Lalu
Qanday ishlaydi Funksiyalari Kalkulyatorlar Tug‘ilish sanasi Ovulyatsiya Haftalar → oylar XGCH Maqolalar Savol-javob
Kasalliklar

Homiladorlikda infeksiyalar: eng xavfli infeksiyalar va ulardan himoyalanish usullari

Homiladorlik paytida bo'lajak ona infeksiyalarni yuqtirish ehtimoli va ularning homila rivojlanishiga qanday ta'sir qilishi mumkinligi haqida odatdagidan ko'proq qayg'uradilar. Ushbu maqolamiz orqali siz bilan homiladorlikda tez-tez uchraydigan infeksiyalar, ularning…

homiladorlikda infeksiyalar

Homiladorlik paytida bo’lajak ona infeksiyalarni yuqtirish ehtimoli va ularning homila rivojlanishiga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida odatdagidan ko’proq qayg’uradilar. Ushbu maqolamiz orqali siz bilan homiladorlikda tez-tez uchraydigan infeksiyalar, ularning bolaga qanday ta’sir qilishi va infeksiyalar rivojlanishining oldini olish usullarini ko’rib chiqamiz.

Homiladorlik har bir ayolning hayotidagi eng go’zal davrlardan biri bo’lishi bilan birgalikda, uning eng himoyasiz davri ham hisoblanadi. Shuning uchun, ayolda biror infeksion kasallik aniqlansayu, davo choralari ko’rilmasa, uning jiddiy asoratlari paydo bo’lishi mumkin. Homilador ayollarning doimiy ravishda mutaxassislar nazoratida bo’lishining shartligi ham bejizga emas.

Homiladorlikda zamburug’ infeksiyalar

Zamburug’ infeksiyalari (Candida) boshqa vaginal infektsiyalar singari, homiladorlik paytida tez-tez uchraydi. Bu vaqtda organizmda sodir bo’ladigan gormonal o’zgarishlar va immunitetning umumiy pasayishi ularning rivojlanishining asosiy sababidir. 

Ushbu infeksiyasining eng keng tarqalgan belgilari jinsiy a’zolarda qichishish, oq, tvorogga o’xshash vaginal ajralma, kichik hojatda og’riq yoki noqulaylik, qindan achigan pivo kabi hid kelishi, qin atrofida og’riq yoki achishish hissi kabilar hisoblanadi.

Yuqumlik kasallik homilador ayolga aniqlansa, albatta shifokor bilan maslahatlashib davolash chorasini ko’rish shart.

Homiladorlikda infeksiyalar: Bakterial vaginoz

Hozirgi kunda bu infeksiyani davolash oson. U quyidagi alomatlar bilan birga keladi:

Bakterial vaginozni davolash kerak. Aks holda, homila erta tug’ilishiga olib kelishi mumkin.

Homiladorlik muammosi: Homiladorlik xolestazi kasalligi

B guruh streptokokklari

Kasallik ko’pincha to’g’ri ichakda va qinda joylashgan bakteriyalar guruhi tomonidan qo’zg’atiladi. Ular o’ziga xos simptomlar bilan yuzaga chiqmasligi mumkin. Biroq xavf ona tomonidan homilaga infeksiyaning o’tish ehtimoli bilan bog’liq va bu ko’plab kutilmagan xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin, jumladan yangi tug’ilgan chaqaloqning nobud bo’lishiga ham sabab bo’lishi mumkin.

Bachadon infektsiyalari

Bunday infektsiyalar to’g’ridan-to’g’ri yo’ldoshga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ayol vaqtidan erta tug’ishi yoki homila turli anomaliyalarga duch kelishi mumkin. 

Bachadon infeksiyalari ko’pincha qindan bakteriyalar bachadonga o’tganda rivojlanadi, shuning uchun davolanmagan qin infeksiyalari bachadon infeksiyalari uchun xavf omilidir.

Qindan bachadonga infeksiyaning kirib kelishini oldini olishning iloji yo’qligini har bir homilador ayol tushunishi juda ham muhim. Agar homilador ayolda vaginal infeksiyalar aniqlansa, albatta to’liq davolanish amalga oshirilishi shart. 

