Homiladorlik vaqtida tugʻilajak farzandingiz yurak urishi normada ekanini qanday bilish mumkin? Bu savol ayollarda aksariyat hollarda homilaning yurak urishini birinchi marta eshitganida paydo boʻladi. Ushbu tovush sizni hayratlantirishi ham tabiiy hol. Chunki odatda ayollar homiladorlik davri davomida chaqaloqning yuragi qanchalik tez urishidan bexabar boʻladi.
Koʻpchilik ayollar homila yurak urishini birinchi marta eshitganda bu holatni tasvirlash uchun “duk-duk” kabi taqlid soʻzlardan foydalanadi. Homiladorlik paytida yurak urish tezligi kattalarning yurak urish tezligidan yuqoriroq, lekin homilaning normal yurak urishi homiladorlik davriga va kun qismlariga qarab oʻzgaradi.
Homila taxminan besh haftalik boʻlganda chaqaloqning yuragi ura boshlaydi. Bu vaqtda homilaning normal yurak urish tezligi onaning yurak urishi bilan bir xil boʻladi: daqiqasiga 80 dan 85 zarbagacha uradi. Shu vaqtdan boshlab, birinchi oyda yurak urishi kuniga taxminan uch marta tezlashadi. Shifokoringiz ultratovush yordamida homila necha oylik boʻlganini aniqlashda yurak urish tezligidan foydalanishi mumkin.
Homilaning yuragi urishda davom etar ekan uning tushish xavfi kamayadi. Ammo yurak urishi bir hafta yoki undan koʻproq vaqtga toʻxtab qolsa, oxir-oqibat homila tushishi (abort)ga olib kelishi mumkin.
Toʻqqizinchi haftaga kelib, chaqaloq yuragi daqiqasiga oʻrtacha 175 marta uradi. Shu vaqtdan boshlab bu tezlik sekinlay boshlaydi va daqiqasiga taxminan 120-180 zarbani tashkil etadi. Homiladorlikning soʻnggi 10-haftasida homilaning normal yurak urish tezligi yana sekinlashadi, ammo shunda ham kattalar yurak urishidan taxminan ikki baravar tezroq uradi. Homilangizning normal yurak urish koʻrsatkichini «Lalu» ilovasi orqali bilib olishingiz mumkin.
Kichkintoyingizning yurak urishi, xuddi sizning yurak urish tezligingiz kabi, kun va tun davomida tabiiy ravishda oʻzgaradi. Jismoniy harakatlar yoki uyqu payti yurak normadan koʻra tezroq yoki sekinroq uradi. Farzandingizning yurak urishi bilan bogʻliq har qanday jiddiy oʻzgarishlar haqida shifokorni xabardor qilib turish tavsiya etiladi.
Baʼzi ota-onalar uy sharoitida ham farzandining yurak urishini har kun kuzatib borish haqida oʻylaydilar. Ushbu jarayonning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari mavjud.
Muhim: Teratogen nima?
Ayrim ota-onalar uydan turib chaqalogʻining yurak urishini kuzatib turganda oʻzlarini xotirjam his qiladilar. Lekin bunday vaqtlar uy sharoitida turli doppler kabi uskunalardan foydalanmagan maʼqul. Chunki doppler tinglash moslamasidan uzoq vaqt yoki notoʻgʻri foydalanish yoxud notoʻgʻri talqin qilish turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Tugʻruq paytida homilaning yurak urishini tekshirish auskultatsiya orqali amalga oshirilishi mumkin, yaʼni tugʻruqning turli bosqichlarida stetoskop, fetoskop yoki doppler yordamida, baʼzida esa tashqi kuzatuv vositalari orqali buni aniqlash imkoniyati mavjud. Ayrim hollarda esa shifokorlar doimiy tashqi yoki ichki monitoring tekshiruvini tavsiya qilishlari ham mumkin.
Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…
Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…
Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…
Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…
Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…
Najasning eng tashvishli o'zgarishlaridan biri bu - uning odatdagidan boshqacha ko'rinishda bo'lishi sanaladi. Chaqaloq yoki…