Najasning eng tashvishli o’zgarishlaridan biri bu — uning odatdagidan boshqacha ko’rinishda bo’lishi sanaladi. Chaqaloq yoki bolaning ichi yashil kelsa, bu ko’pchilik yosh onalarni tashvishga solib qo’yadi. Yashil najas axlat o’zgarishlarining eng keng tarqalgan ko’rinishidir. Bu holat bolalar o’rtasida juda keng tarqalgan va najas rangining normal o’zgarishidir.
Najas odatda jigarrangdir, lekin har kuni uning rangi o’zgarishi mumkin. Bu odatda tashvishga sabab bo’lmaydi. Bolalardagi yashil axlatning sabablari ularning yoshiga qarab har xil bo’lishi mumkin.
Yashil najas ba’zida biror kasallik borligini ko’rsatishi mumkin bo’lsa-da, bu holat jiddiy, tashvishlanarli sabab bo’la olmaydi.
Keling yaxshisi, ushbu maqolada agar bolaning ichi yashil kelsa bu nimani anglatishini, yashil najasga nima sabab bo’lishini va agar bolangizning axlati yashil ekanligini sezsangiz nima qilish kerakligini muhokama qilaylik.
Yashil najas ko’pincha, farzandingiz iste’mol qilgan narsa, u qabul qilgan vitamin yoki doriga bog’liq bo’lib, u bolada diareya, qorin og’rig’i kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin.
Yashil najas, ayniqsa, yangi tug’ilgan chaqaloqlarda keng tarqalgan bo’lsa-da, ba’zan yosh bolalarda yoki yoshi katta bolalarda ham paydo bo’lishi mumkin.
Yashil najas o’z-o’zidan paydo bo’lishi yoki oshqozon buzilishi bilan kechadigan ba’zi alomatlar bilan birgalikda yuzaga kelishi mumkin:
Chaqaloqlar va yosh bolalarda axlatning yashil rangda bo’lishiga ko’plab omillar sabab bo’ladi va bu kamdan-kam hollarda jiddiy tibbiy muammolar borligini ko’rsatadi.
Barcha yoshdagi bolalarda bir vaqtning o’zida yashil najas bo’lishi mumkin, ammo buning sabablari va chastotasi bolaning yoshiga qarab turlicha bo’ladi.
Go’dak yoshdagi bolalarda va ayniqsa, yangi tug’ilgan chaqaloqlarda najasning yashil rangda bo’lishi ko’plab kuzatiladi. Buning sabablari quyidagilar:
Yangi tug’ilgan chaqaloqda birinchi besh kundan keyin ham quyuq yashil najas ajralishi davom etsa, bola ona tomonidan to’g’ri ovqatlantirilayotganligi va yetarlicha vazn yig’ayotganligini tekshirish zarur. Agar yosh ona to’g’ri emizish qoidalariga rioya qilmasa yoki bu borada bilim va ko’nikmalari kam bo’lsa, bola parvarishlash, jumladan to’g’ri emizish bo’yicha mutaxassislar yordamini olishi lozim.
AAP ma’lumotlariga ko’ra, yashil najas jiddiy tashvishlanishga sabab bo’la olmaydi. Biroq, najas yashil, ma’lum bir shaklga ega bo’lmay, suyuq bo’lsa va tez-tez ajralsa, bunday holat ko’pincha, bolada diareya bo’layotganligidan dalolat beradi, bunda barcha yoshdagi bolalarga e’tibor va g’amxo’rlik talab qilinadi. Chunki diareya bolalarda suvsizlanish hamda bola axlatida qon bo’lishi singari tashvishli va hayot uchun xavfli bo’lgan holatlarga sabab bo’lishi mumkin.
Chaqaloqlarda yashil najas bevosita tashvishlanadigan holat bo’lmasa-da, diareya bilan birga keladigan yashil axlat xavflidir. Ma’lumotlarga ko’ra, dunyo bo’ylab diareya 5 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi sabablari ichida yetakchi kasallik hisoblanadi.
Shu bilan bir qatorda, ona yoki bola parvarishlovchi uchun tashvishlanadigan holatga sabab bo’la oladigan najas ko’rinishlari ham mavjud.
Agar farzandingizning axlati oq, qizil (ayniqsa, yorqin qizil) yoki qora tusda bo’lsa, darhol pediatringizga murojaat qilishingiz kerak.
Axlatning bunday ranglarda bo’lishi jiddiy muammo borligini ko’rsatmasligi mumkin, ammo, bunday holat shifokoringizga murojaat qilishni va uning tekshiruvini talab qiladi.
Ogohlantirish belgilari
Agar chaqaloq yoki bolada diareya va quyidagi alomatlardan biri bo’lsa, shifokorga murojaat qiling:
Ushbu maqolani tayyorlashda www.parents.com hamda www.medicalnewstoday.com sayti ma’lumotlaridan foydalanildi va «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.
Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…
Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…
Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…
Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…
Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…
Agar chaqaloq axlatida qon yoki tupurgan, qayt qilish holatida oz miqdorda qon borligini sezsangiz, sizda…