Lalu
Qanday ishlaydi Funksiyalari Kalkulyatorlar Tug‘ilish sanasi Ovulyatsiya Haftalar → oylar XGCH Maqolalar Savol-javob
Salomatlik

Homiladorlik belgilari: ilk va ikkilamchi alomatlari

Inson tuzilishi turlicha boʻlgani kabi unda kechadigan jarayonlar, shu jumladan homiladorlik belgilari ham har bir ayolda turlicha boʻladi. Homiladorlikni orzu qilib yashayotgan ayol bu alomatlarni bilib, oʻzida tezroq…

Homiladorlik belgilari

Inson tuzilishi turlicha boʻlgani kabi unda kechadigan jarayonlar, shu jumladan homiladorlik belgilari ham har bir ayolda turlicha boʻladi. Homiladorlikni orzu qilib yashayotgan ayol bu alomatlarni bilib, oʻzida tezroq his etishni istaydi. Axir homiladorlik bu juda ajoyib va oʻzgacha, takrorlanmas bir davr-ku? Shunday emasmi?

Homiladorlik belgilari, alomatlari — uning qanday namoyon boʻlishi hamma ayollarda biroz yoki tubdan farq qilishi mumkin. Baʼzi ayollarda homiladorlikni koʻrsatadigan dastlabki belgilar mavjud boʻlsa, boshqalari oʻzlarining sogʻligʻida oʻzgarish sezmaydilar.

Quyida homiladorlikning dastlabki belgilari haqida maʼlumot berib oʻtamiz. Agar ushbu belgilarni oʻzingizda sezsangiz, hududiy shifoxonangizda tekshiruvdan oʻtib, homiladorlik tasdiqlansa, homilador sifatida roʻyxatga yoziling.
Hamda bizning “Lalu — Homiladorlik maktabi”mizga qoʻshiling. Buning uchun Google Play ilovalar doʻkonidan mobil ilovamizni bepul yuklab oling.  Va homiladorlikning butun muddatini moʻjizali homiladorlik kalendari orqali kuzatib boring!

“Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasi orqali homiladorlik davri davomida siz va homilangizdagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, homila rivojlanishi aks ettirilgan rasmlar hamda oʻlchamlar bilan tanishish, boʻlajak farzandingizga ism tanlash, boshqa homilador ayollar bilan fikr va tajriba almashish kabi foydali imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin.

​Homiladorlikning ilk alomatlari

Tuxum hujayra urugʻlangandan keyin ayol organizmida qator gormonal oʻzgarishlar kuzatiladi. Quyida organizmdagi gormonal oʻzgarishlar fonida yuzaga kelayotgan tanangizdagi oʻziga xosliklar haqida suhbatlashamiz. Albatta homiladorlikni tasdiqlash uchun qonda XGCH miqdorini aniqlash, ultratovush tekshiruvi (UTT) kabi tekshiruvlardan oʻtish kerak boʻladi.

Hayz boʻlmasligi va oz miqdorda qonli ajralmalar

Ayol tuxumdoni urugʻlangandan soʻng bachadonga joylashishni boshlaydi. Bu jarayon implantatsiya deb ataladi. Aynan shu davrda (odatda 1-2 kun) qindan oz miqdorda qonli ajralma kuzatilishi mumkin. Ular hayz davomidagi ajralmalardan rangi, davomiyligi va miqdori bilan tubdan farq qiladi. Rangi ochroq, davomiyligi qisqaroq va miqdori juda oz boʻladi. Bu vaqtda hayz kelishi kuzatilmaydi.

Biroq hayzning kechikishiga ishonchli belgi sifatida qaralmasligi kerak, chunki hayz koʻrishning yoʻqligi koʻpincha reproduktiv tizim kasalliklari, stress va gormonal patologik oʻzgarishlar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. 

Hayz kunlarining cho‘zilishiga homiladorlikdan tashqari yana qanday omillar sabab bo‘lishi haqida mana bu maqola orqali maʼlumot olishingiz mumkin: Hayz kechikishi sabablari

Homiladorlik belgilari: Sut bezlarining kattalashishi va ogʻriqli boʻlishi

Homiladorlik yuzaga kelganda ayol organizmida juda koʻp gormonal oʻzgarishlar yuzaga keladi. Sut bezlari esa, gormonal oʻzgarishlarga juda sezuvchan boʻladi. Homiladorlikning ilk kunlarida bezlar kattalashgan, soʻrgʻichlar ogʻriqli boʻladi. Lekin koʻkrakning kattalashishi homiladorlikka qarshi ichiladigan gormonal dori vositalari tufayli ham vujudga kelishi mumkinligini ham yoddan chiqarmaslik darkor.

