Kasalliklar

Bola najasida qon paydo bo’lsa, nima qilish kerak?

Agar chaqaloq axlatida qon yoki tupurgan, qayt qilish holatida oz miqdorda qon borligini sezsangiz, sizda buning sababi nimadaligi va bunday holatdan tashvishlanish kerakmi yo’qmi, degan savol paydo bo’lishi tabiiy hol.

Ko’pgina chaqaloqlarda chaqaloqlik davrida kamida bir marta bo’lsada, axlatida qon ko’rinishi mumkin. Qabziyat, kichik anal yoriqlari va boshqa ba’zi muammolar chaqaloqning axlatida qon izlari paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.

Chaqaloq axlatida qon bo’lsa… Nima qilish kerak?

Farzandingiz axlatida o’zgarish sezgan kuningizdan boshlab uni kuzatib boring. Bolaning axlatida qon paydo bo’lishiga bir necha omillar sabab bo’lishi mumkin, ularning ba’zilari tashvishga sabab bo’lmaydi, boshqalari esa tibbiy yordam talab qiladigan omillar hisoblanadi.

Sizning ko’rgan narsangiz qon deb taxmin qilishdan oldin, farzandingiz yaqinda qanday ovqat iste’mol qilganligi haqida o’ylab ko’ring. Yosh bolalarning ovqat hazm qilish tizimi to’laqonli yetuk bo’lmaganligi sababli ular iste’mol qilgan ovqat hazm bo’layotganda kattalardagidek, sezilarli darajada o’zgarishga uchramaydi.

Shuning uchun ularning najasida kamalakning har qanday rangini, shu jumladan, lavlagi va pomidor kabi sabzavotlar iste’mol qilganda najas qizil rangda bo’lishini ham ko’rishingiz mumkin.

Misol uchun, axlatda mayda qon tomchilari yoriqlar borligini, axlat bo’ylab marmarlangan qon esa boshqa turdagi muammolar bor ekanligini ko’rsatishi mumkin. Agar bola axlatida qon paydo bo’lishda davom etaversa, shifokorga murojaat qiling va bola najasida nima ko’rayotganligingizni unga tasvirlab bering.

Qonli axlat sabablari

Chaqaloq axlatida qon paydo bo’lishining bir nechta sabablari bor. Ular quyidagilar:

  • Oziq-ovqatlar: pomidor, lavlagi yoki oziq-ovqat bo’yoqlari kabi ba’zi oziq -ovqatlar bolaning axlatida qizil chiziqlar yoki bo’laklarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, yosh onalar bolaning oxirgi iste’mol qilgan ovqatlariga e’tibor berishlari kerak.
  • Anal yoriqlar: bu chaqaloq axlatida qon paydo bo’lishing eng keng tarqalgan sabalaridan biridir.
  • Oziq-ovqatga nisbatan allergiya: ona suti tarkibida yoki undagi oqsilga nisbatan bolada allergiya bo’lishi mumkin, bu holat allergik kolit deb ataladi.
    Agar chaqaloqda onasining sutiga nisbatan sezuvchanlik yuqori bo’lsa, bu yo’g’on ichak yallig’lanishiga olib kelishi mumkin va bola axlatida qon paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
  • Ichak buzilishi: yo’g’on ichak shilliq qavatining yallig’lanishi va ichakning bir qismi ikkinchi qismiga o’tganda unda invaginatsiya paydo bo’lishi chaqaloq axlatida qon paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
  • Diareya: salmonella, E.coli, shigella yoki boshqa bakteriyalar ichaklarning shilliq qavati yallig’lanishiga olib kelishi mumkin, bu esa bolaning axlatida mayda qon tomchilarinining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Shu bilan birga, diareya kuzatilgan bolada isitma, injiqlik, ovqatlanishdan bosh tortish va chaqaloqlarda xavfli suvsizlanish holatini keltirib chiqarishi ham mumkin.
  • Onaning qoni: Emizikli onaning ko’krak so’rg’ichi yorilgan, og’riqli, yoki undan qon oqayotgan bo’lsa, bunday holat chaqaloq sog’ligi uchun zararli vaziyatlarni keltirib chiqarmaydi. Biroq bu holatni shifokor bilan maslahatlashib, bartaraf etish shart.

Chaqaloq axlatida qon bo’lsa, qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Farzandingizda qattiq qorin og’rig’i bo’lib, u yig’layotgan bo’lsa, darhol shifokoringizga murojaat qiling.

Shuningdek, quyidagi holatlar kuzatilsa ham shifokor bilan bog’laning:

  • Bola axlatida ko’p miqdorda qon bo’lsa;
  • Najas rangi qora yoki qatron rang ko’rinishida;
  • Anus yoki to’g’ri ichakning shikastlanishi bo’lsa;
  • Najasda qon borligini ikki martadan ko’p ko’rgan bo’lsangiz;
  • Farzandingizda qon bilan birga, diareya holati bo’lsa;
  • Farzandingiz 12 haftalikdan kichik bo’lsa.

Foydali maqola: Bola qachon tik turadi yoki oyoq bosadi?

Davolash

Ko’pincha, farzandingiz bilan bog’liq ushbu muammo, juda qattiq axlat massasi ichak devorlarini ta’sirlantirishi tufayli bo’lishi mumkin. Agar shunday bo’lsa, qon axlatda dog’ yoki uzun chiziq shaklida paydo bo’ladi. Bu holat odatda, tez tuzaladigan holat bo’lib, bunda shifokoringiz chaqaloq to’g’ri ichagini glitserinli sham bilan moylashni, iliq sho’r suvli hammom yoki steroidli malhamlarni ishlatishni tavsiya qilishi mumkin.

Agar axlatda qon paydo bo’lishiga bolaning ich qotishi sabab bo’lsa, parhez usulini qo’llaganingiz ma’qul. Agar chaqalog’ingizda anal yorig’i bo’lmasa, tashxis qo’yilgandan so’ng, shifokoringiz farzandingiz davolanishi uchun kerakli maslahatlarni berishi mumkin.

Maqola www.hopkinsmedicine.org hamda www.medicalnewstoday.com ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.

admin

Recent Posts

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…

1 год ago

Homiladorlikda qon bosimi oshishi — turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…

1 год ago

Chaqaloq qusishi — sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…

1 год ago

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…

1 год ago

Homiladorlik xolestazi kasalligi

Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…

1 год ago

Bolaning ichi yashil kelsa, nima qilish kerak?

Najasning eng tashvishli o'zgarishlaridan biri bu - uning odatdagidan boshqacha ko'rinishda bo'lishi sanaladi. Chaqaloq yoki…

1 год ago