Koʻpchilik boʻlajak onalar homiladorlik davri davomida bir necha marta yengil ogʻriqlarni, tomir tortishishi kabi boshdan kechirishadi. Chaqaloq kattalashib rivojlangani sari har kuni tanada oʻzgarishlar kuzatiladi, umuman olganda chaqaloqni 9 oy mobaynida koʻtarib yurish ham oson ish emas.
Tomir tortishishi holatlari homiladorlik davrida kuzatiladigan odatiy belgilardan biri boʻlishi mumkin. Agar ayol ma’lumotga ega boʻlsa, organizmida qaysi ogʻriq nima sababdan paydo boʻlayotganini osongina bilishi mumkin.
Tomir tortishishi paydo boʻlish bosqichlari
Birinchi va ikkinchi 3 oylik davomida butun tana chaqaloq uchun qulay muhit hosil qilish bilan band boʻladi. Bu vaqt davomida bachadon mushaklari choʻzilib, kengayishni boshlaydi. Muskullarning kengayishi oshqozonning ikkala tomonida tortishish hissi paydo boʻlishiga sabab bo’ladi. Homiladorlik davri endi boshlanganida hayz koʻrgandagi kabi ogʻriqlarni ham his qilish mumkin.
Sabablari
Homiladorlikning ilk davrida ayollarda odatda ich qotishi (qabziyat) kuzatiladi bu ham tomir tortishishiga sabab boʻlishi mumkin. Shuningdek, odatiy kunlik mashqlarni bajarishda ham tomirlar tez-tez tortishib qolishi mumkin.
Infeksiya
Zamburug’ infeksiyalari yoki siydik yoʻllari infeksiyalari ham tomir tortishishiga olib kelishi mumkin. Britaniya tibbiyot assotsiatsiyasi tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, boʻlajak onalarning taxminan 6% ida homiladorlik davrida siydik yoʻllari infeksiyalari rivojlanadi.
Muhim: Sitomegalovirus
Jinsiy aloqa
Jinsiy aloqa ham tomir tortishishini keltirib chiqarishi mumkin. “HealthyWomen” nodavlat notijorat tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, sogʻlom ayollarning koʻpchiligi chaqaloq tug’ilguniga qadar ham jinsiy aloqa qilishlari mumkin. Ammo homiladorlik davrida qorin kattalashgani sababli jinsiy aloqada boʻlish unchalik ham yoqimli tuyulmaydi.
Ektopik homiladorlik
Yengil tomir tortishishlar homiladorda normal holat hisoblansa-da, agar u qandaydir ogʻriqlar paydo qilayotgan boʻlsa shifokorga koʻrinish tavsiya qilinadi. Agar tortishishlar bilan birga dogʻlar yoki qon ketishni boshlasa, bu holat ektopik homiladorlik belgisi boʻlishi mumkin, yaʼni bunda homila bachadonda emas balki fallop naychalaridan birida joylashib qolish ehtimoli bor. Bunday holatda zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.
Bir necha daqiqada o’tib ketmaydigan domiy kuchli ogʻriqlar paydo boʻlayotgan boʻlsa, darhol shifokorga murojaat qilish shart.
Homiladorlik davrida qon bosimini oshishi
Odatda qon bosimining oshishi homila 20 haftalik boʻlganidan keyin boshlanadi. Bosim oshishi preeklampsiya belgisi boʻlishi mumkin. Preeklampsiyada qovurgʻalar ostida, qorinning yuqori oʻng tomonida ogʻriq paydo boʻlishi mumkin. Bunday ogʻriq, kuchli bosh ogʻrigʻi, koʻz oldi xiralashishi yoki yuz, qoʻl va oyoqlarning toʻsatdan shishishi kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling. Qon bosimining oshishi platsentaning tugʻruqdan oldin bachadondan ajralib qolishi xavfini oshiradi.
Tomir tortishishlar va homiladorlikning uchinchi davri
Homiladorlikning uchinchi davrida ayollar chanoq sohasida qoʻshimcha bosim his qila boshlashadi, chunki chaqaloq bu davrda juda tez rivojlanib kattalashib boradi.
Bola kattalashgani sari esa, oyoqlari bilan qin nervlarini bosib qoladi. Chaqaloq qorin boʻshligʻida doimiy aylanib harakatga kelishni boshlagach esa ayol yurganda odatdagidan koʻproq bosim va tomir tortishishlarini his qilishi mumkin. Bunday paytlarda biroz yonboshlab yotib dam olish ogʻriqlarni kamaytiradi, ammo og’riq doimiy davom etsa, albatta shifokorga murojaat qilish lozim.
| Alomatlari | Oqibatlari |
|---|---|
| Dogʻ yoki qon ketishiga bilan birga kuzatiladigan tomir tortishishlar | Bola tushishi yoki ektopik homiladorlik |
| Oshqozon yuqori oʻng tomonida ogʻriq va tomir tortishishlar | Yuqori qon bosimi |
| Homiladorlikning uchinchi davrida ham davom etayotgan ogʻriqli tomir tortishishlar | Erta tugʻish xavfi |
Tomir tortishishini yengillashtirish
Tomir tortishganda ortiqcha vahima qilish shart emas, shunchaki bir nechta oddiy maslahatlarga amal qilish kifoya qiladi. Dastlab, jismoniy mehnatda faol boʻlishni va tortishish hosil boʻlishiga sabab boʻluvchi omillarni kamaytirish kerak. Kechasi uxlashdan oldin iliq vanna qabul qilish, tinch va osuda muhitda dam olish qorindagi ogʻriqlarni kamaytirishga ancha yordam beradi.
Qiziqarli: Homiladorlik davridagi xohish-istaklar nimadan dalolat?