Asosiy » Homiladorlik » Homiladorlikda nimalar mumkin emas? Eng zararli 11 mahsulot

Homiladorlikda nimalar mumkin emas? Eng zararli 11 mahsulot

Homiladorlikda nimalar mumkin emas

Ayollar homilador bo‘lgach yuzaga keladigan ilk savollaridan biri «Homiladorlikda nimalar mumkin emas? Qaysi mahsulotlar homilaga zarar keltiradi?» kabi bo‘ladi. Ushbu savollarga javob topib, ular yeyish mumkin bo‘lgan va bo‘lmagan mahsulotlar ro‘yxatini bilib olishlari lozim.

Yaxshiyamki, siz isteʼmol qilishingiz taʼqiqlangan narsalarga qaraganda yeyishingiz mumkin bo‘lgan mahsulotlar ko‘proqdir. Homiladorlikda o‘zingiz va rivojlanayotgan homilaning sog‘ligini saqlash uchun taomnomangizga diqqat bilan eʼtibor berishingiz lozim. Bunday mushkul ishda sizga haftalik tavsiyalari bilan «Lalu — Homiladorlik kalendari» mobil ilovasi yordam berishi mumkin.

Baʼzi oziq-ovqatlarni kam isteʼmol qilinishi kerak, boshqalaridan esa butunlay voz kechish shart bo‘ladi. Quyida homiladorlik vaqtida saqlanish yoki kamaytirish zarur bo‘lgan 11 ta oziq-ovqat va ichimliklar haqida maʼlumot berib o‘tamiz.

Chala pishirilgan, xom va qayta ishlangan go‘sht

Xom baliq bilan bog‘liq baʼzi bir muammolar pishmagan go‘shtga ham tegishli. Pishirilmagan yoki xom go‘shtni isteʼmol qilish toksoplazma, E. soli, listeriya va salmonella kabi bir qancha bakteriya yoki parazitlar yuqtirish xavfi oshadi.

Bakteriyalar kichkintoyning sog‘lig‘iga jiddiy tahdid solishi mumkin: og‘ir asab kasalliklari, shu jumladan intellektual nogironlik, ko‘rlik va epilepsiyaga olib kelish ehtimoli bor.

Ko‘pgina bakteriyalar go‘sht bo‘laklari yuzasida joylashgan bo‘lsa, boshqa bakteriyalar mushak tolalari ichida yashashi mumkin.

Qo‘zichoq va buzoq go‘shtidan olingan mayda bo‘laklar yoki qovurg‘a kabi go‘shtning to‘liq bo‘laklarini oxirigacha pishmagan holda isteʼmol qilish xavfsiz bo‘lishi mumkin. Biroq, faqat go‘sht bo‘lagi tashqi tomondan to‘liq pishganidagina qo‘llanilishi mumkin.

Go‘shtli piroglar, burgerlar, qiyma va parranda go‘shtlarini hech qachon xom yoki pishmagan holda isteʼmol qilmaslik kerak. Shuning uchun, burgerlarni yaxshi pishgunga qadar panjara ustiga qo‘ying.

Xot-doglar, kolbasa mahsulotlari, muzlatilgan yarim tayyor go‘shtlar ham qayta ishlash yoki saqlash paytida turli xil bakteriyalarni yuqtirishi mumkin.

Xom tuxum

Xom tuxum salmonella bakteriyasi bilan zararli bo‘lishi mumkin.

Salmonella infeksiyasining alomatlari orasida isitma chiqishi, ko‘ngil aynish, qusish, oshqozon spazmi va diareya mavjud. Kamdan-kam hollarda infeksiya bachadon spazmini keltirib chiqarishi mumkin, bu erta tug‘ilish yoki o‘lik tug‘ilishga olib keladi.

Xavfsiz bo‘lishi uchun har doim tuxumni yaxshilab pishiring yoki pasterizatsiya qilingan tuxumlardan foydalaning. Sarig‘i yaxshi pishmagan tuxum va uyda tayyorlangan mayonez kabi mahsulotlar isteʼmolidan to‘liq cheklaning.

Hayvonlar organlari

Hayvon organlari go‘shti turli xil ozuqa moddalarining ajoyib manbasi hisoblanadi.

Bularga temir, B12 vitamini, A vitamini, rux, selen va mis kiradi — bularning barchasi sizga va bolaga foydali.

