Ovulyatsiya belgilari: og‘riq, ajralmalar, rektal harorat

Reproduktiv salomatligiga befarq boʻlmagan har bir ayol ovulyatsiya va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida maʼlumotga ega boʻlishi lozim. Ushbu maqola orqali ovulyatsiya belgilari haqida batafsil maʼlumot berib o‘tamiz.

OVULYATSIYA — tuxumdon follikulasidan qorin bo‘shlig‘iga urug‘lanishga qodir bo‘lgan, yetuk tuxum hujayraning chiqishidir Umuman olganda, hayz davrining bir bosqichi yaʼni tuxumdon sikli hisoblanadi. Tug‘ish yoshidagi ayollarda ovulyatsiya normada har 21-35 kunda sodir bo‘ladi.

Ovulyatsiya chastotasi neyrogumoral mexanizmlar, asosan gipofiz bezining gonadotropik gormonlari va tuxumdonning follikulyar gormoni bilan tartibga solinadi.

Ovulyatsiya fazasi – organizmning reproduktiv salomatligi normada ishlayotganidan dalolatdir. Bu fazaning kechmasligi organizmda qandaydir muammo borligidan darak beradi. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, salomatligiga befarq boʻlmagan ayol ovulyatsiya yuz berayotganligini kuzatib borishi lozim.

Har bir ayol uchun doimiy bo‘lgan ovulyatsiya ritmi abortdan keyin 3 oy ichida, tug‘ruqdan keyingi bir yil ichida shuningdek, organizm menopauza davriga tayyorgarlik ko‘rgan 40 yoshdan keyin hayz ko‘rmaslik yoki hayz kechkishi fonida o‘zgaradi.

Homiladorlikning boshlanishi va hayz ko‘rish funksiyasi butkul tugaganidan keyin ovulyatsiya to‘xtaydi. Ovulyatsiya vaqtini bilish homiladorlikni rejalashtirish, sunʼiy urug‘lantirish va EKU uchun eng samarali vaqtni tanlashda muhim ahamiyatga ega.

Ovulyatsiya belgilari

Ovulyatsiyaning subyektiv belgilari sifatida qorinning pastki qismida qisqa muddatli og‘riqlarni aytishimiz mumkin.

Ovulyatsiyaning obyektiv belgilari — bu qindan shilliq ajralishining ko‘payishi, ovulyatsiya kunida rektal (bazal) haroratning pasayishi, ertasi kuni uning ko‘tarilishi, qon plazmasida progesteronning ko‘payishi va boshqalar.

Baʼzi manbalarga ko‘ra, hid va taʼm bilishning oshishi, sut bezlari sezgirligining kuchayishi kabi belgilar ham ovulyatsiya belgilari hisoblanadi.

Bu alomatlar homiladorlikning belgilariga o‘xshashligi tufayli hayz sikli muntazam bo‘lmagan ayollarning adashishiga sabab bo‘lishi ham mumkin.

Homiladorlik belgilari: ilk va ikkilamchi alomatlari

Shuni esda tutish kerakki, qorinning pastki qismidagi og‘riq kuchli va o‘tkir bo‘lsa, bu jiddiy kasalliklar belgisi bo‘lishi mumkin. Va bu holatda shoshilinch yordamga murojaat qilish lozim.

Har qanday alomatlar har doim ham ovulyatsiyadan darak bermasligi mumkin, shuning uchun aniq maʼlumot olish uchun ovulyatsiyani aniqlashning boshqa usullaridan qo‘shimcha ravishda foydalangan maʼqul.

Quyida yuqorida sanab o‘tgan alomatlar haqida to‘liqroq maʼlumot berib o‘tamiz.

Ovulyatsiya va og‘riq

Ovulyatsiya kunlari qorinning pastki qismlarida og‘riq kuzatilishi mumkin, ular hayz ko‘rishga bog‘liq qon ketishi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda. 

Og‘riq qorinning pastki markaziy qismida yoki dominant follikulaning qaysi tuxumdonda yetilishiga qarab, o‘ngda/chapda bo‘lishi mumkin.  Og‘riq ko‘pincha tortishuvchi xarakterga ega. U qorinning pastki qismida yengil shish yoki to‘lish hissi bilan birga kelishi mumkin. 

Avvaliga og‘riq ozgina bo‘lsada, keyingi kunlarda biroz kuchayishi kuzatiladi. Ushbu og‘riqlar ovulyatsiyadan oldin ayol tanasida biologik faol moddalar — prostaglandinlar darajasining oshishi bilan bog‘liq. Prostaglandinlar follikula devori va tuxumdonlar to‘qimasini eritib, tuxum hujayraning bachadon naychasiga o‘tishini taʼminlaydi. Bu jarayonda prostaglandinlarning «yon taʼsiri» og‘riqdir.

