Mobil ilovani yuklab oling
Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.
Kandida zamburug’i kasallik keltirib chiqaruvchi zamburug’ infeksiyalarning bir turi hisoblanadi. Og’iz bo’shlig’i kandidozi (molochnitsa) deb nomlangan bu zamburug’ turi og’izda paydo bo’ladi va ichki yonoqlarda, tilda va og’iz bo’shlig’ining tepa sohasida (tanglayda) oq dog’lar ko’rinishini beradi.
Chaqaloqlarda kuzatiladigan zamburug’ infeksiyasi turlari
Odatda, biz zamburug’ faqat og’izda paydo bo’ladi deb o’ylasak-da, uning ta’siri tananing boshqa sohalarida ham namoyon bo’lishi mumkin. Masalan,
- Tirnoqlar;
- Ko’zlar;
- Tananing pastki sohasida (qinda yoki chov sohasida);
- Teri burmalari(qo’ltiq osti sohasi yoki bo’yin sohasidagi burmalar).
Foydali: Uyqu vaqtida yig‘layotgan chaqaloqni qanday ovutish mumkin?
Chaqaloqlarda kandidoz belgilari (molochnitsa)
Chaqaloqlardagi zamburug’ning klassik belgisi til va yonoqning ichki shilliq qavatida oq, baxmal dog’larning paydo bo’lishidir. Ular yara shaklida bo’lib, artilganda undan qon ketish holati ro’y berishi mumkin.
Boshqa alomatlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Og’iz shilliq qavatining qizarishi;
- Yig’lash yoki bezovtalik;
- Og’riq tufayli hamshira tekshiruvini rad etish.
Jarayon bolaning qizilo’ngach sohasigacha tarqalsa, bolada yutish jarayoni og’riqli kechishi mumkin. Siz farzandingizning shishadan ovqatlanishi yoki emishni rad etishini ko’rishingiz mumkin.
Til oq rangga kirganligining o’zi farzandingizda kandida zamburug’i borligini anglatmaydi. Ko’pgina chaqaloqlarning tili sut ichgandan keyin ham oqarib qoladi.
Oq dog’lar paydo bo’lgan paytda, ular og’iz bo’shlig’ining anchagina yuzasini qoplagan bo’ladi, va ularni osongina artib bo’lmaydi. Agar siz bu dog’larni artib tashlashga harakat qilsangiz, yaralardan qon ketishi mumkin.
Molochnitsa sabablari
«Candida albicans» zamburug’i qachonki, u bolaning og’iz bo’shlig’ida o’sishni boshlagandagina, uning belgilari namoyon bo’lganligini ko’ramiz. Zamburug’ asosan, issiq, nam joylarda, malasan, chaqaloq og’iz bo’shlig’ida rivojlanadi.
Kandida infeksiyasining oz miqdori ko’pincha og’izda yashaydi. U immunitet tizimi va og’izda yashaydigan boshqa mikroblar tomonidan nazorat qilinadi. Biroq, immunitet zaiflashganda, zamburug’ o’sishi mumkin, bu og’izda va tilda yaralar va jarohatlarga olib keladi.
Molochnitsa chaqaloqlarda paydo bo’lishi mumkin, chunki ularning immuniteti hali yetuk emas. Ular infektsiyaga qarshilik ko’rsatishga to’laqonli qodir emaslar.
Og’iz bo’shlig’i kandidozi antibiotiklar bilan davolashdan keyin paydo bo’lishi ham mumkin, chunki antibiotiklar og’izdagi sog’lom bakteriyalar darajasini pasaytiradi. Bu zamburug’ning ko’payishiga imkon beradi.
Foydali maqola: Chaqaloqlarda isitma chiqishi va tana harorati normasi
Diagnostika
Chaqaloqlarda molochnitsa holati tez va oson tashxis qilinadi. Ko’pgina pediatrlar zamburug’ni chaqaloqning og’iz bo’shlig’ini tekshirish orqali aniqlashlari mumkin. O’rnidan ko’chishi qiyin bo’lgan baxmal, oq dog’lar zamburug’ infeksiyasining klassik belgilaridir. Vaqti-vaqti bilan, shifokor laboratoriya tekshiruvi uchun oq qoplamadan namuna olishi mumkin.
Molochnitsani davolash
Zamburug’lar har doim ham davolashni talab etmaydi va ba’zida bir necha kundan keyin o’z-o’zidan o’tib ketadi. Farzandingizni og’zida paydo bo’lgan yaralar boshqa xavfli infeksiya natijasi emas, balki, aynan zamburug’ tufayli kelib chiqqanligiga ishonch hosil qilishingiz uchun pediatringizga murojaat qilishingiz kerak.
Pediatringiz boladagi infeksiyani davolash uchun zamburug’ga qarshi dori-darmonlarni buyurishi mumkin. Ushbu dorilarni vrach tavsiyasi va ko’rsatmasiga asosan, bolaning og’iz bo’shlig’idagi yaralarga surtish mumkin.
Agar onaning ko’krak so’rg’ichida zamburug’ infeksiyasi bo’lsa, shifokor to’g’ridan to’g’ri ko’krakka surtish uchun mo’ljallangan retseptsiz zamburug’ga qarshi kremni tavsiya qiladi.
Probiotiklarni qabul qilish zamburug’lar va boshqa turdagi infeksiyalarning oldini olishga yordam beradi. Probiotiklar teri va tanadagi biz uchun foydali bo’lgan bakteriyalarni qo’llab-quvvatlashda rol o’ynaydi, bu esa zamburug’lar o’sishini nazorat ostida ushlab turadi.
Muhim: Bolaning ichi yashil kelsa, nima qilish kerak?
Prognoz
Og’iz bo’shlig’i kandidozi yoki molochnitsa bolalarda keng tarqalgan infeksiya turi bo’lib, odatda, unga tashxis qo’yish va davolash oson. Agar siz ham farzandingiz ham zamburug’ infeksiyasini boshdan kechirayotgan bo’lsangizlar, bu infeksiyalarni darhol davolash kerakligini aslo unutmang. Agar faqat birini davolashga muvaffaq bo’lgan bo’lsangiz (o’zingiz yoki bolangizni), bolani har safar ovqatlantirganingizda, infeksiyani unga qayta yuqtirishda davom etishingiz mumkin.
Ushbu maqola https://kidshealth.org/ hamda https://medlineplus.gov/ ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.