Lalu
Qanday ishlaydi Funksiyalari Kalkulyatorlar Tug‘ilish sanasi Ovulyatsiya Haftalar → oylar XGCH Maqolalar Savol-javob

Lalu ilovasidan foydalanish bitimi (oferta)

Lalu – Homiladorlik va onalar maktabi ilovasii foydalanuvchilarga ushbu davrga oid maʼlumotlar bilan tanishish, bir-biri bilan fikr almashish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi. Ushbu bitim “Lalu” mobil ilovalaridan foydalanish qoidalarini yuridik jihatdan tartiblashtiradi.

1. Asosiy tushunchalar

1.1 Mobil ilova – Foydalanuvchiga kontentdan foydalanish imkoniyatini beruvchi, Google Play mobil dasturlar do‘konida “Lalu” https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.pregnancy.calendar manzili boʻyicha joylashgan dasturiy yechimlar toʻplami.

1.2 Foydalanuvchi – ilovadan va uning funksiyalaridan foydalanishni boshlagan, dasturni mobil qurilmasiga oʻrnatib, unga tashrif buyuruvchi har qanday jismoniy shaxs.

1.3 Kontent – maʼmuriyat tomonidan shakllantirilgan, tarjima qilingan va sayt orqali ommaviy eʼlon qilinadigan har qanday matnli, grafikli, foto, video va audiovizual mahsulotlar.

1.4 Shaxsiy sahifa – mobil ilovada Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini saqlash, oʻzgartirish, oʻchirish imkoniyatini taqdim etadigan boʻlimi boʻlib, Foydalanuvchiga ilovadan telefon raqami orqali roʻyxatdan oʻtgandan soʻng taqdim etiladi.

1.5. Pullik obuna (Podpiska) – Foydalanuvchiga Mobil ilovaning yopiq (premium) funksiyalaridan va maxsus kontentlaridan ma’lum bir muddat davomida (1 oy, 6 oy yoki 1 yil) pullik asosda foydalanish huquqini beruvchi xizmat turi.

1.6. Avtomatik uzaytirish (Avtosbisaniye/Рекуррентные платежи) – Foydalanuvchi tomonidan bir marta bank kartasi ma’lumotlari kiritilib, rozilik berilgandan so‘ng, har bir yangi obuna davri uchun xizmat haqini to‘lov operatori (Payme) orqali Foydalanuvchining ishtirokisiz avtomatik ravishda yechib olinishi tizimi.

2. Aksеpt tartibi

2.1. Ushbu ommaviy oferta aksepti foydalanuvchini ilovani yuklab olish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Oferta aksepti amalga oshirilgan paytdan boshlab shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

2.2. Foydalanuvchi ushbu shartnomada keltirilgan shartlarga rozi boʻlmasa, mobil ilovadan foydalanishni toʻxtatishi lozim.

3. Shartnoma predmeti

3.1. Mazkur shartnomaga muvofiq, mobil ilova maʼmuriyati foydalanuvchiga homiladorlik davriga oid kontentni hamda turli xizmatlarni taklif etadi. Foydalanuvchi mobil ilovada taklif qilingan xizmatlardan foydalanish huquqiga ega boʻladi.

3.2. Shartnomada toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilmagan barcha holatlarda tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablari va ish muomalasi odatlariga amal qiladilar.

3.3. Foydalanuvchi saytda roʻyxatdan oʻtish bilan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 364, 365, 369 va 370-moddalariga muvofiq foydalanish shartnomasiga toʻliq va soʻzsiz rozi ekanini bildiradi.

3.4. Mazkur Foydalanish shartnomasi ochiq va ommaviy hujjat hisoblanadi. Foydalanish shartlarining amaldagi tahriri Internet tarmogʻida https://lalu.uz/oferta manzilda joylashtiriladi.

4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

4.1. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:

– Ilovada taklif qilingan xizmatlardan foydalanish;

– Ilovada taklif qilingan xizmatlardan foydalanishni toʻxtatish;

– Dastur yaratuvchilar maʼmuriyatiga dasturda taklif qilingan xizmatlar yuzasidan taklif, shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish (murojaatlar t.me/laluyordam Telegram manziliga yuborilishi kerak);

– Ilova faoliyati haqida ommaviy ochiq ijobiy yoki tanqidiy fikr bildirish.

