Mobil ilovani yuklab oling
Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.
Homiladorlikda isitma chiqishi bilan homiladorlikka xos qizishni o‘zaro farqlash qiyin bo‘lishi mumkin.
Homiladorlik davrida isitma chiqishi haqida bilishingiz kerak bo‘lgan muhim narsalar, shu jumladan, homilador ayollarda isitma nimaligi, tana harorati ko‘tarilib, isitma qilganda qanday dori ichish mumkinligi va isitma sizga va o‘sayotgan bolangizga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni minimallashtirish uchun shifokoringizga murojaat qilishning ahamiyati haqida quyidagi maqola orqali maʼlumot berib o‘tamiz.
Homiladorlikda isitma nima?
Isitma haqida gap ketganda, termometrdagi raqamlar sizning alomatlaringizning qay darajada og‘irligini ko‘rsatadi. Odatdagidek, homiladorlik paytida ham qoidalar bir xil: 37.7 oC daraja va undan yuqori tana harorati isitma deb hisoblanadi.
Agar haroratingiz 38,0 oC darajaga yetsa yoki unda oshishda davom etsa, yarim kechasi bo‘lsa ham shifokorga murojaat qiling.
Agar sizda shamollash yoki grippning alomatlari sezilmasa va sizning isitmangiz 37.7 oC darajaga ko‘tarilsa, uni darhol paratsetamol bilan tushirishni boshlang va o‘sha kuni shifokoringizga qo‘ng‘iroq qiling, yoki, agar haroratingiz yarim tunda ko‘tarilsa, ertasi kuni ertalab murojaat qilishingiz mumkin.
Umuman olganda, 37.7 oC darajagacha bo‘lgan pastroq isitma yoki harorat odatda siz o‘ylagandek tashvishlanadigan narsa emas. Aytish kerakki, bu eʼtiborsiz qoldiradigan narsa ham emas. Shuning uchun raqamlar ko‘tarila boshlamasligiga ishonch hosil qilish uchun termometr bilan o‘lchab, tana haroratingizni kuzatib boring.
Qiziqarli: Homiladorlikda toksikoz va uni yengillashtirish usullari
Homiladorlikda tana harorati oshishiga sabab nima?
Shamollash (O‘RVI)
Aslida, homiladorlikda shamollash kabi keng tarqalgan virusli infeksiyalarga duchor bo‘lishingiz ehtimoli yuqori. Chunki bu davrda immunitet tizimingiz o‘zgarishlarga uchraydi va tanangiz begona deb hisoblagan homilangizni rad etilishidan himoya qiladi. Natijada, odatdagidan ko‘ra, homiladorlik davri davomida ko‘proq shamollashingiz mumkin. Bu infeksiyalar natijasida esa, isitma chiqishi kuzatiladi.
Gripp
Shamollash kabi homiladorlik paytida immunitet tizimining o‘zgarishi grippni yuqtirish xavfini oshirishi mumkin.
Past darajadagi isitma shamollash kabi xavfli virusli infeksiyaning natijasi, yuqori isitma esa grippning alomati hisoblanadi. Gripp bilan kasallanganda isitma chiqishi kabi alomatlaridan tashqari, tana og‘rig‘i va titroq ham yuzaga keladi.
Diqqat! Bo‘lajak onalar homiladorlik paytida gripp bilan kasallanmasligi, imkon qadar uning oldini olishlari homila salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega!
Bakterial infeksiyalar
Baʼzida isitma antibiotiklarni talab qilishi mumkin bo‘lgan bakterial infeksiya, masalan, siydik yo‘llari infeksiyasi, buyrak infeksiyasi yoki tomoqdagi streptokokklar kabi bakterial infeksiyalar tufayli kelib chiqishi mumkin.
Listerioz
Umuman olganda, listerioz bilan kasallanish ehtimoli juda past bo‘lsa ham, homilador ayol homiladorlik paytida turli kasalliklardan ehtiyot bo‘lishi lozim.
Homiladorlik davrida listeriya bakteriyalariga duch kelmaslik uchun homilador ayollar xom go‘sht, baliq va pasterizatsiya qilinmagan pishloqni isteʼmol qilishdan saqlanishlari kerak, bu ham yuqori isitmani keltirib chiqarishi mumkin.
Homiladorlikda isitma chiqishi va COVID-19
Homiladorlikda tana harorati ko‘tarilishi sababi koronavirusning yangi kasalligi bo‘lgan COVID-19 ham bo‘lishi mumkin. Agar siz COVID-19 bilan kasallanganman deb o‘ylasangiz, darhol shifokorga murojaat qiling, chunki homilador ayollarda bu kasallik davolanmasa, jiddiy asoratlari keltirib chiqarishi mumkin.
