Lalu
Qanday ishlaydi Funksiyalari Kalkulyatorlar Tug‘ilish sanasi Ovulyatsiya Haftalar → oylar XGCH Maqolalar Savol-javob
Salomatlik

Onalik instinkti

Homiladorlik payti ona boʻlish haqida tashvishlangangizda yaqinlaringiz sizga “Nima qilish kerakligini farzandli boʻlganingda bilib olasan” deb aytishgan boʻlsa kerak. Evolyutsion jihatdan onalik instinkti tushunchasi barchaga maʼlum. Qizigʻi ham…

onalik instinkti

Homiladorlik payti ona boʻlish haqida tashvishlangangizda yaqinlaringiz sizga “Nima qilish kerakligini farzandli boʻlganingda bilib olasan” deb aytishgan boʻlsa kerak. Evolyutsion jihatdan onalik instinkti tushunchasi barchaga maʼlum. Qizigʻi ham shundaki, ona boʻlganingizdan soʻng  siz bolangizga qanday gʻamxoʻrlik qilishni avtomatik tarzda his qilasiz.

Ammo farzand dunyoga keltirganingizda sizga chaqaloqni qanday tarbiyalash, qanday oziqlantirish va uxlatish kabi maʼlumotlarni jamlagan «maxsus koʻrsatma» berilmaydi.

Aslida onalik instinkti bu bir afsona va ushbu instinktga tayanish unchalik toʻgʻri emas. Agar ona boʻliboq farzandni qanday tarbiyalash kerakligini anglay olmagan boʻlsangiz, xavotirlanmang!

Onalik instinkti nima?

Onalik instinktiga aniq izoh mavjud emas. Baʼzilar uchun bu ona boʻlish istagini bildirsa, boshqalar esa uni farzand tarbiyalashda nima toʻgʻri va notoʻgʻri ekanligi haqidagi axloqiy yoki emotsional koʻrsatma deb tushunadi. Ayrimlar uchun esa onalik instinkti farzandni zararli narsalardan himoya qilishdir. Biroq hech qanday ilmiy tadqiqot onalik instinktining nima ekanligini aniq isbotlamagan.

Qiziqarli: Homiladorlik davridagi xohish-istaklar nimadan dalolat?

Onalik instinkti mavjudmi?

Homiladorlik paytida va undan keyin tana hamda miyada turli oʻzgarishlar yuz berishi tabiiy hol. Tugʻruqdan keyingi oksitotsin (“baxt gormoni”) ona va uning yangi chaqalog’i oʻrtasidagi aloqaga oʻzining ijobiy taʼsirini koʻrsatadi. Bolani emizish onada oksitotsin darajasini kuchaytiradi, bu esa bolaga boʻlgan mehr va  bogʻlanish hissini yanada oshiradi.

Boshqa tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, homiladorlik ayollar miya tuzilishini sezilarli darajada oʻzgartiradi. 2016-yildagi tadqiqotga koʻra, homiladorlik paytida miyadagi kulrang moddaning oʻzgarish darajasi onaning oʻz farzandiga qanchalik yaqin boʻlishidan darak beradi. Lekin bu homilador ayol farzandini dunyoga keltirgandan keyin onalik instinkti orqali hammasini toʻliq oʻrganib oladi degani emas.

Onalik instinkti kuzatilmasa?

Farzandingiz tugʻilgandan keyin onalik instinkti “lampochkasi” toʻsatdan yonmasa, tashvishlanishning hojati yoʻq. Onalik instinktiga yoki ushbu tushunchaga tayanishdan koʻra, boshqalardan, jumladan «Lalu» mutaxassislaridan yordam va maslahat olgan maʼqul.

Eng kerakli tavsiyalar esa quyidagicha:

Baʼzida onalik instinktining yoʻqligi ayollarda tugʻruqdan keyingi depressiyaga sabab boʻlishi mumkin. Agar siz oʻzingizni aybdor, beparvo yoki beeʼtibordek his qilayotgan boʻlsangiz, sizda tugʻruqdan keyingi ruhiy salomatlik buzilishi kuzatilayotgan boʻlishi mumkin. Bunday vaziyatda sogʻliqni saqlash mutaxassislariga imkon qadar tezroq murojaat qiling.

Onalik instinktiga tayanishning salbiy tomonlari

Garchi onalik instinkti bola tarbiyasida yordam beradigandek tuyulsa-da, ushbu koʻrsatmaga haddan tashqari tayanish aslida salbiy oqibatlarga olib kelish ehtimoli mavjud. Masalan, hali onalik nima ekanligini toʻliq anglamasdan oʻziga ortiqcha ishonish notoʻgʻri (farzand uchun xavfli) qaror qabul qilishga sabab boʻlishi mumkin.

Shu sababdan, «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlangan ishonchli hamda foydali ma’lumotlardan doimo foydalanib boring, zarur hollarda «Lalu» jamoasi mutaxassislariga murojaat qiling.

Fertil davringizni hozir aniqlang

Oxirgi hayzingiz va hayz davri uzunligini kiriting — bepul kalkulyator sizning olti kuningizni aniqlab beradi.

Ulashish
👩‍⚕️

admin

Lalu tibbiy taqrizchisi

Hayz davri, homiladorlik va chaqaloq haqidagi kontentimizni yozadigan va tekshiradigan Lalu klinik jamoasining a’zosi.

Davomini o‘qing

Barcha maqolalar
Salomatlik chaqaloq qayt qilishi

Chaqaloq qusishi – sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko’pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta bu muammo bo’layotganligini ko’rishingiz mumkin. Odatda, chaqaloq qusishi davolash…

Salomatlik molchnitsa

Og’iz bo’shligi kandidozi – molochnitsa

Kandida zamburug’i kasallik keltirib chiqaruvchi zamburug’ infeksiyalarning bir turi hisoblanadi. Og’iz bo’shlig’i kandidozi (molochnitsa) deb nomlangan bu zamburug’ turi og’izda paydo bo’ladi va ichki…

Salomatlik homiladorlikda varikoz

Varikoz venalarining tug’ruqdan keyingi holati

Homiladorlikda varikoz venalar asosan homilador ayollarning oyoq qismlarida paydo boʻladi. Venalar kengayishi natijasida shishlar hosil bo’ladi. Natijada qichishishi, baʼzida esa ogʻriq paydo bo’lishi mumkin…