4.2. Loyiha maʼmuriyati quyidagi huquqlarga ega:

– Mobil ilova faoliyatini yaxshilash uchun undagi dasturiy vositalarga oʻzgartirish kiritish, ularni yangilash va yangi dasturiy vositalar qoʻshish;

– Ilovadan foydalanish shartlariga amal qilmagan foydalanuvchini ogohlantirish, vaqtincha yoki doimiy bloklash.

4.3. Loyiha maʼmuriyati quyidagi majburiyatlarga ega:

– “Lalu” mobil ilovasida keltirilgan, maʼmuriyat tomonidan kiritilgan kontnetning ishonchligiga javobgar. Foydalanuvchilar va hamkor saytlar tomonidan uzatiladigan maʼlumotlarga javobgar emas.

– Ilovada oʻz mualliflik huquqlari buzilayotganini sezgan shaxs, maʼmuriyatga bu haqida t.me/laluyordam Telegram manziliga yozma ravishda xabar berilgan taqdirda, maʼmuriyat ushbu maʼlumotlarni tekshirib, mualliflik huquqi aniqlangan holda, material mobil ilovadan olib tashlashga masʼul.

4.4. Foydalanuvchi quyidagi majburiyatlarga ega:

– Ilovadan foydalanish shartlariga toʻliq amal qilish;

– Ilovada keltirilgan kontent tibbiy maslahat hamda shifokor koʻrigi oʻrnini bosmasligini bilgan holda, oʻzida boʻlayotgan fiziologik yoki patologik oʻzgarishlarga eʼtiborli boʻlib, muammo kuzatilganda oilaviy shifokor yoki ginekologga murojaat qilishi lozim;

– Ilovaning dasturiy vositalariga zarar yetkazadigan harakatlarni qasddan amalga oshirmaslik;

– Ilovadagi xizmatlardan amaldagi qonunlarni buzmagan holda foydalanish;

– Ilovadan foydalanishda boshqa shaxslarning shaʼni, qadr-qimmati, va boshqa barcha qonuniy huquqlariga tajovuz qilmaslik;

– Ilovadan foydalanish bilan bogʻliq noqonuniy yoki shubhali xatti-harakatlardan xabar topganda bu haqida loyiha maʼmuriyatini ogohlantirish;

– Ilovada keltirilgan tibbiy kontentlardan, faqatgina maʼlumot olish maqsadida foydalanish shart. Foydalanuvchilar tomonidan oʻz-oʻzini tashxislash va davolashga urinish mumkin emas.

5. Tomonlarning javobgarligi

5.1. Tomonlar ushbu shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.

5.2. Foydalanuvchi ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik natijasida unda yuzaga keladigan har qanday zararlar yoki boshqa salbiy oqibatlar uchun javobgar boʻladi.

5.3. Foydalanuvchi oʻz shaxsiy maʼlumotlarini muhofaza qilinmagan bogʻlanishlardan foydalanadigan qurilmaga kiritishda yoki ular zarar keltiradigan dasturlar va ilovalar tahdidi ostida boʻlgan holda ularning sozligi uchun toʻliq javobgar boʻladi. Loyiha maʼmuriyati foydalanuvchining internet tarmogʻiga ulanishdagi uzilishlar, cheklanishlar, hamda qurilma keshida saqlangan fayllar sabab yuzaga kelgan nosozliklar uchun javobgar hisoblanmaydi.

5.4. Loyiha maʼmuriyati shartnoma shartlarini lozim darajada bajarmaganlik uchun, agar bunday bajarmaslik foydalanuvchi tomonidan shartnoma shartlarining bajarilmasligi oqibati boʻlsa, javobgar hisoblanmaydi.

5.5. Loyiha maʼmuriyati foydalanuvchi ushbu shartnoma shartlari bilan oʻz vaqtida tanishmagani tufayli foydalanuvchida yuzaga kelgan har qanday zararlar uchun javobgar hisoblanmaydi.

5.6. Shartnoma tuzilgandan keyin tomon oldindan koʻra bilishi ham, oqilona choralar bilan oldini olishi ham mumkin boʻlmagan favqulodda hodisalar natijasida yuzaga kelgan yengilmas kuch holatlari (fors-major) oqibatida shartnoma shartlari bajarilmasa, tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar.