Shuningdek, homilador ayolning ko’krak bezlarida butun homiladorlik davri davomida o’ziga xos o’zgarishlar bo’ladi. O’zgarishlar homiladorlikning ilk belgilari sifatida namoyon bo’lishdan boshlab, toki tug’ruqqa qadar yangi tug’ilajak chaqaloqni to’laqonli ozuqa bilan ta’minlash darajasiga yetgunga qadar davom etadi.
Homiladorlikda ko’krakdagi o’zgarishlar haqida mana bu maqola orqali ko’proq ma’lumot olishingiz mumkin: Homiladorlikda ko’krakdagi o’zgarishlar

Homiladorlik belgilari: Charchoq va uyquchanlik

Besabab charchov, tez holdan toyish ham homiladorlikning ilk alomatlaridandir. Baʼzilar yigʻloqi boʻlib qolishi ham koʻp uchraydigan holat. Bu belgi koʻpincha birinchi homiladorlikda yuzaga keladi.

Organizmdagi modda almashinuvi jarayonlarining kuchayishi va tezlashishi charchoq hissi, uyquchanlik hamda hordiq olish istagi paydo boʻlishiga olib keladi. Qizig’i shundaki, birinchi trimestrdagi uyquchanlik bora-bora, ko’pincha ikkinchi va uchinchi trimestrlarda uyqusizlik bilan almashadi.

Muhim: Homiladorlik davridagi spazm (tomir tortishishi) holatlari

Koʻngil aynishi

Koʻngil aynishi yoki ertalabki toksikoz paydo boʻlishi koʻpincha homilaning 5-6 haftaligidan boshlanadi, baʼzi ayollarda esa ushbu simptom urugʻlangan soʻng, yaʼni 2-3 haftalarda ham kuzatilishi mumkin. Shuni yodda saqlash zarurki, koʻngil aynishiga oshqozon ichak trakti, yurak-qon tomir va markaziy asab tizimi kasalliklari ham sabab boʻlishi mumkin.

Homiladorlikda toksikoz haqida ushbu maqola orqali ko’proq ma’lumot olishingiz mumkin: Homiladorlikda toksikoz va uni uy sharoitida yengillashtirish usullari

Peshob ajratishning ko’payishi

Homiladorlikning dastlabki belgisi sifatida ayolda odatdagidan ko’ra tez-tez kichik hojatga ehtiyoj yuzaga kelishini kuzatish mumkin. Homiladorlik paytida tanadagi qon miqdori ortib boradi, bu homilador ayolning buyraklariga tushadigan qo’shimcha suyuqlikni qayta ishlashga olib keladi. Bu esa, o’z-o’zidan peshob ajralishining oshishishiga sabab bo’ladi.*
Peshob ajrtatishning ko’payishiga ham ba’zida boshqa muammolar, jumladan siydik yo’llari infeksiyasi, qandli diabet, diuretiklar qabul qilish sabab bo’lishini yodda saqlash lozim.

Homiladorlik belgilari – ikkilamchi alomatlar

Agar sizda homiladorlikning dastlabki alomatlari sezilib, lekin homiladorlik testi manfiy natija ko‘rsatayotgan bo‘lsa, siz biroz shoshilgan bo‘lishingiz mumkin. Bir necha kundan so‘ng testni qayta qilib ko‘ring. Ikki-uch haftadan so‘ng ham test manfiy chiqsa, hayz kelmayotganligi sababini shifokorga uchrab aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Homiladorligingiz tasdiqlansa, yuqorida aytganimizdek
“Lalu” mobil ilovasini mobil telefoningizga oʻrnatib oling. Va sogʻlom farzand dunyoga keltirish kabi masʼuliyatli vazifani osonroq ado eting.

Mobil ilovani ushbu link orqali yuklab olishingiz mumkin: https://bit.ly/lalu-app

Fertil davringizni hozir aniqlang

Oxirgi hayzingiz va hayz davri uzunligini kiriting — bepul kalkulyator sizning olti kuningizni aniqlab beradi.

Ulashish
👩‍⚕️

admin

Lalu tibbiy taqrizchisi

Hayz davri, homiladorlik va chaqaloq haqidagi kontentimizni yozadigan va tekshiradigan Lalu klinik jamoasining a’zosi.

Davomini o‘qing

Barcha maqolalar
Salomatlik chaqaloq qayt qilishi

Chaqaloq qusishi – sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko’pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta bu muammo bo’layotganligini ko’rishingiz mumkin. Odatda, chaqaloq qusishi davolash…

Salomatlik molchnitsa

Og’iz bo’shligi kandidozi – molochnitsa

Kandida zamburug’i kasallik keltirib chiqaruvchi zamburug’ infeksiyalarning bir turi hisoblanadi. Og’iz bo’shlig’i kandidozi (molochnitsa) deb nomlangan bu zamburug’ turi og’izda paydo bo’ladi va ichki…

Salomatlik homiladorlikda varikoz

Varikoz venalarining tug’ruqdan keyingi holati

Homiladorlikda varikoz venalar asosan homilador ayollarning oyoq qismlarida paydo boʻladi. Venalar kengayishi natijasida shishlar hosil bo’ladi. Natijada qichishishi, baʼzida esa ogʻriq paydo bo’lishi mumkin…