Onalik instinkti

Homiladorlik payti ona boʻlish haqida tashvishlangangizda yaqinlaringiz sizga “Nima qilish kerakligini farzandli boʻlganingda bilib olasan” deb aytishgan boʻlsa kerak. Evolyutsion jihatdan onalik instinkti tushunchasi barchaga maʼlum. Qizigʻi ham shundaki, ona boʻlganingizdan soʻng  siz bolangizga qanday gʻamxoʻrlik qilishni avtomatik tarzda his qilasiz.

Ammo farzand dunyoga keltirganingizda sizga chaqaloqni qanday tarbiyalash, qanday oziqlantirish va uxlatish kabi maʼlumotlarni jamlagan «maxsus koʻrsatma» berilmaydi.

Aslida onalik instinkti bu bir afsona va ushbu instinktga tayanish unchalik toʻgʻri emas. Agar ona boʻliboq farzandni qanday tarbiyalash kerakligini anglay olmagan boʻlsangiz, xavotirlanmang!

Onalik instinkti nima?

Onalik instinktiga aniq izoh mavjud emas. Baʼzilar uchun bu ona boʻlish istagini bildirsa, boshqalar esa uni farzand tarbiyalashda nima toʻgʻri va notoʻgʻri ekanligi haqidagi axloqiy yoki emotsional koʻrsatma deb tushunadi. Ayrimlar uchun esa onalik instinkti farzandni zararli narsalardan himoya qilishdir. Biroq hech qanday ilmiy tadqiqot onalik instinktining nima ekanligini aniq isbotlamagan.

Qiziqarli: Homiladorlik davridagi xohish-istaklar nimadan dalolat?

Onalik instinkti mavjudmi?

Homiladorlik paytida va undan keyin tana hamda miyada turli oʻzgarishlar yuz berishi tabiiy hol. Tugʻruqdan keyingi oksitotsin (“baxt gormoni”) ona va uning yangi chaqalog’i oʻrtasidagi aloqaga oʻzining ijobiy taʼsirini koʻrsatadi. Bolani emizish onada oksitotsin darajasini kuchaytiradi, bu esa bolaga boʻlgan mehr va  bogʻlanish hissini yanada oshiradi.

Boshqa tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, homiladorlik ayollar miya tuzilishini sezilarli darajada oʻzgartiradi. 2016-yildagi tadqiqotga koʻra, homiladorlik paytida miyadagi kulrang moddaning oʻzgarish darajasi onaning oʻz farzandiga qanchalik yaqin boʻlishidan darak beradi. Lekin bu homilador ayol farzandini dunyoga keltirgandan keyin onalik instinkti orqali hammasini toʻliq oʻrganib oladi degani emas.

Onalik instinkti kuzatilmasa?

Farzandingiz tugʻilgandan keyin onalik instinkti “lampochkasi” toʻsatdan yonmasa, tashvishlanishning hojati yoʻq. Onalik instinktiga yoki ushbu tushunchaga tayanishdan koʻra, boshqalardan, jumladan «Lalu» mutaxassislaridan yordam va maslahat olgan maʼqul.

Eng kerakli tavsiyalar esa quyidagicha:

  • Farzandingizning sogʻligʻi haqida kuchli xavotir paydo bo’lsa, pediatrga qoʻngʻiroq qiling;
  • Emizish bilan bogʻliq muammolarga duch kelganingizda, laktatsiya boʻyicha maslahatchiga uchrashing;
  • Agar tushkunlikka tushsangiz, perinatal ruhiy salomatlik boʻyicha terapevtga murojaat qiling;
  • Ona boʻlish qanchalik qiyinligini tushunadigan, ayollarni qoʻllab-quvvatlovchi birlashmalardan yordam oling.
  • «Lalu» mobil ilovasini yuklab oling. Va doimo kuzatib boring. Loyiha yosh onalarga bola parvarishi boʻyicha bilim va koʻnikmalar berishni oʻz oldiga maqsad qilgan.

Baʼzida onalik instinktining yoʻqligi ayollarda tugʻruqdan keyingi depressiyaga sabab boʻlishi mumkin. Agar siz oʻzingizni aybdor, beparvo yoki beeʼtibordek his qilayotgan boʻlsangiz, sizda tugʻruqdan keyingi ruhiy salomatlik buzilishi kuzatilayotgan boʻlishi mumkin. Bunday vaziyatda sogʻliqni saqlash mutaxassislariga imkon qadar tezroq murojaat qiling.

Onalik instinktiga tayanishning salbiy tomonlari

Garchi onalik instinkti bola tarbiyasida yordam beradigandek tuyulsa-da, ushbu koʻrsatmaga haddan tashqari tayanish aslida salbiy oqibatlarga olib kelish ehtimoli mavjud. Masalan, hali onalik nima ekanligini toʻliq anglamasdan oʻziga ortiqcha ishonish notoʻgʻri (farzand uchun xavfli) qaror qabul qilishga sabab boʻlishi mumkin.

Shu sababdan, «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlangan ishonchli hamda foydali ma’lumotlardan doimo foydalanib boring, zarur hollarda «Lalu» jamoasi mutaxassislariga murojaat qiling.

admin

Recent Posts

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…

2 года ago

Homiladorlikda qon bosimi oshishi — turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…

2 года ago

Chaqaloq qusishi — sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…

2 года ago

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…

2 года ago

Homiladorlik xolestazi kasalligi

Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…

2 года ago

Bolaning ichi yashil kelsa, nima qilish kerak?

Najasning eng tashvishli o'zgarishlaridan biri bu - uning odatdagidan boshqacha ko'rinishda bo'lishi sanaladi. Chaqaloq yoki…

2 года ago