Рубрики
Salomatlik

Bola qachon tik turadi yoki oyoq bosadi?


Mobil ilovani yuklab oling

Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.


Narsalarni tepadan ko’rish farzandingiz uchun juda hayajonli bo’lishi mumkin! Bola tik turishni o’rganishi uning uchun yana bir yangi dunyoni kashf etadi va bu holat uning mustaqilligi uchun juda muhimdir. Shu bilan birga, ota-ona uchun ham bola oyoq bosishi yoki unga intilishi juda qiziqarli va quvonchli hodisadir.

Mening farzandim qachon tik turadi?

Kichkintoyingiz oyoqqa turishidan oldin mushaklari kuchini bilishi va ularni muvofiqlashtira olishi kerak, bunda unga dastlab aylanib o’tirishni o’rganishi yordam beradi.
Taxminan, olti oyligida farzandingiz sizning yordamingiz bilan o’tira oladi va yetti yoki sakkiz oylikda u mustaqil ravishda qulay o’tira olishi mumkin. Bunday paytda siz bolani ohista tortib, uni qo’llab-quvvatlash orqali o’rnidan turishiga yordam berishingiz kerak. So’ng bola oyoq bosishi jarayonini maroq bilan tamosha qilishingiz mumkin.

Yetti oylikdan bir yoshgacha farzandingiz o’zini tortib olishga harakat qilishi kerak. U yengil zarba bilan orqaga yiqilishidan (o’tirib qolishidan) oldin bir necha daqiqa davomida tik turishi mumkin.

Foydali maqola: Bolalarda uyqu normasi va uyquning afzalliklari

Bola qachon oyoq bosadi?

Tug’ilgandan boshlab, farzandingiz oyoqlarini tegib turgan yuzaga mahkam biriktirib, «turish» uchun zarur bo’lgan reflekslarga ega bo’ladi. Agar siz yangi tug’ilgan chaqalog’ingizni tizzangizda tik tutsangiz, boshini tutishini qo’llab-quvvatlasangiz, u sizning oyog’ingizni muloyimlik bilan itarayotganligini his qilasiz.

Uch oyligiga kelib bu refleks o’zgaradi va chaqalog’ingiz oyoqlarining og’irligi yuzaga kela boshlaydi. Tabiiyki, farzandingiz bunday paytda tik turish uchun yetarlicha kuchga ega emas, shuning uchun uni tik turgan holatida ushlab, oyoqlarini yerga qo’ysangiz, u tizzasida turib qoladi.

So’ng bir necha oy ichida bola o’z vaznini ko’tarish uchun kuchga ega bo’lib boradi va oyoqlarini qattiq yuzaga tekkizgan holatda ushlab turadi, hattoki, bunday paytda bola yuqoriga va pastga sakrashi mumkin.

Farzandingiz olti oylik bo’lganda, agar siz uning tik turishi uchun yordam bersangiz, u o’z vaznini ko’tara oladi.

Yetti oylikdan o’n ikki oylikkacha bo’lgan davrda farzandingiz mebelni, xonadagi biror jismni ushlab tik turishga harakat qila boshlaydi.
Yetti oylikkacha uning mushaklari tik turishi uchun yetarlicha kuchga ega bo’ladi, lekin unda muvozanatni saqlash imkoni bo’lmaydi.
Agar siz bolani divanning yoniga qo’ysangiz, u muvozanat saqlashda yordam sifatida divanning tutqichini ushlab, osilib qoladi. Bu uning dastlabki katta harakati hisoblanadi.

Siz farzandingizga atrofni o’yinchoqlar va o’tkir narsalardan tozalash va yiqilib tushganda, yerga xafsizroq tushishi uchun yostiqlarni qo’yish orqali xavfsizligini ta’minlab berishingiz mumkin.

Bolada yiqilishni o’rganish — bolaning tik turishi va yurishini o’zlashtirishning muhim qismidir. Siz bu holatni taxminan, farzandingizning olti oyligidan boshlab ko’rishingiz mumkin.

To’qqiz oylikda farzandingiz tik turishi osonlashayotganligini sezishingiz mumkin. Biroq, u hali ham pastga erkin tusha olmaydi, aksincha, yengilgina zarba bilan o’tirib qoladi.

Farzandingiz mebelga o’zini tortganda, u dastlab oyoq barmoqlarida turadi. Ba’zi mashqlar bilan bola oxir-oqibatda oyoqlarida to’liq tekis turadi, bu esa uning yanada barqaror holatiga olib keladi.

O’n oylikdan bir yoshgacha bo’lgan muddatda, taxminan, bir yoshga kelib, farzandingiz mustaqil ravishda tik tura olishi mumkin. Bola hattoki, tik turgandan keyin tizzalarini qanday bukish va o’tirishni o’rgana boshlaydi.
Bu jarayon ham bolaning barcha rivojlanish bosqichlari kabi qiyinroq kechadi! Va bolaning ilk rivojlanish davrlar ota-onadan e’tibor va ma’suliyat talab qiladi. Chunki normadan og’ishlar yoki e’tiborsizlik oqibatida rivojlanishdan kechikishlar kuzatilishi mumkin.

Bu va shu kabi rivojlanish bosqichlarini kuzatib borish uchun «Lalu» mobil ilovasini yuklab oling hamda farzandingizning normal o’zgarishlarini kuzatib boring.

Qiziqarli: Bola rivojlanish bosqichlari: Eshitish va tovush chiqarish

Bola oyoq bosmasa…

Agar chaqalog’ingiz bir yoshga to’lgunga qadar oyog’iga tiralishga va tik turishga intilmasa yoki uning hozirgi rivojlanashidan xavotirda bo’lsangiz, shifokoringiz bu haqida ayting. Barcha chaqaloqlar ko’nikmalarni turlicha rivojlantiradilar, ba’zilari boshqalarga qaraganda tezroq, ba’zilari sekinroq.

Agar chaqalog’ingiz erta tug’ilgan bo’lsa (homiladorlikning 37-haftaligidan oldin), u bu va boshqa muhim bosqichlarga boshqa chaqaloqlarga qaraganda biroz kechroq yetishishi mumkinligini yodda tuting.

Bilib qo’ygan yaxshi: Uyqu vaqtida yig‘layotgan chaqaloqni qanday ovutish mumkin?

Rivojlanish kechikishlari

Muhim bosqichlar biroz oldinroq yoki kechroq kuzatilishi me’yoriy bo’lsada, ba’zida kechikishlar odatiy emas, balki tibbiy sabab tufayli bo’lishi mumkin. Ba’zida bola oyoq bosishi (yoki boshqa) kabi muhim bosqichlar odatdagi vaqtdan haftalar yoki hattoki, bir necha oy o’tgach ham kuzatilmaydi. Bu kabi holat sodir bo’lsa, u rivojlanish kechikishi deb baholanadi. 

Farzandingiz bilan pediatr qabuliga borganingizda, shifokor bolaning ushbu bosqichlarga erishganligini baholaydi. Farzandingizning ko’nikmalari normadan tashqarida bo’lsa, shifokor holatga sabab bo’layotgan boshqa tibbiy muammolar bor yoki yo’qligini aniqlaydi.

Tik turish yoki yurishning kechikishiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan ba’zi tibbiy muammolar quyidagilardir:

  • Daun sindromi;
  • Miya falaji;
  • Tug’ma ortopedik muammolar;
  • Mushak distrofiyasi.

Ushbu maqola www.babycenter.com hamda www.aap.org ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.

Добавить комментарий

error: Saytdan maʼlumot ko‘chirish mumkin emas!