Lalu
Qanday ishlaydi Funksiyalari Kalkulyatorlar Tug‘ilish sanasi Ovulyatsiya Haftalar → oylar XGCH Maqolalar Savol-javob
Salomatlik

Homiladorlik paytida homilaning yurak urishi oʻzgarishi

Homiladorlik vaqtida tugʻilajak farzandingiz yurak urishi normada ekanini qanday bilish mumkin? Bu savol ayollarda aksariyat hollarda homilaning yurak urishini birinchi marta eshitganida paydo boʻladi. Ushbu tovush sizni hayratlantirishi…

homilaning yurak urishi

Homiladorlik vaqtida tugʻilajak farzandingiz yurak urishi normada ekanini qanday bilish mumkin? Bu savol ayollarda aksariyat hollarda homilaning yurak urishini birinchi marta eshitganida paydo boʻladi. Ushbu tovush sizni hayratlantirishi ham tabiiy hol. Chunki odatda ayollar homiladorlik davri davomida chaqaloqning yuragi qanchalik tez urishidan bexabar boʻladi.

Farzandingizning yurak urishi qanday oʻzgaradi

Koʻpchilik ayollar homila yurak urishini birinchi marta eshitganda bu holatni tasvirlash uchun “duk-duk” kabi taqlid soʻzlardan foydalanadi. Homiladorlik paytida yurak urish tezligi kattalarning yurak urish tezligidan yuqoriroq, lekin homilaning normal yurak urishi homiladorlik davriga va kun qismlariga qarab oʻzgaradi.

Homiladorlikning turli davrlarida homila yurak urishi

Homila taxminan besh haftalik boʻlganda chaqaloqning yuragi ura boshlaydi. Bu vaqtda homilaning normal yurak urish tezligi onaning yurak urishi bilan bir xil boʻladi: daqiqasiga 80 dan 85 zarbagacha uradi. Shu vaqtdan boshlab, birinchi oyda yurak urishi kuniga taxminan uch marta tezlashadi. Shifokoringiz ultratovush yordamida homila necha oylik boʻlganini aniqlashda yurak urish tezligidan foydalanishi mumkin.

Homilaning yuragi urishda davom etar ekan uning tushish xavfi kamayadi. Ammo yurak urishi bir hafta yoki undan koʻproq vaqtga toʻxtab qolsa, oxir-oqibat homila tushishi (abort)ga olib kelishi mumkin.

Toʻqqizinchi haftaga kelib, chaqaloq yuragi daqiqasiga oʻrtacha 175 marta uradi. Shu vaqtdan boshlab bu tezlik sekinlay boshlaydi va daqiqasiga taxminan 120-180 zarbani tashkil etadi. Homiladorlikning soʻnggi 10-haftasida homilaning normal yurak urish tezligi yana sekinlashadi, ammo shunda ham kattalar yurak urishidan taxminan ikki baravar tezroq uradi. Homilangizning normal yurak urish koʻrsatkichini «Lalu» ilovasi orqali bilib olishingiz mumkin.

Homila yurak urishining kun davomida oʻzgarishi

Kichkintoyingizning yurak urishi, xuddi sizning yurak urish tezligingiz kabi, kun va tun davomida tabiiy ravishda oʻzgaradi. Jismoniy harakatlar yoki uyqu payti yurak normadan koʻra tezroq yoki sekinroq uradi. Farzandingizning yurak urishi bilan bogʻliq har qanday jiddiy oʻzgarishlar haqida shifokorni xabardor qilib turish tavsiya etiladi.

Chaqaloq yurak urishini tekshirib borish

Baʼzi ota-onalar uy sharoitida ham farzandining yurak urishini har kun kuzatib borish haqida oʻylaydilar. Ushbu jarayonning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari mavjud.

Muhim: Teratogen nima?

Uyda chaqaloq yurak urishini kuzatish

Ayrim ota-onalar uydan turib chaqalogʻining yurak urishini kuzatib turganda oʻzlarini xotirjam his qiladilar. Lekin bunday vaqtlar uy sharoitida turli doppler kabi uskunalardan foydalanmagan maʼqul. Chunki doppler tinglash moslamasidan uzoq vaqt yoki notoʻgʻri foydalanish yoxud notoʻgʻri talqin qilish turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Tugʻruq vaqtida chaqaloq yurak urishini kuzatish

Tugʻruq paytida homilaning yurak urishini tekshirish auskultatsiya orqali amalga oshirilishi mumkin, yaʼni tugʻruqning turli bosqichlarida stetoskop, fetoskop yoki doppler yordamida, baʼzida esa tashqi kuzatuv vositalari orqali buni aniqlash imkoniyati mavjud. Ayrim hollarda esa shifokorlar doimiy tashqi yoki ichki monitoring tekshiruvini tavsiya qilishlari ham mumkin.

Foydali: Homiladorlikda ko’krakdagi o’zgarishlar

Fertil davringizni hozir aniqlang

Oxirgi hayzingiz va hayz davri uzunligini kiriting — bepul kalkulyator sizning olti kuningizni aniqlab beradi.

Ulashish
👩‍⚕️

admin

Lalu tibbiy taqrizchisi

Hayz davri, homiladorlik va chaqaloq haqidagi kontentimizni yozadigan va tekshiradigan Lalu klinik jamoasining a’zosi.

Davomini o‘qing

Barcha maqolalar
Salomatlik chaqaloq qayt qilishi

Chaqaloq qusishi – sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko’pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta bu muammo bo’layotganligini ko’rishingiz mumkin. Odatda, chaqaloq qusishi davolash…

Salomatlik molchnitsa

Og’iz bo’shligi kandidozi – molochnitsa

Kandida zamburug’i kasallik keltirib chiqaruvchi zamburug’ infeksiyalarning bir turi hisoblanadi. Og’iz bo’shlig’i kandidozi (molochnitsa) deb nomlangan bu zamburug’ turi og’izda paydo bo’ladi va ichki…

Salomatlik homiladorlikda varikoz

Varikoz venalarining tug’ruqdan keyingi holati

Homiladorlikda varikoz venalar asosan homilador ayollarning oyoq qismlarida paydo boʻladi. Venalar kengayishi natijasida shishlar hosil bo’ladi. Natijada qichishishi, baʼzida esa ogʻriq paydo bo’lishi mumkin…