Ammo homiladorlik paytida hayvonlarga asoslangan A vitaminini juda ko‘p qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Hayvon organlarini isteʼmoli orqali A vitaminini juda ko‘p qabul qilish, ayniqsa homiladorlikning birinchi trimestrida, tug‘ma nuqsonlar va homilaning tushishiga olib kelishi mumkin.

Yuqori simobli baliqlar

Simob juda zaharli element hisoblanadi. Taʼsir etuvchi manbaning xavfsiz darajasi maʼlum emas va u ko‘proq ifloslangan suvda uchraydi.

Simob asab, immunitet tizimi va buyraklari uchun zaharli bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, bu bolalarda jiddiy rivojlanish muammolarini keltirib chiqarishi, hatto kam miqdori ham salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

U iflos dengizlarda ko‘p uchraganligi sababli, yirik dengiz baliqlari tanalarida ko‘p miqdorda simob to‘playdi. Shuning uchun, homiladorlik paytida va emizishda yuqori miqdordagi simobli baliqlardan saqlanish shart.

Siz umuman isteʼmoldan chiqarishingiz lozim bo‘lgan tanasida yuqori simobli baliq turlarga quyidagilar kiradi:

  • akula;
  • qilich-baliq;
  • qirmizi skumbriya;
  • orkinos (ayniqsa katta tuna);
  • marlin;
  • Meksika ko‘rfazidan plitka baliqlari.

Muhimi shundaki, bizning mamlakatda bu kabi baliq turlari yo‘q. Biroq turli yemakxonalarda ushbu baliq turlari taklif qilinmoqda.

Shuni taʼkidlash kerakki, barcha baliqlar ham zararli emas.

FDA tashkiloti taʼkidlashiga ko‘ra, homiladorlik paytida kam simobli baliqlarni isteʼmol qilish foydali va bu baliqlarni haftasiga uch martagacha isteʼmol qilish mumkin.

Kam simobli baliqlar juda ko‘p va quyida baʼzilarini sanab o‘tamiz:

  • treska;
  • qalqonbaliq;
  • losos (go‘shti qizil baliq);
  • tilapiya;
  • forel.

Ayniqsa, losos kabi yog‘li baliqlar isteʼmol uchun yaxshi variantdir, chunki ular tarkibida bolangiz uchun muhim bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotalari ko‘p.

Chala pishgan yoki xom baliq

Bu sushi muxlislari uchun qiyin bo‘ladi, ammo bu juda muhim. Xom baliqlar, ayniqsa, qisqichbaqasimonlar bir nechta infeksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Ular oqibatida norovirus, vibrio, salmonella va listeriya kabi virusli, bakterial yoki parazitar infeksiyalar yuzaga kelishi mumkin.

Ushbu infeksiyalar taʼsir qilishi oqibatida ona organizmida suvsizlanish va quvvatsizlikni keltirib chiqaradi. Baʼzi infeksiyalar esa, bola rivojiga salbiy taʼsir etib, hattoki o‘limga olib keladigan holatlarga olib kelishi mumkin.

Homilador ayollar, ayniqsa, listeriya infeksiyasiga moyil hisoblanishadi. Darhaqiqat, CDC markazining maʼlumotlariga ko‘ra, homilador ayollarda listeriya yuqtirish ehimolligi aholining boshqa qismiga nisbatan 10 baravar yuqori ekan.

Ushbu bakteriyalar tuproqda va ifloslangan suvda, o‘simliklarda bo‘lishi mumkin. Xom baliqlar qayta ishlanayotgan paytda, shu jumladan dudlanish yoki quritish paytida ham bakteriya yuqishi mumkin.

Listeriya bakteriyalari yo‘ldosh orqali homilaga ham yuqishi mumkin. Bu esa, muddatidan oldin tug‘ilish, homila tushishi, homila nobud bo‘lishiga va boshqa jiddiy muammolariga olib kelishi mumkin.

Bu, albatta, sushi taomlarini, shu jumladan, xom baliq va qisqichbaqasimon baliqlar isteʼmolidan qochish tavsiya etiladi. Agar ushbu mahsulotlar muxlisi bo‘lsangiz, xavotir olmang bola tug‘ilgandan keyin oilaviy shifokoringiz bilan maslahatlashib, ushbu mahsulotlarni isteʼmol qilishingiz mumkin.

