Lalu
Qanday ishlaydi Funksiyalari Kalkulyatorlar Tug‘ilish sanasi Ovulyatsiya Haftalar → oylar XGCH Maqolalar Savol-javob
Salomatlik

Chaqaloq qusishi – sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta bu muammo bo'layotganligini ko'rishingiz mumkin. Odatda, chaqaloq qusishi davolash muolajalarisiz ham tugaydi, lekin…

chaqaloq qayt qilishi

Bolalikdagi ko’pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta bu muammo bo’layotganligini ko’rishingiz mumkin. Odatda, chaqaloq qusishi davolash muolajalarisiz ham tugaydi, lekin bunday holatni ko’rib turish siz uchun oson kechmaydi.

Bu jiddiy biror narsa noto’g’ri bo’lishi mumkinligidan qo’rqish va uni yaxshilash uchun biror narsa qilish istagi bilan birgalikda sizni asabiylashtirib, xavotirga solishi mumkin. Fikrlaringizni aniq bilimlar bilan boyitish uchun maqolada qusishning sabablari va u sodir bo’lganda bolangizga qanday yordam berish mumkinligi haqida ma’lumot berib o’tamiz.

Chaqaloq qusishi va tupurish

Avvalo, haqiqiy qusish va shunchaki tupurish o’rtasida farq bor. Qusish – oshqozon tarkibida turib qolgan massani og’iz orqali kuch bilan chiqarib yuborish. Tupurish (ko’pincha bir yoshgacha bo’lgan chaqaloqlarda kuzatiladi) oshqozon tarkibidagi massaning og’izdan oqishi, bu tez-tez kekirish bilan birga keladi.

Qusish, qachonki, oshqozon bo’shashganda, qorin bo’shlig’i mushaklari va diafragma kuchli qisqarganda sodir bo’ladi. Ushbu refleksli harakat miyadagi «qusish markazi» tomonidan qo’zg’atilgandan so’ng amalga oshiriladi.

Foydali: Bolalarni ko‘krak suti bilan uzoq vaqt oziqlantirishning foydali va zararli tomonlari

Chaqaloq qusishi sabablari

Tupurish yoki qayt qilishning umumiy sabablari yoshga qarab o’zgarib boradi. Masalan, dastlabki bir necha oy ichida ko’pchilik chaqaloqlar oz miqdorda qabul qilgan ona sutini tupurishadi, bu holat odatda, ovqatlanishdan keyin birinchi soat ichida sodir bo’ladi. Tupurish, shunchaki vaqti-vaqti bilan ovqatning oshqozondan, unga olib boradigan naycha (qizilo’ngach) orqali og’izdan tashqariga chiqishidir. Agar bolada tez-tez kekirish holati bo’lsa, va ovqatdan so’ng faol harakat cheklangan bo’lsa, tupurish holati sodir bo’lishi nisbatan kamayadi. Tupurish chaqaloq yoshi ulg’aygan sayin kamayib boradi, lekin o’n oylikdan o’n ikki oygacha bo’lgan bolalarda yengil shaklda davom etishi mumkin. Tupurish jiddiy emas va u bolada normal vazn ortishiga to’sqinlik qilmaydi.

Bolada birinchi oyda vaqti-vaqti bilan qayt qilish holati kuzatilishi mumkin. Agar bu holat qayta-qayta takrorlansa, yoki juda kuchli qayt qilish bo’lsa, pediatringizga murojaat qiling. Bunda ovqatlanish bilan bog’liq yengil qiyinchilik holati bo’lib, bu jiddiy kasalliklar belgisi bo’lishi ham mumkin.

Chaqaloq doimiy qusishi

Ikki haftalikdan to’rt oygacha bo’lgan bolalarda doimiy kuchli qusish holati bo’lib, buning sababi oshqozondagi mushaklarning qalinlashishi bo’lishi mumkin. Gipertrofik pilorik stenoz deb tanilgan me’da ichki qavatining qalinlashuvi holati, ovqat massasining me’dadan ichakka o’tishida qiyinchilik yuzaga kelishi bilan tushuntiriladi. Bu holat shoshilinch tibbiy yordamni talab qiladi. Odatda, bu toraygan sohani ochish uchun operatsiya talab etiladi. Bu qalinlashuv yuzaga kelishining muhim belgisi oziqlantirishdan 15-30 daqiqa ichida yoki undan keyin bolada sodir bo’ladigan kuchli qusish holatidir. Agarda siz bu holatni farzandingizda sezsangiz, pediatringizga murojaat qiling.

