Рубрики
Kasalliklar

Hayz necha kun kechikishi mumkin? (Hayz kechikishi sabablari)


Mobil ilovani yuklab oling

Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.


Har qanday qiz, ayol, har bir homiladorlikni rejalashtirmayotgan juftliklarda hayz kechikishi kuzatilsa, kasallik yoki homiladorlikka shubha qilib, tashvishlana boshlaydi. Ammo kechikish har doim ham homiladorlik yoki biror kasallik belgisi hisoblanmaydi.

Hamma ayollarning hayz ko‘rishi bir vaqtda, siklik bo‘lmaydi. Hayz ko‘rish yosh qizlarda yaqinda boshlangan bo‘lsa, hayz sikl kechikishi kuzatilishi mumkin. Odatda, ularda doimiy siklning o‘rnatilishi uchun bir-ikki yil kerak bo‘ladi. Shuningdek, ayollarda hayz kechikishi menopauza boshlanishidan oldin ham kuzatiladi. 

Yosh onalarda tug‘ruqdan keyin bolani emizish davrida ham kechikish kuzatiladi. Bunday hollarda, hayz bir necha oy davomida cho‘zilib ketadi. Ammo, shunga qaramay, bu kabi holatlar kasallik hisoblanmaydi.

Hayz davrining davomiyligi har bir ayolda har xil bo‘lishi mumkinligini yodda tutishingiz kerak. Hayz ko‘rish hammada 30 kunda takrorlanmaydi; baʼzi ayollar har 28 kunda yoki har 25 kunda (21 dan 35 kungacha) takrorlanib turuvchi siklga ega. Uzoq muddatli, lekin siklik takrorlanuvchi hayz ko‘rish ham patologiya hisoblanmaydi.

Normada nenstrual sikl har 21-35 kun ichida takrorlanishi va ikkidan yetti kungacha davom etishi mumkin.

Hayz qancha muddat cho‘zilsa ham norma hisoblanadi?

Agar hayz ko‘rish quyidagi holatlarda 7 kundan ko‘p bo‘lmagan kunga cho‘zilsa, xavotirlanishingizga o‘rin yo‘q:

Biror kasallik belgilarisiz hayz kechikish muddati

Sog‘lom, homiladorlikni rejalashtirmayotgan ayollarda hayz ko‘rish o‘rtacha 2-3 kungacha kechikishi mumkin.

Qizlar uchun ham hayz ko‘rishning 2 kunga kechikishi odatiy holdir, u tashqaridagi havo haroratining keskin o‘zgarishi yoki atmosfera bosimining ko‘tarilishi tufayli paydo bo‘lishi mumkin. 

Ayolning hayz ko‘rishi 3 kunga kechikishi ham tashvishlanish uchun asos bo‘lmaydi. Bu doimiy stress, noto‘g‘ri ovqatlanish, ortiqcha ish va turmushdagi boshqa omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 

Bu kabi holatlarda, albatta turmush tarzini o‘zgartirish va yaxshilash haqida o‘ylash lozim. 

Hatto hayz ko‘rishning 4 kunlik kechikishi ham vahima uchun asos emas, bunga xuddi yuqoridagi kabi omillar sabab bo‘lishi mumkin.

Baʼzi ayollar turmush tashvishlari bilan bo‘lib, avvalgi hayz ko‘rish muddatini eslay olmaydi. Bu esa, ortiqcha tashvishlanishga olib kelishi mumkin. Shuning sababdan, bu kabi holatlarni oldini olish uchun «Lalu — Hayz kalendari» ilovasini Play Marketdan telefoningizga yuklab olishingizni tavsiya etamiz.

Patologiya mavjud, ammo reproduktiv tizim bilan bog‘liq emas 

Homilador bo‘lmagan va sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolarsiz qiz va ayollar uchun hayz ko‘rishning kechikishi 5 dan 7 kungacha davom etishi mumkin. Shamollash, gripp yoki boshqa yuqumli kasalliklar tufayli hayz ko‘rish, taxminan 5 kungacha kechikishi mumkin. 

Bunday holatda bemorni butunlay sog‘lom deb atash mumkin emas, ammo hayz kechikishi shikoyati bilan ginekologga murojaat qilish shart emas. Balki, yuqumli kasallikni davolash uchun umumiy amaliyot shifokori yoki infeksionistga murojaat qiling.

Ayol sog‘ligi tiklanishi bilanoq, sikl yaxshilanadi. Oy ko‘rishning 6 yoki 7 kunga kechikishi qizning nafas yo‘llarining o‘tkir yallig‘lanishlari, gripp, tomoq og‘rig‘i va bronxit kabi kasalliklar bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. 

Umuman olganda, ayol va qizlarda reproduktiv tizim kasalliklarisiz hayz kechikishi 5-7 kungacha davom etishi mumkin.

