Lalu
Qanday ishlaydi Funksiyalari Kalkulyatorlar Tug‘ilish sanasi Ovulyatsiya Haftalar → oylar XGCH Maqolalar Savol-javob
Kasalliklar

Chaqaloq qayt qilishi sabablari va oldini olish usullari

Yosh bolalarda doimiy qusishining ko‘plab ehtimoliy sabablari mavjud. Chaqaloq qayt qilishi asosan quyidagi sabablar tufayli yuzaga keladi: Apenditsit: qorin og‘rig‘i, yengil isitma va ishtahaning yo‘qolishi bilan bir qatorda,…

chaqaloq qayt qilishi

Yosh bolalarda doimiy qusishining ko‘plab ehtimoliy sabablari mavjud. Chaqaloq qayt qilishi asosan quyidagi sabablar tufayli yuzaga keladi:

Bundan tashqari, gastroezofagial reflyuks kasalligi (GERK), turli infeksiyalar, ichak harakati buzilishi, dori-darmonlar, zahar, pilorik stenoz va stress kabi omillar ham qayt qilishga sabab bo‘lishi mumkin.

Chaqaloq qayt qilishi profilaktikasi

Farzandingiz kutilmaganda qayt qilishi sizni xavotirga solishi tabiiy hol. Kichkintoyingiz xavfsiz va qulay bo‘lishi uchun avvalo xotirjam bo‘ling va ushbu maslahatlarga amal qiling:

Chaqaloq chanqamaganiga ishonch hosil qiling

Suvsizlanish – qabul qilingandan ko‘ra ko‘proq suyuqlikni yo‘qotishdir, bu esa tanani ishlashi uchun zarur bo‘lgan muhim moddalar kamayishiga olib keladi.

Kuchli qusish va diareya yosh bolalarda suvsizlanishning asosiy sababi hisoblanadi. Suyuqlik ichish odatda suvsizlanishning yengil holatini bartaraf etish uchun yetarli bo‘lsada, og‘ir hollarda tibbiy davolanishni talab qiladi.

Suyuqlik ichiring

Regidratsiya — yo‘qolgan suyuqlik va elektrolitlarni qayta tiklash. 1 va undan katta yoshdagi bolalarni xavfsiz suyuqlik bilan taʼminlash uchun har 15 daqiqada oz miqdorda toza ichimlik suvi berishni boshlang.

Simptomlarni yozib boring

Bolangizda qusish qanday va qachon sodir bo‘lganligi haqida yozib borish lozim. Farzandingiz har safar qayt qilishi bilan quyidagilarni yozib qo‘ying:

Pediatrni chaqiring

Jiddiy sababga bog‘liq bo‘lmagan tez-tez, tushunarsiz qayt qilish kuzatilganda har doim shifokorga murojaat qilish lozim. Qo‘ng‘iroq qilganingizda kasallikning aniq simptomlarini ayting.

Kasallik sababi aniqlanmagan hollarda pediatr aniq tashxis qo‘yish uchun qon, siydik va axlat tekshiruvi o‘tkazishni yoki rentgen apparatiga tushishni tavsiya qiladi.

Tez tibbiy muolaja talab qiluvchi belgilar

Yosh bolalarda qusish odatda xavotirli hol hisoblanmasada, tibbiy yordamga murojaat qilish kerak bo‘lgan holatlar mavjud:

Fertil davringizni hozir aniqlang

Oxirgi hayzingiz va hayz davri uzunligini kiriting — bepul kalkulyator sizning olti kuningizni aniqlab beradi.

Ulashish
👩‍⚕️

admin

Lalu tibbiy taqrizchisi

Hayz davri, homiladorlik va chaqaloq haqidagi kontentimizni yozadigan va tekshiradigan Lalu klinik jamoasining a’zosi.

Davomini o‘qing

Barcha maqolalar
Kasalliklar chaqaloqni ovutish kolika

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki 6 haftaligida eng koʻp kuzatiladi. Odatda 3-4 oylik vaqtida…

Kasalliklar homiladorlikda qon bosimi oshishi

Homiladorlikda qon bosimi oshishi – turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga ko’proq ta’sir etadi. Agar u davolanmasa, kasallik o’zining va…

Kasalliklar homiladorlikda siydikda qon

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko’plab o’zgarishlar kuzatiladi. Bu o’zgarishlarni me’yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador ayoldan ma’suliyat, shifokordan esa, bilim va malaka talab qiladi.…