Lalu
Qanday ishlaydi Funksiyalari Kalkulyatorlar Tug‘ilish sanasi Ovulyatsiya Haftalar → oylar XGCH Maqolalar Savol-javob
Kasalliklar

Bachadondan tashqari homiladorlik

Ektopik homiladorlik qachonki, embrion bachadonning ichki qavatidan boshqa joyga o’rnashgan holatida sodir bo’ladi. Bu hayot uchun xavfli asoratlarga olib kelishi mumkin.Ko’pincha ektopik homiladorlikda embrion bachadon naylari (fallopiya nayi)ga…

bachadondan tashqari homiladorlik

Ektopik homiladorlik qachonki, embrion bachadonning ichki qavatidan boshqa joyga o’rnashgan holatida sodir bo’ladi. Bu hayot uchun xavfli asoratlarga olib kelishi mumkin.
Ko’pincha ektopik homiladorlikda embrion bachadon naylari (fallopiya nayi)ga o’rnashgan bo’ladi, ammo u tuxumdon yoki qorin bo’shlig’ida ham bo’lishi mumkin.
Bachadondan tashqari homiladorlik homilador ayol uchun halokatli hattoki, o’limga olib kelishi ham mumkin.
Masalan, bachadon naychasi yorilishi, jiddiy qon yo’qotish va shok holatiga olib keladi. Bunday holatda tez davolanish muhim. Biroq bunda embrionni saqlab qolib bo’lmaydi.

Bachadondan tashqari homiladorlik belgilari

Ektopik homiladorlikda dastlabki belgilar namoyon bo’lmasligi mumkin.

Bu belgilar quyidagilar o’z ichiga oladi:

Bachadondan tashqari homiladorlik asoratlari

Bachadondan tashqari homiladorlik davolanmasa va tez tashxis qo’yilmasa, homilador ayol hayoti uchun xavf tug’dirishi mumkin. Davolash homilani saqlab qola olmaydi.

Ayolda bo’lishi mumkin bo’lgan asoratlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

Xavfli omillari

Quyidagi omillar ayolda bachadondan tashqari homiladorlik yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin:

Ushbu xavf omillar bo’lmaganda ham, odamda ektopik homiladorlik bo’lishi mumkin. Alida, ektopik homiladorlik deb tashxis qo’yilgan barcha odamlarning yarmida ma’lum bo’lmagan xavf omillari sodir bo’ladi.

Davolash

Bu variantlar homiladorlikning rivojlanishiga va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan asoratlarga bog’liq.

Jarrohlik – Ektopik homiladorlikni olib tashlash uchun laparoskopiya operatsiyasi qilinadi. Bu usul kindik ichida yoki uning yaqinida kichik kesma hosil qilib, kichik kamera va nozik asbobni kiritish jarayonini o’z ichiga oladi.
Agar ektopik homiladorlik bachadon naychasining yorilishiga olib keladigan bo’lsa, jarroh bu holatni bartaraf etish uchun shoshilinch operatsiya o’tkazadi. Agar buning iloji bo’lmasa, ular nayni olib tashlashadi.

Terapevtik davo – ektopik homiladorlikka erta tashxis qo’yilsa, dori-darmonlarga asoslangan davolash usuli ham variant bo’lishi mumkin.

Ektopik homiladorlikning alomatlari 4-haftada va 12-haftada boshlanishi mumkin. Muammoni tashxislash homiladorlik testlari, simptomlarni baholash va ultratovush tekshiruvini o’z ichiga olishi mumkin. Shifokorlarga o’tmishdagi ektopik homiladorlik haqida xabar berish muhim ahamiyatga ega. Bu shifokorlarga kelajakda homilador ayolda ektopik homiladorlik bor yoki yo’qligini tezroq aniqlashga yordam beradi.

Ushbu maqola ectopic.org.uk va medicalnewstoday.com ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.

Fertil davringizni hozir aniqlang

Oxirgi hayzingiz va hayz davri uzunligini kiriting — bepul kalkulyator sizning olti kuningizni aniqlab beradi.

Ulashish
👩‍⚕️

admin

Lalu tibbiy taqrizchisi

Hayz davri, homiladorlik va chaqaloq haqidagi kontentimizni yozadigan va tekshiradigan Lalu klinik jamoasining a’zosi.

Davomini o‘qing

Barcha maqolalar
Kasalliklar chaqaloqni ovutish kolika

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki 6 haftaligida eng koʻp kuzatiladi. Odatda 3-4 oylik vaqtida…

Kasalliklar homiladorlikda qon bosimi oshishi

Homiladorlikda qon bosimi oshishi – turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga ko’proq ta’sir etadi. Agar u davolanmasa, kasallik o’zining va…

Kasalliklar homiladorlikda siydikda qon

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko’plab o’zgarishlar kuzatiladi. Bu o’zgarishlarni me’yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador ayoldan ma’suliyat, shifokordan esa, bilim va malaka talab qiladi.…