Asosiy » Maqolalar » Homiladorlikda ich qotishi — qabziyat

Homiladorlikda ich qotishi — qabziyat

homiladorlikda ich qotishi qabziyat

Ba’zi ayollarda homiladorlikning ilk bosqichlarida qabziyat kuzatiladi, boshqa ayollarda esa, umuman kuzatilmasaligi ham mumkin.
Ushbu maqolada, biz nima uchun homiladorlikda ich qotishi, ya’ni qabziyat sabablari va ayollardagi bunday noqulayliklarni yengillashtirish uchun uy sharoitida qo’llab bo’ladigan xavfsiz davolash choralarini muhokama qilamiz.

Sabablari

Qabziyatning sababi homiladorlikning qaysi bosqichida sodir bo’layotganligiga bog’liq. Bunga quyidagi mumkin bo’lgan sabablar kiradi:

Gormonlar: gormonlar miqdorining o’zgarishi, erta homiladorlikda ichaklardagi harakatning, ichaklardan axlatning chiqishini sekinlashishiga sabab bo’ladi.
Bunda yo’g’on ichakda suv so’rilish miqdori kuchayadi, bu esa axlatning qattiq bo’lib qolishiga olib keladi.

Homiladorlik vitaminlari: prenatal vitaminlar, ayniqsa anemiyaga qarshi dorilar temirga boy, ba’zan bu homiladorlik davomida asosiy vitaminlar tanqisligi hisoblanadi. Temir axlatning qorayishiga, qiyin kelishiga va homiladorlikda ich qotishi holatiga sabab bo’ladi.

Bachadon bosimi: homiladorlikni kechki davrida, bachadon hajmi kattalashishi natijasida ichaklarga bosim bo’ladi, bu esa ichaklardan axlatni harakatlanishida qiyinchilik tug’diradi.

Qo’shimcha ravishda ba’zan ichaklar harakatidan tashqari qabziyat kelib chiqishida shish, oshqozondagi noqulayliklar va qiyin, quruq, azob beruvchi axlat hosil bo’lishi ham sabab bo’lishi mumkin.

Buning natijasida shuningdek, axlatni to’liq chiqarolmaslik hissi ro’y beradi. Qabziyat, ayniqsa homiladorlik davri davomida ko’p noqulayliklarni keltirib chiqardi.

Homiladorlikda ich qotishni uy sharoitida davolash

Homiladorlik davomida ayolda tez-tez kelib chiqadigan qabziyatni yengillashtiradigan, xavfsiz uy sharoitida davolash usullari mavjud. Bular:

Tola: qo’shimcha tolalar olish yoki tolali ovqatlar ko’proq iste’mol qilish, shuningdek, mevalar,sabzavotlar va butun donalar iste’mol qilish axlat miqdorining oshishiga va ichaklarda massaning o’tishini osonlashishiga olib keladi. Katta yoshdagilar har kuni 28 va 34 gramm miqdorda tola iste’mol qilishlari kerak.

Suyuqlik: yetarli miqdorda suv ichish saqlangan axlatning yumshoq va oson o’tishida muhim hisoblanadi. Agar inson unga suv yordam bermayotganligini his qilsa, sho’rva, choy, va tabiiy shirin meva yoki sabzavot sharbatlarini o’z parhezlariga qo’shishlari mumkin.

Serharakatlilik: faol bo’lish ichaklardagi axlatning harakatiga yordam beradi, shifokorning roziligi bilan muntazam mashq qilish qabziyatni yengillashtirishga yordam beradi. Agarda mashq qlish imkoniyati bo’lmasa, har kuni piyoda yurishga harakat qiling.

Probiotiklar: ichaklarda millionlab sog’lom bakteriyalar yashaydi va uning to’g’ri ishlashiga yordam beradi. Probiotiklar ichaklardagi bakteriyalar bilan ularning sog’lom shtammlarini ko’payishiga yordam beradi, ichak harakatining noral va muntazam bo’lishida ishtirok etadi.

