Lalu
Qanday ishlaydi Funksiyalari Kalkulyatorlar Tug‘ilish sanasi Ovulyatsiya Haftalar → oylar XGCH Maqolalar Savol-javob
Salomatlik

Homiladorlik davrida teridagi o‘zgarishlar

Homilador ayol organizmida homiladorlik davomida juda koplab o‘zgarishlar yuz beradi. Jumladan homiladorlikda teri, soch va tirnoqlarida bir qancha o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Ushbu maqolada homiladorlik sabab yuzaga keluvchi teridagi…

homiladorlikda teri

Homilador ayol organizmida homiladorlik davomida juda koplab o‘zgarishlar yuz beradi. Jumladan homiladorlikda teri, soch va tirnoqlarida bir qancha o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Ushbu maqolada homiladorlik sabab yuzaga keluvchi teridagi baʼzi o‘zgarishlar haqida maʼlumot beramiz.

Homiladorlik davrida ayollar terisida quyidagi o‘zgarishlar yuz berishi mumkin:

Ularning aksariyati normal holat bo‘lib, gormonal o‘zgarishlar tufayli yuzaga keladi.

Giperpigmentatsiya

Giperpigmentatsiya — melaninning ortiqcha ishlab chiqarilishi natijasida yuzaga keluvchi teridagi qora dog‘lardir.

Odatda, giperpigmentatsiya tug‘ruqdan keyin yo‘qoladi, ammo bu jarayon bir necha yil davom etishi ham mumkin.

Melazma homiladorlikdagi giperpigmentatsiyaga misol bo‘la oladi. Ba’zilar buni «homiladorlik niqobi» deb ataydi. Yuz, yonoq, burun va peshonadagi jigarrang dog‘lar melazmaning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi.

Homiladorlik davrida melazmani davolash usullarini bilish uchun dermatolog ko‘rigidan o‘tish lozim.

Ertalab soat 10:00 dan 14:00 gacha bo’lgan vaqtda quyosh nurlaridan saqlanish, quyoshdan himoyalovchi vositalardan foydalanish va tashqariga chiqishda keng qirrali shlyapa kiyish melazma alomatlarini kamaytirishga yordam beradi.

Striyali belgilar

Striyali belgilari homilador ayollarda keng tarqalgan. Homiladorlik paytida ko‘pincha qorin, ko‘krak yoki son kabi cho‘ziladigan joylarda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Striyali belgilari dastlab qizg‘ish-binafsha rang, vaqt o‘tishi bilan kumush yoki oq rangga aylanadi.

Ular ko‘pincha xiralashib borsada, hech qachon butunlay yo‘qolib ketmaydi.

So‘gallar

Homiladorlikda teri yuzasi bo‘ylab davrida so‘gallarning paydo bo‘lishi odatiy holdir. Bunday toshmalar odatda bo‘yin, ko‘krak, orqa, chanoq va ko‘krak ostida paydo bo‘ladi.

So‘gallar odatda xavfli bo‘lmaydi. Agar ular kiyim tegadigan yoki ko‘p teginish tufayli tirnalish ehtimoli bo‘lgan qismda joylashgan bo‘lsa, shifokor ularni olib tashlashi mumkin.

Husnbuzarlar

Homiladorlik paytida husnbuzarlar paydo bo‘lishi va ko‘payishi mumkin.

Husnbuzarlarni ko‘plab davolash usullari mavjud. Biror dori qilishdan avval mutaxassis bilan maslahatlashish lozim.

Umumiy gigiyena qoidalari husnbuzarlarni davolashda muhim ahamiyatga ega. Gigiyena qoidalariga quyidagilar kiradi:

Venalardagi o‘zgarishlar

Teleangioektaziyalar ko‘pincha yuz, bo‘yin va qo‘llarga taʼsir qiladigan kichik, qizil venalardir.

Homiladorlik davridagi gormonal o‘zgarishlar terida salbiy o‘zgarishlarga, shuningdek, qon hajmining oshishiga olib keladi.

Venalarning varikoz kengayishi homiladorlik davridagi vazn ortishi va bachadon bosimi tufayli yuzaga keluvchi og‘riqli, kengaygan tomirlardir. Bu kasallik oyoqlarga qon oqimi kelishini pasaytiradi.

Venalarning varikoz kengayishi oyoqlarda, qin atrofi va to‘g‘ri ichakda paydo bo‘lishi mumkin. Ularni odatda tug‘ruqdan keyin doktor muolajasi orqali davolash mumkin.

Venalarning varikoza kengayishi ta’sirini minimallashtirish va simptomlarni yengillashtirish uchun quyidagi ehtiyot choralarini ko’ring:

Boshqa holatlar

Homiladorlik davrida homiladorlik qichimasi, homiladorlik pemfigoidi (homiladorlikdagi gerpes) va homiladorlikdagi jigar ichi xolestazi kabi kasalliklari ham uchrab turadi.

Homiladorlik qichimasi

Homiladorlik qichimasining belgilari hasharot chaqishiga o‘xshash mayda, qichiydigan shishlarni o‘z ichiga oladi. Homila sabab immunitet tizimida yuzaga kelgan o‘zgarishlar ushbu kasallikni qo‘zg‘atishi mumkin.

Qichima homiladorlik davri davomida ayollarda paydo bo’lishi mumkin va alomatlari ko’pincha kundan-kunga yomonlashadi.

Homiladorlikdagi jigar ichi xolestazi

Homiladorlikdagi jigar ichi xolestazi uchinchi trimestrda aniq bo‘ladigan, homiladorlik sabab kelib chiquvchi jigar kasalligidir.

Qattiq qichishish toshmalarsiz sodir bo‘lishi mumkin. Qo‘l kaftlari, oyoq taglari yoki butun tanada qichishish kuzatiladi.

Har qanday g‘ayrioddiy teri kasalliklariga duch kelishingiz bilanoq shifoxonaga murojaat qiling. Homiladorlikda teri muammosi yuzaga kelsa, albatta davolanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Ushbu maqola Amerika akusherlik va ginekologlar kolleji ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.

Fertil davringizni hozir aniqlang

Oxirgi hayzingiz va hayz davri uzunligini kiriting — bepul kalkulyator sizning olti kuningizni aniqlab beradi.

Ulashish
👩‍⚕️

admin

Lalu tibbiy taqrizchisi

Hayz davri, homiladorlik va chaqaloq haqidagi kontentimizni yozadigan va tekshiradigan Lalu klinik jamoasining a’zosi.

Davomini o‘qing

Barcha maqolalar
Salomatlik chaqaloq qayt qilishi

Chaqaloq qusishi – sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko’pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta bu muammo bo’layotganligini ko’rishingiz mumkin. Odatda, chaqaloq qusishi davolash…

Salomatlik molchnitsa

Og’iz bo’shligi kandidozi – molochnitsa

Kandida zamburug’i kasallik keltirib chiqaruvchi zamburug’ infeksiyalarning bir turi hisoblanadi. Og’iz bo’shlig’i kandidozi (molochnitsa) deb nomlangan bu zamburug’ turi og’izda paydo bo’ladi va ichki…

Salomatlik homiladorlikda varikoz

Varikoz venalarining tug’ruqdan keyingi holati

Homiladorlikda varikoz venalar asosan homilador ayollarning oyoq qismlarida paydo boʻladi. Venalar kengayishi natijasida shishlar hosil bo’ladi. Natijada qichishishi, baʼzida esa ogʻriq paydo bo’lishi mumkin…