yordam talab qilishi mumkin!

Salomat bo’ling!

Меню