Foydali maqola: Homiladorlik kalendari va hisoblash kalkulyatori

Boshqa davolash usullari

Agar yuqoridagi uy sharoitida davolash usullari isg bermasa, shifokor bilan buning boshqa variantlarini muhokama qilish mumkin.*
Ayollar prenatal vitaminlarni qabul qilishi temir miqdorini oshirib yuboradi, bunda shifokorlar temir miqdori kam bo’lgan vitaminlarni tavsiya etishadi.
Homiladorlikdagi qabziyatni birlamchi tibbiy davolash usuli bu surgi dori vositalari, u bemorni hojatxonaga borishda ko’pgina qulayliklar va yengilliklarni yuzaga keltiradi.

Surgi vositalaridan foydalanish odatda xavfsizdir, biroq ogohlantiruvchi, kuchli surgi dori vositalardan o’zini chetga olish yaxshi chunki ular bachadon qisqarishlarini oshirib yuborishi mumkin.
Ko’pgina surgi vositalar retseptsiz sotilishiga qaramay, ulardan qaysi biri xavfsiz ekanligini shifokor bilan maslahatlashib foydalanish shart.

Homiladorlik davomida foydalanish mumkin bo’lgan ba’zi dorilar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tamiz.

Ayol homiladorlik davomida quyidagi xavfsiz surgi dori vositalaridan foydalanishi mumkin:

Massa hosil qiluvchi moddalar

Ular axlat tarkibiga tolaning qo’shilishi va ko’p miqdorda suv so’rilishiga yordam beradi. Bunday qilish orqali ular axlatni yumshoqroq va osonroq o’tishini ta’minlab qilib beradi.
Bunday surgi vositalarini turlari spazm va noqulayliklarga sabab bo’lishi mumkin, shuning uchun homilador ayol bunday vositalarni shifokor bilan maslahatlashgan holda ichishni kichik dozadan boshlashlari va ko’proq suv bilan ichishlari kerak.

Masalan, massa hosil qiluvchi moddalar pisellium, metilselluloza va polikarbofil moddalarini o’z ichiga oladi.

Najas yumshatuvchi vositalar

Najas yumshatuvchi vositalar axlatda suv yetarli bo’lishiga yordam beradi, bu uni yumshoq va o’tishini qulaylashtiradi.
Najas yumshatuvchi vositalar odatda homilador ayollarga retsept asosida shifokor tavsiyasi asosida beriladi.

Moyli surgi dori vositalari

Moyli surgi vositalar axlat yuzasiga silliq qoplama qo’shadi yoki ichak yo’lida qolgan axlatni tanadan tashqariga chiqishiga yordam beradi.
Gliserin shamchalari moyli surgi vositalarining bir turidir. Bu suppozitoriylarni ishlatishdan oldin, ayniqsa homiladorlida doimo sog’liqni saqlash mutaxassisi bilan maslahatlashish kerak.

Osmotik surgi vositalari

Bu surgi vositalari ichaklarda suv miqdorini oshirib, axlatni yumshoq bo’lishiga yordam beradi. Ular shuningdek ichak bo’ylab axlatni harakatini ta’minlaydi.
Surgi vositalarining bu turlari shuningdek, qorinda shish va spazmga sabab bo’lishi mumkin.

Ushbu maqolani ham o’qing: Homiladorlikda nimalar mumkin emas? Eng zararli 11 mahsulot

Homiladorlikda ich qotishi asoratlari

Ko’pgina holatlarda homiladorlikdagi qabziyat qisqa muddatli bo’lib, davolashsiz yoki minimal darajada o’tib ketadi. Kamdan-kam holatlarda uzoq davom etgan qabziyat og’ir holatlarni keltirib chiqarishi mumkin, bunday hollatlar yuz bermasidan turib, shifokor bilan maslahatlashish va zarur davo choralarini ko’rish lozim.
Surgi dori vositalaridan uzluksiz foydalanishda davom etish ichaklarning mustaqil axlat chiqarish tizimini “unutib” qo’yishiga sabab bo’lishi mumkin.

Bu dorilar shuningdek ba’zi odamlarda elektrolit va suyuqlik balansi muvozanatining buzilishiga sabab bo’ladi.
Bunday muammolar odatda, sog’ligida boshqa muammlari bo’lgan odamlarga ta’sir qiladi, masalan, qandli diabet yoki buyrak kasalliklarida.

Surgi vositalarning turlari va ularni qanchalik tez-tez qabul qilishi haqida shifokor bilan maslahatlashish shart.

Меню