Bolalarda uyqu — farzandingiz ruhiy va jismoniy jihatdan sog’lom bo’lishi uchun muhim qurilish manbaidir. Ammo, agarda siz farzandingiz uxlashi uchun yordam bera olmayotgan bo’lsangiz, demak siz yolg’iz emassiz.
Amerika pediatriya akademiyasining hisob-kitoblariga ko’ra, uyqu bilan bog’liq bo’lgan muammolar bolalarning 25-50% ida va o’smirlarning 40% ida kuzatilmoqda.*
Farzandlaringiz uchun yaxshi uyquni ta’minlashda avvalo ularning uyquga bo’lgan ehtiyojlarini tushunishingiz kerak, bu eng dastlabki qadamdir.
Siz uyqu gigiyenasiga, yoshga mos kun tartibiga va har qanday uyqu buzilishiga jiddiy e’tibor berib, bunday muammolarni bartaraf etish orqali farzandingizning sog’lom va kuchli bo’lib voyaga yetishida yordam bera olasiz.
Foydali: Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi
Uyqu bolaning ongini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, uyqu bolada hushyorlik va e’tibor, qilgan ishi sifatli bo’lishi, kayfiyat va chidamlilik, so’z boyligi oshishi, o’qib-o’rganish va xotira rivojlanishiga ta’sir qiladi. Uyqu bolaning o’sishiga ijobiy ta’sir etadi, ayniqsa, bu ta’sir erta chaqaloqlik davrida yaqqol namoyon bo’ladi. Bolalarda uxlash xotiraning mustahkam bo’lishi va diqqatlilik mahoratining rivojlanishi uchun zarur hisoblanadi.
Foydali: Bola rivojlanish bosqichlari: Eshitish va tovush chiqarish
Har bir ota-onaga ma’lumki, uyqusi kam yoki uyqu buzilishi kuzatilgan giperaktiv bolalarda diqqat yetishmasligi va tushkunlik holati kuzatiladi.
Uyqusizlik, shuningdek, bolada diqqatni jamlash qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin, so’ng bolaning maktabdagi reyting natijalariga salbiy ta’sir qiladi. Hattoki, minimal uyqu cheklovi ham bolangizning kundalik hayotiga ta’sir qilishi mumkin.
AAP ma’lumotlariga ko’ra, 5 yoshgacha bo’lgan bolalarning to’rtdan bir qismi yetarli darajada uxlamaydi. Bu holat tashvishli bo’lib, ayniqsa, erta bolalik davrida uyqu yomon bo’lsa, allergik rinit va immun tizimi bilan bog’liq muammolar, shuningdek, tashvish va depressiyani keltirib chiqaradi.
Jumladan, bolalikdagi uyquning yomonlashuvi, bolada kelajakda yurak-qon tomir kasalliklari, semirish, diabet va yuqori qon bosimi ko’rinishidagi xavflarning yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkinligi haqida dalillar mavjud.
O’smirlardagi noto’g’ri uyqu uzoq muddatli akademik ko’rsatkichlarga va ularning ruhiy salomatligiga ta’sir qilishi mumkin.
Farzandingiz tunda to’liq uxlayotganligiga qanday ishonch hosil qilish bo’yicha maslahatlar
Bola o’sib-ulg’aygani sari undagi uyqu o’zgarib boradi, tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, uxlash vaqtini doimiy tartibga solish bolangizning yetarli darajada uxlashiga yordam beradi, bunday vaziyat sizning kim bilan muomala qilayotganligingizga bog’liq, ikki yashar kichkintoy yoki qaysar o’smir.
Qaysi faoliyatni tanlagan bo’lsangiz ham, farzandingizda qanday holatlar sodir bo’layotganligini bilish uchun jarayonni har kuni bir xil tartibda bajarishga harakat qiling.
Uyqu vaqtining odatdagi tartibi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Foydali: Uyqu vaqtida yig‘layotgan chaqaloqni qanday ovutish mumkin?
Farzandingizni yotqizish uchun eng yaxshi vaqt bu ularni majburlab yotoqqa yotqizilgan payt emas, balki o’zlari ixtiyoriy uxlab qolgan payti hisoblanadi. Bu ularga o’z-o’zidan uxlab qolishni o’rganishiga yordam beradi.
Agar maktabgacha davr yoshidagi bolalar yarim tunda uyg’onib ketsa, ularni to’shagiga qaytaring. Imkon qadar kichkintoylar bilan kattalar to’shagi alohida bo’lishi lozim, chunki bola bilan birgalikda uxlash bolada to’satdan o’lim holati kelib chiqish xavfini oshiradi.
Bilib qo’ygan yaxshi: Bola qachon tik turadi yoki oyoq bosadi?
Ushbu maqola www.sleepfoundation.org hamda medicalnewstoday.com ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.
Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…
Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…
Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…
Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…
Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…
Najasning eng tashvishli o'zgarishlaridan biri bu - uning odatdagidan boshqacha ko'rinishda bo'lishi sanaladi. Chaqaloq yoki…