Chaqaloq qayt qilishi sabablari va oldini olish usullari

Yosh bolalarda doimiy qusishining ko‘plab ehtimoliy sabablari mavjud. Chaqaloq qayt qilishi asosan quyidagi sabablar tufayli yuzaga keladi:

  • Apenditsit: qorin og‘rig‘i, yengil isitma va ishtahaning yo‘qolishi bilan bir qatorda, ko‘ngil aynishi va qusish apenditsitning eng keng tarqalgan belgilaridan biridir;
  • Avtomobil kasalligi (sayohat qilayotganda ko‘ngil aynishi): bu kasallik yosh bolalarda keng tarqalgan bo‘lib, baʼzan ko‘ngil aynish, qusish, sovuq ter, charchoq va ishtahani yo‘qotish bilan birga keladi;
  • Miya chayqalishi: miya chayqalishi — boshga zarba berish natijasida yuzaga keladigan jiddiy miya shikastlanishi va u qayt qilishga sabab bo‘lishi mumkin;
  • Oziq-ovqat allergiyasi yoki o’zlashtira olmaslik: ko‘ngil aynishi, qusish va diareya oziq-ovqat allergiyasi va o’zlashtira olmaslikning mumkin bo‘lgan alomatlaridan biridir;
  • Oziq-ovqatdan zaharlanish: qayt qilish oziq-ovqatdan zaharlanish kasallikning keng tarqalgan alomatidir va odatda diareya va oshqozon og‘rig‘i bilan birga keladi;
  • Gastroenterit: ushbu kasallik odatda bolalarda rotavirus tufayli yuzaga keladigan, bir haftagacha davom etadigan qusish va diareyaga olib keladigan oshqozon “grippi” hisoblanadi.

Bundan tashqari, gastroezofagial reflyuks kasalligi (GERK), turli infeksiyalar, ichak harakati buzilishi, dori-darmonlar, zahar, pilorik stenoz va stress kabi omillar ham qayt qilishga sabab bo‘lishi mumkin.

Chaqaloq qayt qilishi profilaktikasi

Farzandingiz kutilmaganda qayt qilishi sizni xavotirga solishi tabiiy hol. Kichkintoyingiz xavfsiz va qulay bo‘lishi uchun avvalo xotirjam bo‘ling va ushbu maslahatlarga amal qiling:

Chaqaloq chanqamaganiga ishonch hosil qiling

Suvsizlanish — qabul qilingandan ko‘ra ko‘proq suyuqlikni yo‘qotishdir, bu esa tanani ishlashi uchun zarur bo‘lgan muhim moddalar kamayishiga olib keladi.

Kuchli qusish va diareya yosh bolalarda suvsizlanishning asosiy sababi hisoblanadi. Suyuqlik ichish odatda suvsizlanishning yengil holatini bartaraf etish uchun yetarli bo‘lsada, og‘ir hollarda tibbiy davolanishni talab qiladi.

Suyuqlik ichiring

Regidratsiya — yo‘qolgan suyuqlik va elektrolitlarni qayta tiklash. 1 va undan katta yoshdagi bolalarni xavfsiz suyuqlik bilan taʼminlash uchun har 15 daqiqada oz miqdorda toza ichimlik suvi berishni boshlang.

Simptomlarni yozib boring

Bolangizda qusish qanday va qachon sodir bo‘lganligi haqida yozib borish lozim. Farzandingiz har safar qayt qilishi bilan quyidagilarni yozib qo‘ying:

  • Sana;
  • Kun vaqti;
  • Qancha davom etgani;
  • Agar qusish tarkibida qattiq moddalar uchrashi yoki o‘ta suyuq bo‘lishi;
  • Bolaning oxirgi paytda nima yegani yoki ichgani;
  • Isitma, qorin og‘rig‘i yoki diareya kabi boshqa alomatlar mavjudligi.

Pediatrni chaqiring

Jiddiy sababga bog‘liq bo‘lmagan tez-tez, tushunarsiz qayt qilish kuzatilganda har doim shifokorga murojaat qilish lozim. Qo‘ng‘iroq qilganingizda kasallikning aniq simptomlarini ayting.

Kasallik sababi aniqlanmagan hollarda pediatr aniq tashxis qo‘yish uchun qon, siydik va axlat tekshiruvi o‘tkazishni yoki rentgen apparatiga tushishni tavsiya qiladi.

Tez tibbiy muolaja talab qiluvchi belgilar

Yosh bolalarda qusish odatda xavotirli hol hisoblanmasada, tibbiy yordamga murojaat qilish kerak bo‘lgan holatlar mavjud:

  • Qon aralash qusish;
  • Siydikda qon kelishi;
  • Parishonxotirlik va letargiya;
  • Bosh va bo‘yinlardagi og‘riq;
  • Oshqozonda kuchli og‘riq;
  • Peshob paytida og‘riq;
  • Achchiq yoki kuchli qusish;
  • Yurakning tez urishi yoki tez-tez nafas olish;
  • Isitma bilan birga qusish;
  • Odatdagi ovqatlanish tartibiga qaytganda ham qusish.
admin

Recent Posts

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…

1 год ago

Homiladorlikda qon bosimi oshishi — turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…

1 год ago

Chaqaloq qusishi — sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…

1 год ago

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…

1 год ago

Homiladorlik xolestazi kasalligi

Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…

1 год ago

Bolaning ichi yashil kelsa, nima qilish kerak?

Najasning eng tashvishli o'zgarishlaridan biri bu - uning odatdagidan boshqacha ko'rinishda bo'lishi sanaladi. Chaqaloq yoki…

1 год ago