Kofein

Siz kofe, choy, alkogolsiz ichimliklar yoki kakaoni yaxshi ko‘radigan millionlab odamlardan biri bo‘lishingiz mumkin. Kofeinga bo‘lgan muhabbat haqida gap ketganda, albatta siz yolg‘iz emassiz. Biroq homiladorlik vaqtida ularning isteʼmolini kamaytirishingiz maqsadga muvofiqdir.

Amerika akusherlik va ginekologlar kolleji maʼlumotlariga ko‘ra, odatda homiladorlarga kofeinni kuniga 200 milligramm (mg) dan kam miqdorda isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

Kofein juda tez singadi va platsentaga osonlikcha o‘tadi. Chaqaloqlar va ularning platsentalarida kofein metabolizmi uchun zarur bo‘lgan asosiy ferment mavjud emasligi sababli, yuqori darajadagi birikmalar paydo bo‘lishi mumkin.

Homiladorlik paytida kofeinni yuqori darajada isteʼmol qilish homila o‘sishini cheklashi va tug‘ilish paytida kam vazn bilan tug‘ilish xavfini oshirishi isbotlangan.

Tug‘ilishning past vazni 2,5 kg dan kam bo‘lsa, go‘dak o‘limiga yoki ulg‘ayganida surunkali kasalliklar paydo bo‘lishi kabi xavfning oshishiga olib keladi.

Shunday qilib, bolada kofein miqdori ko‘paymasligi uchun kunlik kofe va gazli ichimlik isteʼmolini maksimal darajada kamaytirishingiz lozim.

Xom novdalar

Sog‘liqqa foydali deb tanlagan salatingiz ham zararli tarkibiy qismlardan xoli bo‘lmasligi mumkin. Xom o‘simliklar, shu jumladan ko‘katlar, ismaloq, rediska va mosh yoki loviya kabi mahsulotlar salmonella bilan zararlangan bo‘lishi mumkin.

Urug‘larni unib chiqishi uchun zarur bo‘lgan nam muhit bu turdagi bakteriyalar uchun ayni muddao va ularni ushbu bosqichda yo‘qotishning deyarli imkoni yo‘q.

Shu sababli sizga bunday mahsulotlardan butunlay voz kechish tavsiya etiladi. Bunday ko‘katli mahsulotlar ovqatda, yog‘da yaxshi pishganidan keyin ularni isteʼmol qilish xavfsizdir.

Yuvilmagan mahsulot

Yuvilmagan yoki tozalanmagan meva va sabzavotlarning yuzasi bir nechta bakteriya va parazitlar bilan ifloslangan bo‘lishi mumkin.

Bularga toksoplazma, E. soli, salmonella va listeriya kiradi, ular tuproqdan yoki ishlov berish vaqtida yuqtirilishi mumkin.

Bakteriya yuqishi har qanday vaqtda: ishlab chiqarish, yig‘ish, qayta ishlash, saqlash, tashish yoki chakana savdo paytida yuz berishi mumkin. Meva va sabzavotlarda qolishi mumkin bo‘lgan xavfli parazitlardan biri toksoplazma deb ataladi.

Toksoplazma bilan kasallangan odamlarning ko‘pchiligida hech qanday alomat sezilmasligi, biroq ayrimlar o‘zlarini bir oy yoki undan ko‘proq vaqt davomida grippga chalingandek his qilishlari mumkin.

Toksoplazma bakteriyalarini yuqtirgan ko‘pchilik chaqaloqlarda tug‘ilish paytida hech qanday alomat bo‘lmaydi. Biroq, ko‘rlik yoki intellektual nogironlik kabi alomatlar chaqaloq hayotida keyinchalik rivojlanishi mumkin.

Homiladorlikda, meva va sabzavotlarni suv bilan yaxshilab yuvish, tozalash yoki bug‘da pishirish orqali infeksiyalarni yuqtirish xavfini kamaytirish juda muhimdir. Chaqaloq tug‘ilganidan keyin ham buni odat qilib olishingiz lozim.

Pasterizatsiya qilinmagan sut, pishloq va meva sharbati

Xom sut, pasterizatsiya qilinmagan pishloq va yumshoq pishloqlarda listeriya, salmonella, E. soli va Campylobacter kabi zararli bakteriyalar mavjud.