5.7. Shartnoma shartlarini keskin va qayta-qayta buzgan foydalanuvchi shaxsiy profili bloklanadi va qayta tiklanmaydi.

5.8 Foydalanuvchining materiallari ilovadan maʼlum sabablarga koʻra oʻchirilib yoki yoʻq boʻlib ketsa, maʼmuriyat u materiallarni qayta tiklashga javobgar emas.

5.9 Foydalanuvchi uchinchi shaxsga tegishli materiallarni tarqatish, resursga joylashtirish va undan foydalanish uchun butunlay javobgar hisoblanadi.

6. Shartnomani bеkor qilish

6.1. Foydalanuvchi istalgan vaqtda shartnomani bajarishdan mobil qurilmasidan ilovani o‘chirib tashlash yo‘li bilan bosh tortishga haqli. Bunda, agar Foydalanuvchida faol Pullik obuna mavjud bo‘lsa, ilovani o‘chirish obunani avtomatik ravishda bekor qilmaydi. Foydalanuvchi ilovani o‘chirishdan oldin ushbu shartnomaning 7-bo‘limida ko‘rsatilgan tartibda avtomatik uzaytirish xizmatini o‘chirishga majburdir.

6.2. Shartnoma mobil qurilmadan ilova o‘chirib tashlanganidan va barcha Pullik obunalar (agar mavjud bo‘lsa) bekor qilinganidan keyin bekor qilingan hisoblanadi.

7. Pullik obuna va to‘lovlarni avtomatik uzaytirish (Avtosbisaniye) tartibi

7.1. Mobil ilovadagi Pullik obuna xizmatlarining qiymati va tarif rejalari (1 oylik, 6 oylik va 1 yillik) Mobil ilovaning tegishli to‘lov bo‘limida ko‘rsatiladi. Ma’muriyat tariflar narxini bir tomonlama o‘zgartirish huquqiga ega, bunda sotib olingan faol obuna muddati yakunlangunga qadar joriy narx o‘zgarmasdan saqlanadi.

7.2. Foydalanuvchi Mobil ilovada bank kartasi ma’lumotlarini kiritib, obunani faollashtirgan vaqtda ushbu shartnoma shartlariga to‘liq rozilik (aksept) beradi va keyingi davrlar uchun to‘lovlarni amaldagi tarif bo‘yicha uning bank kartasidan avtomatik ravishda (Foydalanuvchining qo‘shimcha roziligisiz yoki SMS-kod tasdiqlashisiz) yechib olinishiga so‘zsiz rozilik bildiradi.

7.3. Avtomatik uzaytirish (Avtosbisaniye) Foydalanuvchi tanlagan tarif muddatining so‘nggi kunida (yoki joriy obuna muddati tugashidan kamida 24 soat oldin) keyingi davr uchun amalga oshiriladi.

7.4. Foydalanuvchi istalgan vaqtda avtomatik uzaytirish xizmatini mustaqil ravishda va hech qanday cheklovlarsiz Mobil ilovaning «Profil» -> «Mening obunalarim» rukni orqali «Obunani bekor qilish» tugmasini bosish yo‘li bilan o‘chirish huquqiga ega. Obuna bekor qilinganda, Foydalanuvchi joriy to‘langan muddat yakuniga qadar kontentdan to‘liq foydalanish huquqini saqlab qoladi.

7.5. Agar Foydalanuvchining bank kartasida mablag‘ yetarli bo‘lmasa yoki boshqa texnik sabablarga ko‘ra avtomatik to‘lov amalga oshmasa, Ma’muriyat Pullik obunani va yopiq kontentga kirish huquqini to‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilgunga qadar cheklash yoki to‘xtatib turish huquqiga ega.

7.6. Yangi foydalanuvchilar uchun 3 (uch) kalendar kunidan iborat sinov davri (Free Trial) taqdim etilishi mumkin. Sinov davri faollashtirilganda foydalanuvchi kartasi tizimga bog‘lanadi, biroq pul yechilmaydi. Agar foydalanuvchi sinov davri tugashidan kamida 24 soat oldin obunani ilova ichida bekor qilsa, hech qanday pul yechib olinmaydi. Agar obuna bekor qilinmasa, 3-kuni tanlangan tarif bo‘yicha birinchi to‘lov avtomatik yechiladi.