Hayz ko‘rishning bir hafta yoki undan kam muddatga kechikishi turmush tarzingizni qayta ko‘rib chiqishingiz kerakligini anglatadi. Shunday qilib, agar ayol qattiq diyetada bo‘lsa, juda ko‘p ishlasa yoki kunlik jismoniy harakatni haddan tashqari oshirib yuborsa, surunkali stress holatida yashasa, uning tanasi mudofaa tizimlarini ishga soladi. Va hayz kechikishi kuzatiladi.

Organizm shunday yaratilganki, u noqulay sharoitda homiladorlikning oldini olishga harakat qiladi, chunki aks holda ayolga bolani ko‘tarish va tug‘ish qiyin bo‘lishi mumkin. Shu sababdan, noqulay holatlarda hayz ko‘rish ortga surilishi mumkin.

Bunday sabablarga ko‘ra hayz necha kunga kechikishi mumkin? 1 oygacha. Ammo sog‘lig‘ingizni yaxshilash uchun darhol kerakli choralarni ko‘rish tavsiya etiladi, masalan, diyetangizdan voz keching, jismoniy harakatlarni kamaytiring, umuman, turmush tarzingizni yaxshilang. Shunda organizmni, jumladan doimiy hayz ko‘rishni ham davolashsiz tiklash mumkin.

Qisqa hayz kechikishining asosiy sabablari:

  • nosog‘lom parhez, vitaminlar yetishmasligi, och qolish;
  • doimiy uyqusizlik;
  • qattiq jismoniy mehnat, haddan tashqari aqliy stress;
  • Turli xil moddalar bilan zaharlanish yoki ekologik holati yomon bo‘lgan mintaqada yashash, alkogol yoki tamakidan zaharlanish;
  • vazn bilan bog‘liq muammolar, ozg‘inlik va semizlik;
  • boshqa mintaqaga ko‘chib o‘tgandan keyingi iqlim o‘zgarishi;
  • yuqumli kasalliklar;
  • surunkali kasalliklar;
  • kontratsepsiya vositalarini qabul qilish yoki gormonal dorilarni bekor qilish.

Kasallik sababli hayz necha kun kechikishi mumkin?

Barcha ayollarda hayz sikli turli sabab bilan buzilishi, shuningdek oy ko‘rish muddatining ortga surilishi ham turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, bir necha oylar davomida oy kunlarini o‘tkazib yuboradigan bemorlar ham bor. Agar kechikish 5-7 kundan oshsa, tashvishlanish uchun asos hisoblanadi. So‘ngra aniq tashxis qo‘yib, davolanish uchun ginekolog qabuliga tashrif buyurishingiz kerak.

Kechikishga olib kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklar:

  • Jinsiy organlarga taʼsir qiluvchi yallig‘lanish kasalliklari. Ushbu kasalliklarning umumiy belgilari qorin og‘rig‘i va ajralmalar ajralishi hisoblanadi.
  • Jinsiy organlarning onkologik kasalliklari;
  • Tuxumdon polikistozi. Ushbu kasallik oqibatida ayol vazni oshadi, yuzda, qo‘llarda, badan orqasida ortiqcha tuklar o‘sadi, asabiylashish kuchayadi. Bu erkak gormoni testosteronning qondagi darajasining oshishi tufayli yuz beradi.
  • Tuxumdon sariq tanasi kistasi. Uning paydo bo‘lishiga sabab gormonal muvozanat buzilishidir.

Hayz kechikishi abort, bachadondan tashqari homiladorlik yoki bachadon olib tashlanganidan keyin ham paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holatga nafaqat gormonal o‘zgarishlar, balki amaliyot paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mexanik shikastlanishlar ham sabab hisoblanadi.

Hayz ko‘rish muddatining ortga surilishi har doim ham patologiya emas. Ammo kechikish o‘spirin qizda, tug‘ruqdan keyin yoki menopauzadan oldin paydo bo‘lmasa hamda 7 kundan ortiq davom etsa, albatta ginekologga murojaat qilib, tekshiruvdan o‘tish kerak. 

Hayz kechikishning sababi bo‘lgan asosiy kasallikning dastlabki bosqichlaridanoq kurashish uchun ham shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilish lozim.

Agar kechikish homiladorlik belgisi sifatida namoyon bo‘layotgan bo‘lsa, homiladorlikni tasdiqlash, vitaminlarni isteʼmol qilishni boshlash va homiladorlik kalendari kabi vositalar yordamida sog‘lig‘ingizni erta bosqichlardanoq kuzatib borish uchun unga darhol aniqlik kiritish maqsadga muvofiqdir.

Добавить комментарий

error: Saytdan maʼlumot ko‘chirish mumkin emas!