Mastit bu — bir yoki ikkala ko’kraklardagi sut bezi to’qimalarida infeksiya paydo bo’lishi bilan kechadigan kasallik. Bu odatda emizikli ayollarda kelib chiqadi.
Ko’krakda ko’pincha qattiq, og’riqli soha bo’lishi mumkin. Bu holat sut kanalining bekilib qolishi yoki bakteriayalarning teri orqali ko’krakka kirishi natijasida yuzaga keladi. Ko’pincha bu holat bola tug’ilgandan boshlab dastlabki 3 oy ichida rivojlanadi, lekin 2 yildan so’ng o’z belgilarini yuzaga chiqaradi.
Ba’zi onalar o’z chaqaloqlarini sutdan noto’g’ri ajratishlari natijasida ham ularda mastit kelib chiqadi. Ko’pigina holatlarda, mastit paytida emizishni davom ettirish kerak. Mastit odatda, faqat bitta ko’krakda bo’ladi.
Muhim: Homiladorlikda ko’krakdagi o’zgarishlar
Mastit belgilari tezkorlik bilan rivojlanishi mumkin. Bular quyidagilar:
Quyidagi alomatlar mavjud bo’lishi mumkin:
Davolashning birinchi yo’nalishi bu o’z-o’zidan yordam beradigan vositalardir, masalan, ovqatlantirish paytida ko’krak to’g’ri drenajlanishi ta’minlanadi.
Shifokor infeksiyani davolash maqsadida antibiotiklarni buyurishi mumkin. Ular shuningdek, agar sababi shu bo’lsa, tiqilib qolgan sut yo’llarini davolash usullarini ham tavsiya qiladilar.
Ba’zi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bunda antibiotiklar yordam bermaydi va ularni emizish paytida qo’llash man etilgan bo’lishi mumkin. Dastlab dorivor bo’lmagan vositalarni qo’llab ko’rish kerak.
Agar asoratlar yuzaga kelsa va vaziyat tez rivojlansa, va bu jiddiyroq bo’lib ko’rinsa, kasalxonaga yotqizish va antibiotiklar bilan davolash tavsiya etiladi.
Foydali: Bolalarni ko‘krak suti bilan uzoq vaqt oziqlantirishning foydali va zararli tomonlari
Mastit, qachonki emizishda odatda, sut yo’lining bekilib qolishi yoki tiqin paydo bo’lishi natijasida yuzaga keladi. Bloklanish sut turib qolishiga sabab bo’ladi, qachonki, ishlab chiqarilgan sut ovqatlantirish paytida chiqmay qoladi va ko’krakda qoladi.
Bunday vaziyatda chaqaloqda quyidagi holatlar yuzaga kelishi mumkin:
Sut kanallari masalan, qattiq kiyim tufayli ko’krakdagi bosim sabab ham bekilib qolishi mumkin. Ko’pincha, onalar ko’krak bolaning burun yo’lini bekitib qo’ymasligi uchun har kuni bir xil joyiga barmoq qo’yishadi. Bu soha keyinchalik tiqilib qolgan kanalga aylanadi.
Qiziqarli: Bola rivojlanish bosqichlari: Eshitish va tovush chiqarish
Sutning to’g’ri chiqarilishiga to’sqinlik qiladigan har qanday narsa odatda sutning turib qolishiga va bu ko’pincha sut yo’llarining tiqilib qolishiga olib keladi. Umuman olganda, bakteriyalar yangi ona sutida ko’paymaydi. Biroq, agarda sut yo’llari bekilib qolsa yoki ularda sut turib qolsa, shu yerda infeksiyalar ko’payish ehtimolligi yuqori bo’ladi.
Teri yuzasidagi bakteriyalar ko’krakka kichik yoriqlar yoki teshikchalar orqali kirishi mumkin.
Mastit kabi kasalliklarning yuzaga kelishida birlamchi omil sifatida yosh onaning bolani to’g’ri emizish haqidagi bilim va ko’nikmalarining yetishmasligi yotadi.
Bu kabi muammolarni osonroq va zararsiz hal etish uchun «Lalu» jamoasi yosh onalar uchun zarur bo’lgan foydali bilimlarni tayyorlab kelmoqda.
Quyidagi o’z-o’zini parvarish qilish usullari ko’pincha emizish paytida bekilib qolgan sut yo’lini ochish uchun qo’llaniladi:
Foydali maqola: Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi
Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…
Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…
Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…
Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…
Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…
Najasning eng tashvishli o'zgarishlaridan biri bu - uning odatdagidan boshqacha ko'rinishda bo'lishi sanaladi. Chaqaloq yoki…