Oxirgi yangilanish: 04.08.2026
«Lalu — Homiladorlik va onalar maktabi» ilovasi foydalanuvchilarga homiladorlik, hayz sikli va bola parvarishiga oid maʼlumotlar bilan tanishish hamda bir-biri bilan fikr almashish imkoniyatini beradi. Ushbu bitim «Lalu» mobil ilovasidan foydalanish qoidalarini yuridik jihatdan tartibga soladi.
1. Asosiy tushunchalar
1.1. Mobil ilova – Foydalanuvchiga kontentdan foydalanish imkoniyatini beruvchi dasturiy yechimlar toʻplami boʻlib, quyidagi manzillarda joylashgan: Google Play – play.google.com, App Store – apps.apple.com.
1.2. Foydalanuvchi – ilovadan va uning funksiyalaridan foydalanishni boshlagan, dasturni mobil qurilmasiga oʻrnatgan har qanday jismoniy shaxs.
1.3. Kontent – maʼmuriyat tomonidan shakllantirilgan, tarjima qilingan va ilova orqali ommaviy eʼlon qilinadigan har qanday matnli, grafikli, foto, video va audiovizual mahsulotlar.
1.4. Shaxsiy sahifa – mobil ilovada Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini saqlash, oʻzgartirish va oʻchirish imkoniyatini beruvchi boʻlim.
1.5. Pullik obuna (Podpiska) – Foydalanuvchiga Mobil ilovaning yopiq (premium) funksiyalaridan va maxsus kontentidan maʼlum muddat davomida (1 oy, 6 oy yoki 1 yil) pullik asosda foydalanish huquqini beruvchi xizmat turi.
1.6. Avtomatik uzaytirish – obuna muddati tugagach, xizmat haqi Foydalanuvchining qoʻshimcha ishtirokisiz avtomatik ravishda yechib olinishi tizimi.
1.7. Karta orqali toʻlov – obunaning Oʻzbekiston Respublikasidagi toʻlov operatorlari (Payme, Click) orqali bank kartasidan toʻlanishi.
1.8. Ilova ichidagi xarid (In-App Purchase) – obunaning Apple App Store yoki Google Play ilovalar doʻkoni orqali sotib olinishi. Bunday xaridlarda toʻlovni, uni uzaytirish va bekor qilishni tegishli doʻkon (Apple yoki Google) oʻz qoidalari asosida amalga oshiradi.
2. Aksept tartibi
2.1. Ushbu ommaviy oferta akseptі Foydalanuvchi tomonidan ilovani yuklab olish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Oferta aksepti amalga oshirilgan paytdan boshlab shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
2.2. Foydalanuvchi ushbu shartnomada keltirilgan shartlarga rozi boʻlmasa, mobil ilovadan foydalanishni toʻxtatishi lozim.
2.3. Xizmat voyaga yetgan (18 yoshdan katta) shaxslar uchun moʻljallangan. 18 yoshga toʻlmagan shaxslar ilovadan ota-onasi yoki qonuniy vakilining roziligi bilan foydalanishi mumkin.
3. Shartnoma predmeti
3.1. Mazkur shartnomaga muvofiq, mobil ilova maʼmuriyati Foydalanuvchiga homiladorlik, hayz sikli va bola parvarishi davriga oid kontentni hamda turli xizmatlarni taklif etadi.
3.2. Shartnomada toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilmagan barcha holatlarda tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga amal qiladilar.
3.3. Foydalanuvchi ilovada roʻyxatdan oʻtish bilan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 364, 365, 369 va 370-moddalariga muvofiq foydalanish shartnomasiga toʻliq va soʻzsiz rozi ekanini bildiradi.
3.4. Mazkur Foydalanish shartnomasi ochiq va ommaviy hujjat hisoblanadi. Uning amaldagi tahriri lalu.uz/oferta manzilida joylashtiriladi. Shaxsiy maʼlumotlarga ishlov berish tartibi Maxfiylik siyosatida belgilangan.
4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
4.1. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
- Ilovada taklif qilingan xizmatlardan foydalanish va istalgan vaqtda foydalanishni toʻxtatish;
- Maʼmuriyatga taklif, shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish (murojaatlar support.lalufamily.com/uz yordam markaziga yuboriladi);
- Ilova faoliyati haqida ommaviy ijobiy yoki tanqidiy fikr bildirish;
- Oʻz maʼlumotlari bilan tanishish, ularni tuzatish va hisobini oʻchirishni soʻrash.
4.2. Loyiha maʼmuriyati quyidagi huquqlarga ega:
- Mobil ilova faoliyatini yaxshilash uchun dasturiy vositalarga oʻzgartirish kiritish, ularni yangilash va yangi funksiyalar qoʻshish;
- Foydalanish shartlariga amal qilmagan Foydalanuvchini ogohlantirish, vaqtincha yoki doimiy bloklash;
- Jamiyat qoidalarini buzgan kontentni oʻchirish yoki koʻrinmas holga keltirish.
