Salomatlik

Tug’ruqdan keyin ayolni xavfdan ogohlantiruvchi belgilar

Tug‘ruqdan keyin tanangiz juda ko‘p o‘zgarishlarni boshdan kechiradi va buni davolash uchun vaqt kerak. Tug‘ruqdan keyin bir hafta mobaynida og‘riq va juda qattiq charchoq kabi baʼzi noqulayliklarni his qilish odatiy holdir. Ammo baʼzi ayollarda tug‘ruqdan keyin jiddiy, hayot uchun xavfli bo‘lgan sog‘liq muammolarining asoratlari bo‘ladi. Agar o‘zingizni qanday his qilayotganingizdan xavotirda bo‘lsangiz yoki og‘riq, noqulayliklar bo‘lsa, shifokoringiz bilan bog’laning.

Barcha ayollar tug‘ruqdan keyingi parvarishga muhtoj. Tug‘ruqdan keyingi parvarish — yangi tuqqan ayollarga tibbiy yordamidir. O‘zingizni yaxshi his qilsangiz ham, tug‘ruqdan keyingi barcha tekshiruvlardan o‘ting. Bular sizni tug‘ruqdan yaxshi tuzalayotganingizga ishonch hosil qilishingizga yordam beradigan tibbiy ko‘riklardir.

Tug‘ruqdan keyingi parvarish juda muhim, chunki yangi onalar tug‘ruqdan keyingi kunlar va haftalar mobaynida jiddiy, baʼzan esa hayot uchun xavfli bo‘lgan xatarda bo‘lishadi.

Tug’ruqdan keyin ogohlantiruvchi belgilar

Umuman olganda, jiddiy sog‘liq muammolarining belgilari ko‘krak qafasidagi og‘riq, nafas olishini qiyinlashuvi, kuchli qon ketishi va kuchli og‘riq kabilar kiradi. 

Agarda sizda quyidagi belgilar yoki alomatlar bo‘lsa, shifokoringizga qo‘ng‘iroq qiling. 

Infeksiya belgilari:

  • 38.0°C dan yuqori isitma, tanangiz infeksiyani keltirib chiqaradigan virus yoki bakteriyalarni o‘ldirishga harakat qilganda isitma paydo bo‘ladi;
  • keserva, epizyotomiya yoki perial yirtiqlar atrofida kuchayib borayotgan yoki vedileniya, og‘riq, qizarishlar;
  • Keserva — operatsiya bo‘lib, shifokoringiz qorin va bachadonni kesish orqali chaqalog‘ingizni dunyoga keltiradi.
  • Episiotiniya — tug‘ruq paytida chaqaloqni tashqariga chiqarishga yordam berish uchun vaginaning ochilishida qilingan  kesma;
  • Oraliq yirtilishi — qin va to‘g‘ri ichak o‘rtasidagi tug‘ruq vaqtidagi yirtilish hisoblanadi.
  • Siydik chiqarishda achishish yoki og‘riqlar , bel yon tomonda og‘riq yoki tez-tez siyishga moyillik.
  • Ko‘krakdagi qizil chiziqlar yoki yangi paydo bo‘lgan shishlar . Sizda mustit deb ataladigan ko‘krak infeksiyasi bo‘lishi mumkin.
  • Qorinning pastki qismida kuchli og‘riq . Sizda endometritlar yaʼni bachadon shilliq qavatining yallig‘lanishi kasalligi bo‘lishi mumkin.
  • Yomon hidli videlina. Sizda endometrit yoki bakterial vaginoz deb ataladigan infeksiya ham bo‘lishi mumkin. Vaginada maʼlum bir bakteriyalar ko‘p bo‘lganda bakterial vaginoz sodir bo‘ladi.

Tug‘ruqdan keyin sizda quyidagi belgilar yoki alomatlar bo‘lsa, 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va tez yordam chaqiring:

  • sovqotish;
  • ko’p terlash;
  • tez-tez nafas olish;
  • tez-tez yurak urishi;
  • sarosima;
  • isitma;
  • kuchli og‘riq va noqulaylik.

Boshqa sog‘liq bilan bog‘liq muammolarning belgilari:

  • oddiy hayz ko‘rishdan ko‘ra og’irroq qon ketishi yoki vaqt o‘tishi bilan kuchayib borayotgan qon ketishi. Sizda tug‘ruqdan keyingi qon ketishi holati (PPH deb ham ataladi) bo‘lishi mumkin. Holat ayolda tug’ganidan keyin kuchli qon ketishi hisoblanadi. Bu bola tug’ilgandan keyin 12 haftagacha sodir bo’lishi mumkin bo’lgan jiddiy, ammo kam uchraydigan holat.
  • Oyoqlarda, ayniqsa boldirlaringizda og‘riq, shish, qizarish, sovqotish kabi holatlar kuzatilsa. Sizda kuchli tomir trombozi bo‘lishi mumkin.
  • Ko‘rish qobiliyatining o‘zgarishi, bosh aylanishi, kuchli bosh og‘rig‘i, o‘ng qorinning yuqori qismida yoki yelkada og‘riq, nafas olishda qiynalish, tez vazn ortishi yoki oyoq, qo‘l yoki yuzni shishishi. Sizda tug‘ruqdan keyin preklampsiya holati bo‘lishi mumkin. Bu jiddiy holat hisoblanib, ayolda yuqori qon bosimi bo‘lganda va uning buyrak va jigar kabi baʼzi organlari tug‘ruqdan keyin normal holatda ishlamayotganda sodir bo‘ladi.
  • Ko‘krak qafasidagi og‘riq, yo‘tal. Sizda o‘pka emboliyasi bo‘lishi mumkin.
  • Tug‘ruqdan keyingi 10 kundan ortiq umidsizlik yoki g‘amginlik hissi. Sizda tug‘ruqdan keyingi depressiya holati bo‘lishi mumkin. Ayollarda bola tug‘ilgandan keyin depressiya paydo bo‘ladi.
  • Oshqozon og‘rishi yoki qusish.

Marchofdimes.org

admin

Recent Posts

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…

1 год ago

Homiladorlikda qon bosimi oshishi — turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…

1 год ago

Chaqaloq qusishi — sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…

1 год ago

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…

1 год ago

Homiladorlik xolestazi kasalligi

Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…

1 год ago

Bolaning ichi yashil kelsa, nima qilish kerak?

Najasning eng tashvishli o'zgarishlaridan biri bu - uning odatdagidan boshqacha ko'rinishda bo'lishi sanaladi. Chaqaloq yoki…

1 год ago