8. Pullarni qaytarish siyosati (Refund Policy)

8.1. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, Foydalanuvchiga to‘lov amalga oshirilib, Mobil ilovadagi pullik (yopiq) kontentdan va funksiyalardan foydalanish imkoniyati ochilgan (faollashtirilgan) momentdan boshlab Ma’muriyat tomonidan xizmat to‘liq va sifatli ko‘rsatilgan hamda yetkazib berilgan hisoblanadi.

8.2. Avtomatik uzaytirish xizmati orqali karta muddatidan oldin bekor qilinmaganligi sababli pul mablag‘lari avtomatik yechib olingan taqdirda, Foydalanuvchi yangi boshlangan obuna davrining birinchi 3 (uch) kalendar kuni ichida Mobil ilovaga kirmagan (kontentdan foydalanmagan) bo‘lsa, yechilgan summani 100% (yuz foiz) miqdorda qaytarilishini talab qilib murojaat qilishga haqli. Agarda ushbu muddat ichida Mobil ilovadan foydalanilgan bo‘lsa, to‘lov qaytarilmaydi.

8.3. Uzoq muddatli obunalar (6 oylik va 1 yillik) Foydalanuvchining tashabbusi bilan muddatidan oldin bekor qilinganda va qonuniy asoslar mavjud bo‘lganda, pullar amalda foydalanilgan oylar muddatini chegirgan holda qayta hisoblanadi. Bunda foydalanilgan oylarning qiymati chegirmasiz, ya’ni standart 1 oylik tarif narxida hisoblanadi va qolgan qoldiq summa Foydalanuvchiga qaytariladi.

8.4. To‘langan mablag‘larni qaytarish Foydalanuvchining t.me/laluyordam Telegram manzili yoki Ma’muriyatning rasmiy pochtasi orqali yuborgan yozma arizasi asosida ko‘rib chiqiladi. Arizada to‘lov amalga oshirilgan tranzaksiya raqami (skrinshot), telefon raqami va qaytarish sababi ko‘rsatilishi shart.

8.5. Ma’muriyat arizani 14 (o‘n to‘rt) ish kuni ichida ko‘rib chiqadi. Arizaga ijobiy javob berilgan taqdirda, pul mablag‘larini qaytarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Joriy kalendar oyida amalga oshirilgan to‘lovlar uchun: pul mablag‘lari 7 (yetti) bank ish kuni ichida to‘lov operatori (Payme) tizimi vositasida avtomatik tarzda to‘lov amalga oshirilgan o‘sha bank kartasiga qaytariladi.

O‘tgan kalendar oylarida amalga oshirilgan to‘lovlar uchun: to‘lov operatorining texnik cheklovlari sababli, pul mablag‘lari Ma’muriyat (MCHJ) tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank o‘tkazmasi orqali, 7 (yetti) bank ish kuni ichida faqatgina to‘lov amalga oshirilgan o‘sha bank kartasiga (yoki unga bog‘langan tranzit hisob raqamiga) o‘tkazib beriladi.

Pullarni naqd ko‘rinishda, elektron hamyonlarga yoki boshqa uchinchi shaxsning bank kartasiga qaytarishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi.

9. Nizolarni koʻrib chiqish tartibi

9.1. Ushbu shartnomadan kelib chiqqan har qanday nizo tinch yoʻl bilan foydalanuvchining yozma murojaatiga binoan eʼtiroz bildirish tartibida koʻrib chiqiladi. Murojaatni koʻrib chiqish muddati va uning mazmuniga qoʻyiladigan talablar mazkur shartnoma va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

9.2. Yuzaga kelgan nizo eʼtiroz bildirish tartibida hal etilmagan taqdirda, u javobgar joylashgan yerdagi tegishli sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqilishi lozim.

10. Loyiha maʼmuriyatining rekvizitlari va kontaktlari

Yuridik shaxs: «Bee Alley» masʼuliyati cheklangan jamiyati (MChJ)
STIR (ИНН): 308549575
Yuridik va jismoniy manzil: 210500, Navoiy viloyati, Konimex tumani, Shoʻrtepa koʻchasi, 12-uy.
Bank rekvizitlari: «AGROBANK» ATB Konimex filiali
MFO: 00209
Xizmat koʻrsatuvchi hisob raqami: 2020 8000 3053 9789 5001
Telefon raqami: +998 99 8937445
Qoʻllab-quvvatlash xizmati (Telegram): t.me/laluyordam

Ushbu «Oferta» oxirgi marta 15.06.2026-yil sanasida yangilandi.