Salomatlik

Tug’ruq alomatlari

Tug‘ruq sanasiga 2 hafta qolganda, yoki umuman tug‘ruq muddati hali umuman yaqinlashmagan bo‘lsada, siz tug‘ruqda nimalar sodir bo‘lishi haqida o‘ylayotgan bo‘lishingiz mumkin. Har bir ayol organizmi turlicha bo‘lib, tug‘ruq alomatlari yoki belgilari chaqaloqning tug‘ilishi boshqasidan farq qilishi mumkin.
Shu bilan birga, tug’ruq kuni yaqinlashgan sari chaqaloqni yaqinda tug‘ilishini ko‘rsatadigan umumiy belgilari ham yo’q emas.

Diareya

Homiladorlikda har qanday vaqtda diareya sodir bo‘lishi mumkin. Ovqatlanishdagi o‘zgarishlar, gormonal o‘zgarishlar yoki prenatal vitaminlar diareyaga olib kelishi mumkin.
Agar tug‘ish sanangizga yaqinlashayotgan bo‘lsa, odatdagidan ko‘ra bo‘shashgan axlat tug‘ruq yaqinlashayotganini bildiradi. Agar ich ketish alomatlari yengil bo‘lsa, suv iching va tug‘ruqning boshqa belgilariga e’tibor bering.
Agar sizda bir-ikki kundan ortiq isitma, qattiq qorin og‘rig‘i yoki diareya bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling.

Tegishli maqola: Homiladorlikda diareya

Bachadon pastga tushishi

Ayollarning chaqaloqlari «tushib qolgandek» bo‘lishi haqida gapirganini eshitgan bo‘lishingiz mumkin. Ular ta’riflayotgan jarayon bachadon pastga tushishi deyiladi. Chaqaloq tug‘ilishga tayyorgarlik ko‘rish uchun tos boshlig‘iga tushadi.
Kichkintoy tos bo‘shlig‘iga o‘tgandan so‘ng, siz qovuq va bachadon bo‘yni ustidan ko‘proq bosim his qilasiz va tez-tez siyish istagi paydo bo‘ladi.

Foydali maqola: Homiladorlikda qorinda bo’ladigan o’zgarishlar (kichikligi, kattaligi, pastda va yuqorida joylashishi)

Yetilgan bachadon bo’yni

Shifokoringiz bachadonni tekshirib ko‘rish orqali homila qanday harakatlanayotgani haqida yetarli ma’lumotlarni berishi mumkin. Bu tekshiruv odatda homiladorlikda oxirgi vaqtgacha o‘tkazilmaydi. Sizning bachadongiz kengaygan va hattoki ingichkalashib cho‘zilgan bo‘lishi mumkin.
Ba’zi ayollar bachadon bo‘yni (sheyka) bir necha santimetr kengaygan holda ham bir necha hafta davomida yurishlari ham mumkin. Nima bo‘lganda ham bu tug‘ruq yaqinlashayotganining belgisidir.

Tug’ruq kunini aniqlash uchun «Lalu» mobil ilovamizni yuklab oling. Yuklab olish uchun link: https://bit.ly/lalu-app

Tug’ruq alomatlari: Ajralma ko’payishi

Bachadonni shilliq qavati qismlari (parchalari) 37-40 haftalar orasida tushishi mumkin. Bu yoqimli holat emas, ammo bu to‘siq chaqalog‘ingiz son-sanoqsiz mikroblar va bakteriyalardan himoya qilishga yordam beradi.
Bachadon bo‘yni yumshab, yetarlicha ochilganda, shilimshiqlar tanadan chiqadi. Bunda shilimshiqlar bilan birga yengil, kam miqdorda vaginal qon kelishi kuzatilishi ham mumkin va odatda bu normal holatdir. Tug‘ruq payti yaqin bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, u to‘liq boshlanishiga bir necha hafta vaqt ketishi mumkin.

Agar homiladorlik davrida, hatto tug’ruq payti yaqinlashgan taqdirda ham kuchli qon ketishi kuzatilsa, tezda shifokorga murojaat qiling. Chunki bu holat homila va ona hayotiga jiddiy xavf tug’dirishi mumkin.