Tegishli: Homiladorlikda infeksiyalar: eng xavfli infeksiyalar va ulardan himoyalanish usullari
Isitmani tushirish usullari
Homiladorlikda isitma chiqishi kuzatilsa, albatta, shifokorga murojaat qilib, buning sababini aniqlash va shunga muvofiq harakat qilish lozim.
Shifokor qabuliga borganga qadar, isitmani tushirish uchun paratsetamol preparatini ichish mumkin. Homilador vaqtida, agar mutaxassis tomonidan tavsiya etilmagan bo‘lsa, aspirin hamda ibuprofen tarkibli preparatlarni qabul qilish mumkin emas.
Homiladorlikda isitma chiqishi kuzatilganda uy sharoitida bir qancha amallarni bajarish orqali tana haroratini maʼlum qadar meʼyorlashtirish imkoniyati mavjud:
- Sovuq hammom yoki dush qabul qiling;
- Sovib olish va suvsizlanishning oldini olish uchun ko‘p miqdorda suv va boshqa ichimliklar iching;
- Yengil kiyimlar kiying.
Homiladorlikda isitma chiqishi profilaktikasi
Shamollash yoki grippdan tez-tez qo‘llaringizni yuvish orqali saqlaning, bemor odamlar bilan uchrashmang va jamoat joylarida ko‘p bo‘lmang.
Gripp nafaqat isitmani keltirib chiqarishi, balki boshqa asoratlar ham keltirib chiqarishi mumkinligini inobatga olib, homilador bo‘lsangiz yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz gripp mavsumi boshlanganda grippga qarshi emlash oling.
Agar boshqa ayollar bilan suhbatlashishni istasangiz, o‘zingiz va homilangizni xavfga qo‘yib, jamoat joylariga chiqishingiz shart emas, shunchaki «Lalu — Homiladorlik kalendari» ilovasini telefoningizga o‘rnatib, boshqa homilador ayollar bilan suhbatlashishing.
Homiladorlikning boshida isitma chiqishi mumkinmi?
Aslida, homiladorlik paytida istalgan vaqtda isitmangiz ko‘tarilishi mumkin. Shu jumladan ilk muddatlarda ham.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, homilador ayollarning taxminan uchdan bir qismida homiladorlik davrida isitmasi ko‘tariladi va ko‘pchiligi sog‘lom bolalarni dunyoga keltiradi.
Ammo homiladorlik paytida istalgan vaqtda isitma ko‘tarilishi mumkin bo‘lsada, homiladorlikning birinchi haftalaridagi gripp va shu kabi infeksion kasalliklar tufayli yuzaga keladigan yuqori isitma keyinchalik shu sabablar bilan uchrashi mumkin bo‘lgan isitmaga qaraganda ancha xavfli bo‘lishi kuzatilgan. Yaʼni ilk muddatlarda kuzatilgan gripp, shamollashlar homila uchun xavfli bo‘lish ehtimoli yuqori.
Ilmiy nashrlarda chop etilgan isitma bilan bog‘liq tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, birinchi trimestrda yuqori isitma bo‘lishi turli xil tug‘ma nuqsonlar rivojlanish xavfini oshiradi.
Homiladorlikda isitma chiqishi homilaga qanday taʼsir qilishi mumkin?
Isitma homiladorligingizga taʼsir qilishi ehtimoldan yiroq emas. 37,4-37,6 oC darajagacha bo‘lgan yengil isitma odatda tashvishga sabab bo‘lmaydi va sizning o‘sayotgan chaqalog‘ingizga jiddiy taʼsir o‘tkazmaydi.
Ammo yuqori isitma xavfli bo‘lishi mumkin, shuning uchun ushbu raqamlar ko‘tarilishini ko‘rishingiz bilanoq, shifokorga murojaat qilishingiz va yuqorida taʼkidlangan usullar bilan isitmani tushirish juda muhimdir.
Davolanmasdan o‘tkazib yuborilgan yuqori darajadagi isitma asoratlaridan ayol va homila aziyat chekish ehtimoli ko‘proq bo‘lsada, bunga isitmaning o‘zi bevosita sabab bo‘lmasligi mumkin. Odatda, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarga gripp kabi infeksiyalar yoki biror holat sabab bo‘ladi.
Shuningdek, homiladorlikda tana harorati oshishiga befarq bo‘lib, isitma sababchilari bilan kurashmagan homilador ayollar chaqaloqlarida autizm kasalligi xavfi mavjudligi ham baʼzi tadqiqotlarda aniqlangan.
Ammo ko‘p xavotir olmang, chunki bunday holat yuzaga kelish ehtimoli juda past va tadqiqot yuzasidan aniq xulosalar chiqarishdan oldin yana ko‘p izlanishlar o‘tkazish kerak.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, turli infeksion kasalliklarni oldini olish va shifokor bilan maslahatlashib tezkor davolanish homiladorlikda isitma chiqishiga qarshi eng yaxshi himoya vositadir.