Lalu
Qanday ishlaydi Funksiyalari Kalkulyatorlar Tug‘ilish sanasi Ovulyatsiya Haftalar → oylar XGCH Maqolalar Savol-javob
Salomatlik

Homiladorlikda suvsizlanish

Homiladorlikda suvsizlanish boshqa davrlarga qaraganda tez-tez uchraydigan salbiy holatlardann biri hisoblanadi. Bu davrda suvsizlanish aksariyat holatlarda yengil bo‘ladi, ammo ba'zida kuchli suvsizlanish kuzatilib, u ona va chaqaloq salomatligi…

homiladorlikda suvsizlanish

Homiladorlikda suvsizlanish boshqa davrlarga qaraganda tez-tez uchraydigan salbiy holatlardann biri hisoblanadi. Bu davrda suvsizlanish aksariyat holatlarda yengil bo‘ladi, ammo ba’zida kuchli suvsizlanish kuzatilib, u ona va chaqaloq salomatligi uchun jiddiy xavf tug’dirishi mumkin.

Homila ayol tanasiga jiddiy talablar qo‘yadi va homilador ayollar qo‘shimcha ozuqaviy moddalar isteʼmol qilishlari kerak. Toksikoz, shuningdek, ko‘p qayt qilishga sabab bo‘layotgan holatlari ham suvsizlanish yuzaga kelishida muhim rol o‘ynaydi.

Homiladorlikda suvsizlanish belgilari

Odatda suvsizlanishni birinchi belgisi – chanqash.

Terlagandan keyin chanqagan, issiqda uzoq vaqt o‘tkazgan odamlar yoki uzoq vaqt mobaynida suvsiz qolgan insonda, ayniqsa suvsizlanish ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Suvsizlanishning boshqa belgilari quyidagilardir:

Baʼzi bir homilador ayollar suvsizlanishni his qilganda bachadon qisqarishi holatini boshidan o‘tkazadi.

Suvsizlanish kuchayganda chanqoqlik hissi yo‘qolishi mumkin. Homiladorlik davri davomida kuchli suvsizlanishning baʼzi belgilari quyidagilar:

Kuchli suvsizlanish tushkunlik va organizmlarni shikastlanishiga sabab bo‘lishi ham mumkin. Bu holat esa, chaqaloqqa ham zarar yetkazishi mumkin.

Homiladorlikda suvsizlanish sabablari

Suvsizlanish sabablari 2 ta umumiy toifaga bo‘linadi:

Yetarli miqdorda suv ichmaslik

Insonlarni bir kunda qancha miqdorda suv ichishi haqida ko‘plab tavsiyalar bo‘lishiga qaramasdan, insonning suvga bo‘lgan ehtiyoji bir-biridan farq qiladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, homiladorlik ayol tanasiga qo‘shimcha ehtiyojlarni qo‘yadi. Shu sababli ayollar, odatda, oldingi homiladorlik davridan ko‘ra shu homiladorlik davrida ko‘proq suv ichishi kerak.

Yetarli miqdorda suvni o’zlashtirmaslik

Baʼzi tibbiy holatlarda, ayniqsa, qayt qilish va diareya (ich ketishi) tananing yetarli miqdorda suv o’zlashtirishi qiyinlashadi.

Homiladorlik davrida ko‘ngil aynishi va qayt qilish holatlari boshqa davrlarga nisbatan tez-tez uchraydi. Homiladorlikning 3% ida uchraydigan eklampsiya bilan kasallangan ayollar jiddiy vazn yo‘qotish va suvsizlanishga olib keladigan jiddiy qayt qilish holatini boshidan kechirishi mumkin.

Boshqa sog‘liq muammolari, ayniqsa, metabolizmga taʼsir qiladigan holatlar homiladorlidka suvsizlanish holatini keltirib chiqaradi. Bular quyidagilar :

Qiziqarli:

Homiladorlik paytida har kuni 8-12 stakan (1,8-2.7 litr) suv ichish kerak. Suv homiladorlikda foydali hisoblanadi. U ovqat hazm qilishga hamda homila amniotik suyuqlik hosil bo’lishiga yordam beradi. Suv, shuningdek, ozuqa moddalarining tanada aylanishida xizmat qiladi.

