Kasalliklar

Homiladorlikda nafas qisishi

Homiladorlikda homilador ayol kundalik yumushlarni, masalan, zinapoyaga chiqish kabi vazifalarni bajargandan so‘ng nafas olishida qiyinchilik bo‘lishi mumkin. Shifokorlar bu holatni ko‘pincha o‘sayotgan bachadon o‘pka tomon ko‘tarilishi va nafas olishini qiyinlashtirishi bilan bog‘liqligini taʼkidlaydilar. Ushbu maqola orqali homiladorlikda nafas qisishi holati haqida to’xtalib o’tamiz.

Homiladorlikda nafas qisishi sabablari

Nafas siqishi homiladorlikning tez-tez uchraydigan alomati bo‘lsada, har doim ham bitta sababni ko‘rsatib bo’lmaydi. Nafas qisishi turli xil omillar bilan bog‘liq, bachadon kattarishidan yurakgacha bo‘lgan o‘zgarishlar.

Baʼzi ayollar nafas olishdagi o‘zgarishlarni darhol sezishlari mumkin, boshqalari esa homiladorlik taqvimining ikkinchi yoki uchinchi trimestrligida payqashadi.

Birinchi trimestr

Homilador ayolning nafas olishidagi o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi uchun homila katta bo‘lishi shart emas.

Diafragma — yurak va o‘pkani qorindan ajratib turuvchi mushak to‘qimasi hisoblanadi, homiladorlikning birinchi trimetri davomida 4 sm gacha o‘sadi. Diafragmaning harakati o‘pkalarga havo yetkazib turishga yordam beradi. Baʼzi ayollar chuqur nafas olishlari kerak bo‘lgan o‘zgarishlardan bexabar bo‘lishsada, boshqalarni to‘liq, chuqur nafas ololmayotganligini payqashadi.

Diafragmadagi o‘zgarishlar bilan bir qatorda, homilador ayollar homiladorlik garmoni (progesteron) ko‘payishi tufayli tez-tez nafas olishadi. Pprogesteron homila rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, u nafas olishga yordam beradi, yaʼni ayolning nafas olishini tezlashtiradi. Tez nafas olish nafas qisilishiga olib kelmasa ham, ba’zi ayollar nafas olish bilan bog’liq o’zgarishlarni sezishi va uni xuddi nafas qisishidek baholashi mumkin.

Ikkinchi trimestr

Homilador ayollar ikkinchi uch oylikda sezilarli nafas siqishini boshidan o‘tkazadi. Homiladorlikning ikkinchi uch oyligida bachadonning kattarishi nafas siqilishini keltirib chiqaradi. Ammo, yurak faoliyatidagi baʼzi o‘zgarishlar ham nafas siqilishini olib kelishi mumkin.

Homiladorlik davrida ayol tanasidagi qon miqdori ham sezilarli miqdorda oshadi.

Yurak bu qonni tana bo‘ylab harakatlantirishi va yo’ldoshga yo‘naltirishi uchun qattiqroq haydashi kerak. Yurakdagi bu kabi vazifalarni ko‘payishi homilador ayolning nafas siqilishiga sabab bo‘lishi ham mumkin.

Uchinchi trimestr

Uchinchi uch oylikda nafas olish, asosan, rivojlanayotgan chaqaloq boshining holatiga bog‘liq holda osonlashishi yoki qiyinlashishi mumkin. Chaqaloq burilib, tos suyagi bo‘shlig‘iga tushishini boshlashdan oldin, chaqaloqning boshi xuddi qovurg‘a ostida va diafragmani itarib turgandek tuyuladi, bu esa nafas olishini qiyinlashtiradi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, bu turdagi nafas siqishi odatda 31 va 34 haftalar orasida sodir bo‘ladi.

Qo’shimcha sabablar

Homilador ayol jiddiy nafas siqilishini boshidan o‘tkazayotgan bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashishi shart. Homiladorlikdagi o‘zgarishlar nafas qisilishiga sabab bo‘lsada, boshqa tibbiy holatlar ham muammoga hissa qo‘shishi mumkin.

Bular quyidagilar:

  • Astma: Homiladorlik mavjud bo‘lgan astma alomatlarini yomonlashtirishi mumkin. Astma bilan kasallangan har bir ayol homiladorlik paytida xavfsiz davolash usullari haqida mutaxassis bilan maslahatlashishi kerak.
  • Perinatal kardiomiopatiya: Bu homiladorlik paytida yoki chaqaloq dunyoga kelgandan keyin darhol paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan yurak kasallanishining bir turidir. Alomatlari oyoq shishishi, past qon bosimi, charchoq kabilar bo‘lishi mumkin, lekin bu holat homilador ayolning sog‘ligiga jiddiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin va odatda maxsus davolanishni talab qiladi;
  • O‘pka emboliyasi o‘pka arteriyasida qon «quyqalanib» qolganda paydo bo‘ladi. Emboliya nafas olishga keskin taʼsir qilishi va yo‘tal, ko‘krak qafasidagi og‘riqlar hamda nafas siqilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Tegishli: Homiladorlikda pnevmoniya

Qanday yengish mumkin?

Nafas yetishmasligini his qilish noqulaylik tug‘dirishi va odamning jismoniy faoliyatini cheklashi mumkin.

Xayriyatki, homilador ayollarni qulayroq nafas olishiga yordam beradigan usullari bor. Jumladan,

  • To‘g‘ri holatda harakatlanish bachadonning diafragmadan maksimal uzoqlashishga imkon beradi;
  • Homiladorlik maxsus tasmalari yaxshi holatda harakatlanishni osonlashtiradi;
  • Orqaning yuqori qismiga qo‘shimcha yostiqlar qo‘yib uxlash bachadonni pastga «yo’nalishiga» sabab bo’ladi va o‘pkaga ko‘proq yengillik beradi;
  • Nafas olishni yengillashtiruvchi tug‘ruqda keng qo‘llanadigan nafas olish mashqlarini bajarish.

Agar ayolda nafas qisilishiga sabab bo’layotgan boshqa asosiy kasallik bo’lsa, shifokorning davolanish bo’yicha tavsiyalariga amal qilish kerak.

Homilador ayollar quyidagi hollarda darhol tibbiy yordamga murojaat qilishlari kerak :

  • lablar, barmoqlar yoki oyoq barmoqlari ko’karishi;
  • yurak tez urishi;
  • nafas olayotganda og‘riq;
  • yomonlashib borayotgan nafas siqishi;
  • xirillash.

Foydali maqola: Homiladorlikda kamqonlik — belgilari, sabablari va davolash usullari

admin

Recent Posts

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…

2 года ago

Homiladorlikda qon bosimi oshishi — turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…

2 года ago

Chaqaloq qusishi — sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…

2 года ago

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…

2 года ago

Homiladorlik xolestazi kasalligi

Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…

2 года ago

Bolaning ichi yashil kelsa, nima qilish kerak?

Najasning eng tashvishli o'zgarishlaridan biri bu - uning odatdagidan boshqacha ko'rinishda bo'lishi sanaladi. Chaqaloq yoki…

2 года ago