Og‘riqning ovulyatsiya bilan bog‘liq ekanligini bilish ham mumkin ahamiyatga ega. Chunki, boshqa patologik sabab tufayli yuzaga kelgan og‘riqlar shoshilinch yordam talab qilishi mumkin.

  • Og‘riq 1-3 kun davom etib, o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.
  • Og‘riq bir necha siklda takrorlanadi.
  • Bunday og‘riqdan taxminan 14 kun o‘tgach, keyingi hayz ko‘rish keladi.

Ovulyatsiya paytida og‘riq o‘rtacha intensivlikda va og‘riq qoldiruvchi dorilar ichishni talab qilmaydi. Kuchli og‘riqlar esa, sog‘lik bilan bog‘liq biror muammoni ko‘rsatadi. 

Agar kutilgan ovulyatsiya kunlarida og‘riq kuchli bo‘lsa, siz ginekolog bilan bog‘lanishingiz kerak. Qorinning pastki qismidagi og‘riqlar tana haroratining ko‘tarilishi, genital traktdan ajralmalarning ko‘payishi, ajralma rangining shaffof, oqdan sariq, yashil ranggacha o‘zgarishi yoki qonli ajralmalar bilan birgalikda kuzatilishi jinsiy aʼzolarning patologik holatidan dalolat berishi mumkin. Bunday hollarda, albatta, ginekologga murojaat qilish shart.

Shilimshiq ajralmalar

Bachadon bo‘yindagi bezlar shilimshiqni hosil qiladi. Odatda u bachadon bo‘yni kanalini yopib, infeksiyalarning bachadonga o‘tishiga to‘sqinlik qiladigan haqiqiy tiqin hisoblanadi va qalin bo‘ladi. Bunday qalin shilimshiqda sperma hujayralari tezda harakatchanligini yo‘qotadi. Natijada ular uchun bachadon bo‘shlig‘iga ko‘tarilish qiyinchilik tug‘diradi. Ammo tuxumdonda o‘sadigan asosiy (dominant) follikul estradiol gormonini ishlab chiqaradi. 

Estradiol qancha ko‘p bo‘lsa, servikal suyuqlik shuncha ko‘payadi va suyuq bo‘ladi. Ovulyatsiya arafasida u tuxum oqi singari cho‘ziluvchan bo‘lib qoladi. Baʼzi ayollarda siklning o‘rtasida bu shilimshiq, shaffof ajralma juda seziladi. Baʼzilarida esa, ovulyatsiyadan bir necha kun oldin, baʼzilarda faqat ovulyatsiya kuni ajraladi. Bu individual xususiyatdir.

Rektal harorat

Bazal tana harorati — organizm dam olganidagi harorat va uning ovulyatsiya vaqtida biroz koʻtarilishi kuzatiladi. Ayolning rektal tana harorati bir qator omillarga, shu jumladan gormonlar miqdoriga bogʻliq holda ham oʻzgaradi.

Ovulyatsiyadan soʻng qonda progesteron gormonining miqdori oshadi. Normada hayz boshlangandan soʻng oʻrtacha 2 hafta davomida (hayz siklining 1 fazasida) bazal harorat 37.0 °C  darajadan oshmaydi. Hayz siklining 2-fazasi boshlanishidan oldin harorat biroz pasayib birdan 0.4-0.5 °C pogʻonaga koʻtariladi. Aynan shu koʻtarilish ovulyatsiya boʻlib oʻtganidan dalolat beradi.

Keyingi hayz boshlangunicha harorat koʻtarilgan boʻlib turadi, uning pasayishi bilan yangi hayz sikli boshlanadi.

Hayz siklingizni nazorat qilib, ovulyatsiya vaqtini bilib borish uchun «Lalu — Hayz kalendari» mobil ilovasini yuklab oling.

admin

Recent Posts

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…

1 год ago

Homiladorlikda qon bosimi oshishi — turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…

1 год ago

Chaqaloq qusishi — sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…

1 год ago

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…

1 год ago

Homiladorlik xolestazi kasalligi

Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…

1 год ago

Bolaning ichi yashil kelsa, nima qilish kerak?

Najasning eng tashvishli o'zgarishlaridan biri bu - uning odatdagidan boshqacha ko'rinishda bo'lishi sanaladi. Chaqaloq yoki…

1 год ago