Kasalliklar

Homiladorlikda bel og’rishi — sabablari va bartaraf qilish usullari

Yana bel og’rig’i bezovta qilyaptimi?! Homiladorlikda bel og’rishi nima sababdan yuzaga keladi va uni qanday yengishingiz mumkin?! Ushbu maqola orqali ushbu savollarga imkon qadar javob berib o‘tamiz.

Agar homiladorlikda bel og’rig’i ko‘p bezovta qilayotgan bo‘lsa, siz yolg‘iz emassiz. Bel og’rig’i homiladorlar orasida eng keng tarqalgan salbiy alomatlardan biri hisoblanadi.

Homiladorlikda bel og’rishi qanday namoyon bo‘ladi?

Homiladorlik paytida bel og’rig’i odatda oyoq yoki dumg‘aza ichiga kirib borishi mumkin bo‘lgan, yuqori yoki pastki bel va sonlarda uchraydigan qotib qolishlar kabi og‘riqlar shaklida namoyon bo‘ladi

Afsuski, bel og‘rig‘i homiladorlik kalendarining ilk muddatlaridanoq boshlanishi mumkin. Baʼzi ayollar buni birinchi trimestrda boshdan kechirishadi, ammo ko‘plab ayollarning homiladorlikda bel og‘rishi 18-haftalarda, ikkinchi trimestrda boshlanadi. Ikkinchi trimestr va ayniqsa uchinchi trimestrda, yoki siz tug‘guningizgacha bel og‘rishi davom etishi, baʼzan yomonlashishi mumkin. Ayrim holatlarda homiladorlikda bel og‘rig‘i tug‘ruqdan keyingi bel og‘rig‘i bilan almashadi.

Homiladorlikda bel og’rishi nima sababdan yuz beradi?

Homiladorlik davrida relaksin deb ataladigan gormon ajralib chiqadi, natijada bolangizni tug‘ruq paytida tug’ruq yo’llaridan osonroq o‘tishi uchun tos suyagi va boshqa joylardagi bo‘g‘imlar boylamlari bo‘shashadi.

Bunga o‘sayotgan bachadoningizning og‘irligi qo‘shiladi, va tanangizning tayanch markazi oldinga siljishi bilan muvozanatingiz yo‘qoladi.

O‘z navbatida, yukni ko‘tarish uchun sizning pastki bel tomoningiz odatdagidan ko‘proq egilib qoladi, natijada mushaklar qiyinchilik bilan ishlaydi va siz taxmin qilganingizdek, og‘riq va qattiqlik hissi paydo bo‘ladi.

O’qing: Homiladorlikda bachadon tonusi oshishi

Homiladorlikdagi bel og’rig’i radikulitga o‘xshashmi?

Ha, radikulitga o‘xshash. Agar siz orqa yoki dumg‘azangizdan boshlanib, oyoqlaringizdan o‘tadigan o‘tkir, tortishish og‘rig‘ini his qilsangiz, siz radikulitni boshdan kechirayotgan bo‘lishingiz ham mumkin.

Homiladorlik paytida bel og‘rig‘i haqida yaxshi yangilik shundaki, u odatdagidek, osonlikcha hal qilinadi. Bundan tashqari, uni yengillashtiradigan ko‘plab usullar mavjud. Shuning uchun agar bitta yechim ishlamasa, boshqasi yordam berishi mumkin.

Bel og’rig’ini davolash usullari

Homiladorlikdagi bel og’rig’ini yo‘qotish uchun quyidagi usullarni sinab ko‘ring:

O‘tirish holatingizga eʼtibor bering!

Kun bo‘yi stulda suyanib o‘tirish umurtqangizga hamma narsadan ko‘proq yuk bo‘ladi. Uyda va ishda siz ko‘p ishlatadigan stullarni yaxshi ekanligiga ishonch hosil qiling. Orqa va qo‘llar to‘g‘ri holatda va mahkam yostiq bilan o‘tirish afzalroqdir.

Oyoqlaringizni biroz ko‘tarish uchun oyoq suyanchig‘idan foydalaning va oyoqlaringizni chalishtirib o‘tirmang. Bu sizning tos suyagingizni oldinga siljishiga olib keladi, bu esa orqa mushaklarni zo‘rayishiga sabab bo‘ladi.

Tanaffuslar qiling!

Imkoniyat tug’ulsa, soatiga kamida bir marta yuring, yoki o’rningizdan turing va cho‘ziling. Uzoq o‘tirish yoki ma’lum bir holatda bo’lish belingizni yana-da qattiqroq og‘rishiga olib kelishi mumkin.

Uzoq tikka turmaslikka ham harakat qiling. Agar siz oyoqlaringizda ishlasangiz, belingizni biroz bosib turish uchun bir oyog‘ingizni past stulga qo‘yib ishlashga harakat qiling.

Og‘ir yuklarni ko‘tarishdan saqlaning!

Agar majbur bo‘lsangiz, buni sekin-asta bajaring. Keng pozitsiyani egallab, o‘zingizni barqarorlashtiring; belda emas, tizzada bukiling; engashing va belingiz bilan emas, balki qo‘llaringiz va oyoqlaringiz kuchi yordamida ko‘taring. Yaxshisi, kimdandir yordam so‘rang!

O‘z vazningizni kuzatib boring!

Homiladorlik paytida vazn ortishini kuzatib boring: ortiqcha vazn va juda tez semirish umurtqa pog‘onangizga bo‘ladigan yuklamaning ortishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ortiqcha vazndan saqlanish uchun to‘g‘ri ovqatlanish qoidasiga amal qiling hamda «Lalu — Homiladorlik maktabi» ilovasi orqali o‘z vazningizni kuzatib boring.

To‘g‘ri poyabzal kiying!

Juda baland poshnalardan voz keching. Imkon qadar, tekis poshnali poyabzal kiying. Mutaxassislar tanangizni to‘g‘ri tekislikda ushlab turish uchun yaxshi kamarli, past poshnali poyabzalni tavsiya etadilar. Bundan tashqari, mushaklar uchun mo‘ljallangan maxsus poyabzal qo‘shimchalarini ham ko‘rib chiqishingiz mumkin.

Qattiq to‘shakdan foydalaning!

Agar qattiq to‘shakdan foydalanmasangiz uni vaqtinchalik almashtirganingiz maʼqul. Chunki tekis yuzaga yotish sizga stressni minimallashtirishga va uyqu holatini yaxshilashga yordam beradi.

admin

Recent Posts

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…

1 год ago

Homiladorlikda qon bosimi oshishi — turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…

1 год ago

Chaqaloq qusishi — sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…

1 год ago

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…

1 год ago

Homiladorlik xolestazi kasalligi

Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…

1 год ago

Bolaning ichi yashil kelsa, nima qilish kerak?

Najasning eng tashvishli o'zgarishlaridan biri bu - uning odatdagidan boshqacha ko'rinishda bo'lishi sanaladi. Chaqaloq yoki…

1 год ago