Xuddi shu narsa qaynatilmagan sharbatga ham tegishli bo‘lib, u ham bakterial ifloslanishga juda moyil. Ushbu infeksiyalarning barchasi tug‘ilmagan chaqaloq hayoti uchun xavfli oqibatlar olib kelishi mumkin.

Bakteriyalar tabiiy ravishda paydo bo‘lishi yoki yig‘ish, saqlash paytida ifloslanishidan kelib chiqishi mumkin. Pasterizatsiya mahsulotlarning ozuqaviy qiymatini o‘zgartirmasdan zararli bakteriyalarni yo‘q qilishning eng samarali usuli hisoblanadi.

Yuqtirish xavfini minimallashtirish uchun faqat pasterizatsiyalangan sut, pishloq va meva sharbatini isteʼmol qiling.

Spirtli ichimliklar

Homiladorlikda spirtli ichimliklar ichishdan butunlay voz kechish shart, chunki bu homilaning tushishi va o‘lik tug‘ilish xavfini oshiradi. Hatto ozgina miqdori ham chaqalog‘ingizning miya rivojlanishiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

Homiladorlik paytida spirtli ichimliklar ichish homilaning alkogol sindromini keltirib chiqarishi mumkin, bu yuzning deformatsiyalari, yurak nuqsonlari va intellektual nogironlik rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Qayta ishlangan zararli ovqatlar

Sizga ham, o‘sayotgan kichkintoyingizga ham yordam berish uchun vitamin va minerallarga boy ovqatlarni isteʼmol qilish lozim.

Aytgancha, homiladorlikda ayol “ikki kishili uchun ovqat yeyishi kerak” degan gap ham bir cho‘pchak. Siz birinchi semestrda odatdagidek, keyin ikkinchi trimestrda kuniga 350 kaloriya va uchinchi trimestrda kuniga taxminan 450 kaloriyaga ko‘payitirib, mos ravsihda ovqatlanishingiz mumkin.

Homiladorlikning optimal ovqatlanish rejasi asosan to‘liq oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bo‘lishi kerak, bu sizning va chaqaloqning ehtiyojlarini qondirish lozim. Qayta ishlangan oziq-ovqatlar, odatda, mineral va vitaminlarni o‘z ichiga to‘liq qamrab olmagan. Shuningdek, baʼzida ular yog‘ va shakarlarga boy bo‘lib, ular sizga zararli taʼsir etib, ortiqcha vazn yig‘ishingizga taʼsir etishi mumkin.

Homiladorlik paytida ortiqcha vazn ortishi ko‘plab asoratlar va kasalliklarga sabab bo‘ladi. Bularga homiladorlik qandli diabeti xavfining ko‘payishi, shuningdek homiladorlik yoki tug‘ilishning baʼzi asoratlari kiradi.

Proteinga boy mahsulotlar va yengil tamaddilar ko‘proq taomnomangizdan joy olsin. Sabzavotlar, mevalar va dukkakli mahsulotlar (mosh, no‘xat, loviya) shular jumlasidandir. Albatta, ularni isteʼmol qilishdan avval yaxshilab tozalash lozim.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, homiladorlik davrida sog‘likni nazorat qilib borish muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan ham siz va bolangizga xavf tug‘diradigan oziq-ovqat hamda ichimliklardan saqlanish juda muhimdir.

Garchi ko‘pchilik ovqatlar va ichimliklar isteʼmol uchun mutlaqo xavfsiz bo‘lsada, baʼzilari, masalan, xom baliq, pasterizatsiya qilinmagan sut mahsulotlari, alkogol va yuqori simobli baliqlardan saqlanish lozim.

Qolaversa, kofe va shakar miqdori ko‘p bo‘lgan baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar sog‘lom homiladorlikni davom ettirish uchun cheklanishi zarur.

Ushbu maqola orqali «Homiladorlikda nimalar mumkin emas?», degan savolingizga javob topdingiz, deb o‘ylaymiz.

Agar homiladorlik borasida ko‘proq foydali maʼlumotlarni olishni istasangiz, loyihamizning “Homiladorlik” bo‘limini kuzatib boring hamda mobil ilovamizni telefoningizga o‘rnatib oling.

Tavsiya etilgan maqolalar: Homiladorlikda bel og’rishi – sabablari va bartaraf qilish usullari

Меню