Muhim: Homiladorlikda bachadon tonusi oshishi

To’lg’oq alomatlari sezilishi

Tug’ruq alomatlari sifatida yoki umuman tug’ruqning ilk belgilari sifatida homilador ayolda yolg‘on to‘lg‘oq belgilari tez-tez sodir bo‘lishi mumkin. Bu holatlar bachadonni tug‘ishga tayyorlaydi, odatda bu og‘riqsiz va odatda bir maromda davom etmaydi.

Agar ular kuchaysa, yoki og‘riqli bo‘lsa, ovqatlanish, suv ichish yoki yotish ularni yengillashtirmasa, bu to‘lg‘oq haqiqiy bo‘lishi ham mumkin. Ularni sodir bo‘lishi orasidagi vaqtni kuzating va to‘lg‘oq 3-5 daqiqa oralig’ida sodir bo‘lsa, shifokoringizga xabar bering.

Haqiqiy to’lg’oq odatda muntazam, 3-5 daqiqa ichida takrorlanib turadi va 40-50 soniyagacha davom etadi. Shu bilan birga haqiqiy to’lg’oqqa asta-sekin kuchayish ham xos. Yolg’on to’lg’oq esa, nomuntazam xarakterga ega.

Suv kelishi

Amniotik parda suyuqlik bilan to’lgan membrana bo’lib, u chaqaloqni bachadonda himoya qiladi. Tug’ilishning boshida yoki tug’ilish paytida sizning membranangiz yorilib ketadi.

Parda butunligi buzilganda, vaginangizdan tartibsiz yoki doimiy ravishda oz miqdorda suyuqlik oqib chiqishini, umuman aniqroqroq aytganda suyuqlik oqimini sezishingiz mumkin. Agar sizda ushbu holat kuzatilsa yoki bu suyuqlik amniotik suyuqlik, siydik yoki boshqa narsa ekanligiga shubhalansangiz darhol shifokorga murojaat qiling.

Tanangizni tinglang!

Tug‘ruq har xil sur’atda va paytda sodir bo‘ladi, bu har bir ayol organizmiga bog‘liq.
Tanangizda o‘zgarish bo‘layotganini va chaqalog‘ingizni dunyoga keltirishga tayyorlanayotganingizda, har qanday yangi va g‘ayrioddiy narsalarga e’tibor bering. Siz tug’ruqqacha (tug‘ruqqa hali biroz vaqt bor bo‘lisa ham) yuqoridagi belgilarning ko‘pchiligiga duch kelishingiz. Shu bilan birga, suv kelishi kuzatilishi bilan bir necha soat ichida chaqaloqni dunyoga keltirishingiz mumkin.

Bu noaniqlik sizni xavotirga solishi mumkin, ammo, haqiqiy to‘lg‘oq boshlangandan keyin birinchi marta ona bo‘layotgan ayollar uchun tug‘ishning o‘rtacha davomiyligi 12 dan 24 soatgacha bo‘ladi.

Yosh onaning tug’ruq, tug’ruq jarayoni haqida bilimga ega bo’lishi, tug’ruqni oson va ortiqcha tug’ruq asoratlarisiz o’tkazish uchun unga tayyorlanish ona va bolaning kelgusi salomatligida muhim ahamiyatga ega. Ushbu muhim jarayonga tayyorlanishda «Lalu’ jamoasi tomonidan tayyorlangan maxsus darslar sizga yordam berishi mumkin.

Ushbu maqola Mayoclinic.org, Healthline.com hamda My.clevelandclinic.org ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.

admin

Recent Posts

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…

2 года ago

Homiladorlikda qon bosimi oshishi — turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…

2 года ago

Chaqaloq qusishi — sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…

2 года ago

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…

2 года ago

Homiladorlik xolestazi kasalligi

Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…

2 года ago

Bolaning ichi yashil kelsa, nima qilish kerak?

Najasning eng tashvishli o'zgarishlaridan biri bu - uning odatdagidan boshqacha ko'rinishda bo'lishi sanaladi. Chaqaloq yoki…

2 года ago