Asoratlari

Homiladorlikda yengil suvsizlanish odatda xavfli bo‘lmaydi, chunki ayol tezda yetarli suyuqlikni tanasiga yetkazib bera oladi, ammo kuchli suvsizlanish nafaqat ona hayoti, balki chaqaloq hayoti uchun ham xavfli bo‘lishi mumkin.

Suvsizlanish amniotik suyuqlik miqdorining kamayishiga olib keladi. Bu esa bolaning rivojlanishiga taʼsir o‘tkazishi, erta tug‘ilishiga olib kelishi va ona suti xususiyatiga taʼsir etishi mumkin. Suvsizlanish homilador ayol va rivojlanayotgan chaqaloqning salomatligi uchun muhim bo‘lgan ozuqa moddalarining yetishmasligiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Qanday hollarda shifokorga murojaat qilish kerak?

Suvsizlanishning jiddiy yoki yengil ekanligiga o‘z-o‘zidan oydinlik kiritish qiyin.

Agar ichimlik suvi yoki elektrolitli ichimlik suvlari bu holatni tezda yaxshilashga yordam bermasa, darhol shifokorga murojaat qiling. Homilador ayollar quyidagi hollarda suvsizlanish tufayli shifokor ko’rigiga borishi lozim:

Eklampsiya yoki boshqa kasalliklari bor bo‘lgan ayollar kasalxonaga borish vaqti kelganida shifokor bilan maslahatlashishi kerak. Agarda shifokor ayolning alomatlari shoshilinch tibbiy yordamga ko‘rsatish kerak deb taxmin qilsa, darhol shoshilinch yordamga murojaat qilishlari lozim.

Foydali maqola: Homiladorlikda kamqonlik (anemiya)

Suvsizlanishini oldini olish uchun

Suvsizlanishni oldini olish uchun siydik tiniq yoki juda och sariq rangga aylanmaguncha suyuqlik isteʼmol qiling. Suv idishini doim o‘zingiz bilan olib yuring va tez-tez suv, suyuqlik ichib turing.

Ko‘p jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan, juda issiq havoda tashqarida ko‘p vaqt sarflaydigan ayollar suyuqlikni nisbatan ko‘proq isteʼmol qilishlari kerak.

 Maqola Amerika akusherlik va ginekologiya kolleji hamda Medicalnewstoday  ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.

Fertil davringizni hozir aniqlang

Oxirgi hayzingiz va hayz davri uzunligini kiriting — bepul kalkulyator sizning olti kuningizni aniqlab beradi.

Ulashish
👩‍⚕️

admin

Lalu tibbiy taqrizchisi

Hayz davri, homiladorlik va chaqaloq haqidagi kontentimizni yozadigan va tekshiradigan Lalu klinik jamoasining a’zosi.

Davomini o‘qing

Barcha maqolalar
Salomatlik chaqaloq qayt qilishi

Chaqaloq qusishi – sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko’pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta bu muammo bo’layotganligini ko’rishingiz mumkin. Odatda, chaqaloq qusishi davolash…

Salomatlik molchnitsa

Og’iz bo’shligi kandidozi – molochnitsa

Kandida zamburug’i kasallik keltirib chiqaruvchi zamburug’ infeksiyalarning bir turi hisoblanadi. Og’iz bo’shlig’i kandidozi (molochnitsa) deb nomlangan bu zamburug’ turi og’izda paydo bo’ladi va ichki…

Salomatlik homiladorlikda varikoz

Varikoz venalarining tug’ruqdan keyingi holati

Homiladorlikda varikoz venalar asosan homilador ayollarning oyoq qismlarida paydo boʻladi. Venalar kengayishi natijasida shishlar hosil bo’ladi. Natijada qichishishi, baʼzida esa ogʻriq paydo bo’lishi mumkin…