O’qing: Bolalarda ekzema — sabablari, davolash va oldini olish usullari

Gastroezofagial reflyuks (GERK)

Ba’zan bola hayotining dastlabki haftalarida yoki oylarida bolada tupurish holati yo’qolishni o’rniga, u doimo sodir bo’la boshlaydi. Bu holat qizilo’ngach pastki qismidagi mushaklar haddan tashqari bo’shashganda, va ovqat massasi oshqozon tarkibi zaxira holatda turib qolganda sodir bo’ladi. Bu jarayon gastroezofagial reflyuks yoki qisqacha GERK deb ataladi.

Infeksiya

Hayotning birinchi oylaridan keyin qusishning eng ko’p uchraydigan sabalaridan biri oshqozon yoki ichaklarda paydo bo’lgan infeksiyadir. Viruslar eng ko’p uchraydigan infeksiya agentlaridir, ammo ba’zan bunday holat kelib chiqishida bakteriyalar, va hatto, parazitlar ham sabab bo’lishi mumkin. Infeksiya, shuningdek, chaqaloqlarda isitma, diareya, ba’zida ko’ngil aynishi va qorin og’rig’iga olib kelishi mumkin. Infeksiya odatda, yuqumli hisoblanadi.

Foydali maqola: Bolaning ichi yashil kelsa, nima qilish kerak?

Agar farzandingizda infeksiya bo’lsa, bu uning yon-atrofidagi boshqa bolalarga ham yuqishi mumkin.

Rotaviruslar – chaqaloqlar va yosh bolalarda qusishning asosiy sababi bo’lib, bunda ko’pincha, isitma va diareya belgilari kuzatiladi.

Rotavirus gastroenteritning virusli sabablaridan biridir, ammo boshqa viruslar, masalan, noroviruslar, enteroviruslar va adenoviruslar ham uni keltirib chiqarishi mumkin.

Chaqaloq qusishi doim ham yengil holat emas, uning ba’zi ko’rinishlari darhol tibbiy muolajani talab qiladi, shuning uchun farzandingiz necha yoshda bo’lishidan qat’i nazar, quyidagi muammo va belgilardan ehtiyot bo’ling, va agar ular paydo bo’la boshlasa, pediatringizga darhol murojaat qiling.

Foydali maqola: Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Fertil davringizni hozir aniqlang

Oxirgi hayzingiz va hayz davri uzunligini kiriting — bepul kalkulyator sizning olti kuningizni aniqlab beradi.

Ulashish
👩‍⚕️

admin

Lalu tibbiy taqrizchisi

Hayz davri, homiladorlik va chaqaloq haqidagi kontentimizni yozadigan va tekshiradigan Lalu klinik jamoasining a’zosi.

Davomini o‘qing

Barcha maqolalar
Salomatlik molchnitsa

Og’iz bo’shligi kandidozi – molochnitsa

Kandida zamburug’i kasallik keltirib chiqaruvchi zamburug’ infeksiyalarning bir turi hisoblanadi. Og’iz bo’shlig’i kandidozi (molochnitsa) deb nomlangan bu zamburug’ turi og’izda paydo bo’ladi va ichki…

Salomatlik homiladorlikda varikoz

Varikoz venalarining tug’ruqdan keyingi holati

Homiladorlikda varikoz venalar asosan homilador ayollarning oyoq qismlarida paydo boʻladi. Venalar kengayishi natijasida shishlar hosil bo’ladi. Natijada qichishishi, baʼzida esa ogʻriq paydo bo’lishi mumkin…

Salomatlik

Bolalarni ko‘krak suti bilan uzoq vaqt oziqlantirishning foydali va zararli tomonlari

Bolalarni tug‘ilgandan boshlab maʼlum muddat davomida ko‘krak suti bilan oziqlantirishi tibbiyotda qo‘llaniladigan aniq taʼrifli atama emas, balki madaniy belgidir. Bolalarini odatdagidan farqli ravishda uzoq…