Ushbu holatda ayolni kasalxonaga yotqizish kerak bo’lishi mumkin, lekin ko’pincha davolanish ambulatoriya sharoitida antibiotiklar kursi, mikroflorani tiklovchi dorilar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi.

Boshqa infeksiyalar

Homiladorlik paytida quyidagi infektsiyalar ham xavflidir:

Infeksiyalarni davolash uchun buyurilgan barcha dorilar homilador ayollar uchun xavfsiz emas. Shuning uchun, homiladorlikda u yoki bu holatda qaysi dorini tanlash va davolash usulini aniqlash kabi har qanday masalada ham shifokor bilan maslahatlashish muhim ahamiyatga ega.

Tegishli maqola: Homiladorlikda isitma chiqishi — sabablari, xavfi va isitmani tushirish usullari

Ona infeksiyalarining homilaga ta’siri

Ko’p infeksiyalar homila rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Buning oqibatlari qanchalik jiddiy bo’lishini oldindan aytish mushkul, chunki har bir organizm individualdir. Ba’zi kasalliklar onaning tanasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi, boshqalari bolada turli anormalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Abort qilish va erta tug’ilish kabi xavfli oqibatlarga olib keladigan infeksiya turlari ham mavjud.

Ona vujudida rivojlanayotgan homila uchun quyidagi infeksiyalar eng xavfli hisoblanadi:

Boshqa infektsiyalar ham homilaga zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun barcha homilador ayollarda bezovtaliklar mavjudligini aniqlash va o’z vaqtida samarali hamda xavfsiz davolanishni tayinlash uchun keng qamrovli tekshiruvlar tayinlanadi.

Bu jarayonda homilador ayolning ham o’zi ma’suliyatni his qilgan holda homiladorlikdagi o’zgarishlarga befarq qaramasligi, har qanday noodatiy o’zgarish kuzatilganda mutaxassis bilan maslahatlashishi lozim. Shuningdek homiladorlikdagi normal o’zgarishlarni kuzatib borish ham ayolga patologik o’zgarishlarni tezda payqash imkonini beradi.

Homiladorlikdagi normal o’zgarishlarni kuzatib borish uchun esa, «Lalu – Homiladorlik kalendari» singari foydali va ishonchli mobil ilovalardan foydalaning.

Homiladorlikda infeksiyalar diagnostikasi

Homilador ayolda barcha turdagi infeksiyalarni aniqlash uchun unga keng qamrovli tekshiruv, antikor borligi uchun venadan qon tekshiruvi va qindan surtma tayinlanadi. Ushbu yondashuv klinik ko’rinishni obyektiv baholash, barcha muammolarni o’rganish va zarur choralarni ko’rish imkoniyatini beradi.

Oldini olish

Amerika pediatriya akademiyasi homiladorlikda infeksiyalar xavfini kamaytirish hamda oldini olish uchun ba’zi strategiyalarni taqdim etadi:

Foydali maqola: Homiladorlikda nimalar mumkin emas? Eng zararli 11 mahsulot

Fertil davringizni hozir aniqlang

Oxirgi hayzingiz va hayz davri uzunligini kiriting — bepul kalkulyator sizning olti kuningizni aniqlab beradi.

Ulashish
👩‍⚕️

admin

Lalu tibbiy taqrizchisi

Hayz davri, homiladorlik va chaqaloq haqidagi kontentimizni yozadigan va tekshiradigan Lalu klinik jamoasining a’zosi.

Davomini o‘qing

Barcha maqolalar
Kasalliklar chaqaloqni ovutish kolika

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki 6 haftaligida eng koʻp kuzatiladi. Odatda 3-4 oylik vaqtida…

Kasalliklar homiladorlikda qon bosimi oshishi

Homiladorlikda qon bosimi oshishi – turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga ko’proq ta’sir etadi. Agar u davolanmasa, kasallik o’zining va…

Kasalliklar homiladorlikda siydikda qon

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko’plab o’zgarishlar kuzatiladi. Bu o’zgarishlarni me’yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador ayoldan ma’suliyat, shifokordan esa, bilim va malaka talab qiladi.…