Рубрики
Salomatlik

Homilador ayol uchun foydali sabzavotlar


Mobil ilovani yuklab oling

Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.


Homilador ayollarga iste’mol qilishi tavsiya etilmaydigan oziq-ovqatlar ro‘yxati bir qarashda cheksiz. Jumladan, dudlangan go‘sht, ba’zi dengiz mahsulotlari va hatto kofeinli mahsulotlar bilan bir muddat xayrlashish kerak bo’ladi. Siz iste’mol qilgan narsalaringiz farzandingizni rivojlanishi va o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun etiyotkorlik va tanlab iste’mol qilish hech qachon zarar qilmaydi.

Homiladorlikda sabzavotlarni to‘g‘ri iste’mol qilish chaqaloqqa ona qornida ekanligida va tug‘ilgandan keyin ham rivojlanishiga yordam beradigan muhim vitaminlar va minerallar bilan ta’minlashi mumkin. Ammo ba’zi sabzavotlar homiladorlikda xavfli bo‘lishi ham mumkin.

Homiladorlikda eng yaxshi sabzavotlar, shuningdek, qaysi sabzavotlardan iste’mol qilmaslik kerakligi haqida ushbu maqola orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Foydali maqola: Homiladorlikda nimalar mumkin emas?

Homiladorlikda sabzavot foydalari

Homiladorlikdagi eng yaxshi sabzavotlar ko‘p miqdorda oziq moddalarini bera oladi. To‘g‘ri vaqtda, yetarli miqdorda ovqatlanish to‘g‘ri ovqatlanishning asosini tashkil etadi. Sog‘lom ovqatlanish oziq moddalar yetishmasligi va homiladorlikdagi qandli diabetni oldini olishga yordam beradi.
To‘g‘ri ovqatlanishning foydalari:

  • sog‘lom vaznni saqlash;
  • me’yoriy qon bosimi;
  • anemiya rivojlanishi xavfini kamayishi;
  • ich ketishi va ich qotishi kabi oshqozon-ichak kasalliklari profilaktikasi;
  • chaqaloqning yetarli vaznda tug‘ilishi.

Ba’zi muhim ozuqaviy moddalar quyidagilardan iborat:

  • betta karotin — chaqaloqning immunitet tizimiga, ko‘rish qobiliyati va hujayralar rivojlanishiga foydali;
  • C vitamini — sog‘lom to‘qimalarning rivojlanishi, tishlar va suyaklar uchun foydali;
  • foliy kislotasi — sog‘lom vazn uchun va asab tizimi nuqsonlarining oldini olish uchun muhim;
  • kaliy — qon bosimini tartibga solish uchun muhim.

Sabzavotlarni iste’mol qilish homiladorlikda va undan keyin farzandingizni salomatligi uchun o’ta muhim ahamiyatga ega.

Homiladorlar uchun foydali sabzavotlar

Homiladorlikda iste’mol qilish uchun eng yaxshi sabzavotlar quyidagilar:

  • yozgi va qishki qovoq — oqsil, foliy kislotasi va A, C, K vitaminlarning manbasi;
  • sarsabil — A, C, E va K vitaminlari, shuningdek, klechatka va foliy kislotasi mavjud;
  • pomidor- C va K vitaminlari va biotin moddasi manbai;
  • lavlagi — immunitet tizimini yaxshilashda foydali bo‘lgan klechatkaning tabiiy manbai;
  • kartoshka — A, B va C vitaminlarga boy;
  • bulg‘or qalampiri- klechatka manbai;
  • shivit — E vitamin, oqsil va vitamin B2 ( riboflavinning) tabiiy manbai;
  • brokkoli – klechatka asosiy manbai, shuningdek, kaliy va C va K vitaminlariga boy;
  • ismaloq, ko‘katlar, karam bargi, foliy kislotasi va karationoidlarning manbai.

Shifokor ko‘rigiga borganingizda siz va tug‘ilajak chaqalog‘ingiz uchun foydali bo‘lgan boshqa sabzavotlarni ham so’rab bilib olishingiz mumkin.

Sabzavotlar va ko‘katlar yaxshi pishirilganidan keyin ularni isteʼmol qilish xavfsiz hisoblanadi.
Va homilador ayol bunga doimo ahamiyat berishi shart!

Homiladorlikda mumkin bo’lmagan sabzavotlar

Homiladorlikda iste’mol qilish kerak bo‘lmagan ba’zi bir sabzavot turlari ham mavjud. Bu kabi sabzavotlarning barchasi chaqalog‘ingizga zararli bo‘lgan bakteriyalarni keltirib chiqarish xavfini oshirishi mumkin:

  • xom karam, mosh;
  • yuvilmagan har qanday sabzavot;
  • xom turp, rediska;
  • tayyor salat aralashmalari.

Qancha sabzavot iste’mol qilish kerak?

Har doimgidan ko‘ra ko‘proq ochlik hissi tabiiy, chunki sizda ovqatlanishga ehtiyoj nisbatan yuqori. Ko‘pincha homiladorlikda kamroq va tez-tez ovqatlanish tavsiya etiladi. Sizda ovqat hazm qilish bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin. Kam va tez-tez ovqatlanish bu muammolar ehtimolini kamaytiradi.

Homilador ayol kuniga 300 gramm (to’rt portsiya) yoki undan ko’p xom yoki pishirilgan sabzavot iste’mol qilishi tavsiya etiladi.

Taomnomaga sabzavotlarni qanday kiritish kerak?

Sabzavotlarni tayyorlashda siz ko‘rib chiqishingiz mumkin bo‘lgan qiziqarli usullari bor. Sabzavotlarni kashnich, rayhon kabi tabiiy ziravorlar bilan qovurish ularni yanada mazali qiladi. Yaxshilab tozalangan sabzavotlarni kesib, maydalab va pishirib iste’mol qiling.

Agar unchalik xushlamaydigan sabzavotni iste’mol qilishga harakat qilayotgan bo‘lsangiz ularni iste’mol qilish uchun boshqa sabzavotlar bilan qo’shib pishirishingiz mumkin.

Ushbu maqola allaboutwomenmd.com va www.webmd.com ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.

Добавить комментарий

error: Saytdan maʼlumot ko‘chirish mumkin emas!