4.3. Loyiha maʼmuriyati quyidagi majburiyatlarga ega:
- Maʼmuriyat tomonidan kiritilgan kontentning ishonchliligiga javobgar boʻlish. Foydalanuvchilar va hamkor manbalar tomonidan joylashtirilgan maʼlumotlarga maʼmuriyat javobgar emas;
- Mualliflik huquqi buzilgani haqida yordam markazi orqali yozma xabar kelib tushganda, maʼlumotlarni tekshirib, huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda materialni ilovadan olib tashlash;
- Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini Maxfiylik siyosatiga muvofiq himoya qilish.
4.4. Foydalanuvchi quyidagi majburiyatlarga ega:
- Ilovadan foydalanish shartlariga toʻliq amal qilish;
- Ilovadagi kontent tibbiy maslahat va shifokor koʻrigi oʻrnini bosmasligini bilgan holda, oʻzida kuzatilayotgan fiziologik yoki patologik oʻzgarishlarga eʼtiborli boʻlish va muammo yuzaga kelganda oilaviy shifokor yoki ginekologga murojaat qilish;
- Ilovaning dasturiy vositalariga zarar yetkazadigan harakatlarni amalga oshirmaslik;
- Xizmatlardan amaldagi qonunlarni buzmagan holda foydalanish;
- Boshqa shaxslarning shaʼni, qadr-qimmati va qonuniy huquqlariga tajovuz qilmaslik;
- Hisobiga kirish maʼlumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslik;
- Tibbiy kontentdan faqat maʼlumot olish maqsadida foydalanish; oʻz-oʻzini tashxislash va davolashga urinmaslik.
5. Jamiyat boʻlimi qoidalari
5.1. Ilovaning «Jamiyat» boʻlimida Foydalanuvchilar savol berishi, javob yozishi va rasm joylashtirishi mumkin. Joylashtirilgan kontent uchun javobgarlik uni joylashtirgan Foydalanuvchi zimmasida.
5.2. Quyidagilar taqiqlanadi: haqorat, tahdid va kamsitish; erotik va zoʻravonlik mazmunidagi materiallar; reklama va spam; boshqa shaxsning shaxsiy maʼlumotlarini uning roziligisiz eʼlon qilish; asossiz tibbiy tavsiyalar berish va dori vositalarini targʻib qilish; qonunga zid boʻlgan har qanday material.
5.3. Qoidalar buzilganda maʼmuriyat kontentni oʻchirishi, Foydalanuvchini vaqtincha yoki doimiy bloklashi mumkin. Takroriy va qoʻpol qoidabuzarliklarda, shuningdek bloklashdan qochish maqsadida yangi hisob ochilganda, cheklov oʻsha qurilma bilan bogʻliq boshqa hisoblarga ham qoʻllanilishi mumkin.
5.4. Foydalanuvchi joylashtirgan kontent boshqa Foydalanuvchilarga koʻrinadi. Nomaqbul kontent haqida ilovadagi «Shikoyat qilish» tugmasi orqali xabar berish mumkin.
6. Tomonlarning javobgarligi
6.1. Tomonlar shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
6.2. Foydalanuvchi shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmasligi natijasida yuzaga keladigan zararlar uchun javobgar boʻladi.
6.3. Foydalanuvchi shaxsiy maʼlumotlarini himoyalanmagan tarmoqlar orqali kiritganda yoki qurilmasi zararli dasturlar taʼsirida boʻlganda ularning saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi. Maʼmuriyat internet ulanishidagi uzilishlar va qurilma nosozliklari uchun javobgar emas.
6.4. Maʼmuriyat Foydalanuvchi shartnoma shartlari bilan oʻz vaqtida tanishmagani tufayli yuzaga kelgan zararlar uchun javobgar hisoblanmaydi.
6.5. Yengilmas kuch holatlari (fors-major) oqibatida shartnoma shartlari bajarilmasa, tomonlar javobgarlikdan ozod qilinadilar.
6.6. Shartnoma shartlarini qoʻpol va qayta-qayta buzgan Foydalanuvchining shaxsiy profili bloklanadi va tiklanmaydi.
6.7. Foydalanuvchining materiallari maʼlum sabablarga koʻra oʻchirilib ketgan taqdirda, maʼmuriyat ularni qayta tiklashga javobgar emas.
7. Pullik obuna: karta orqali toʻlov (Payme, Click)
7.1. Pullik obuna xizmatlarining qiymati va tarif rejalari (1 oylik, 6 oylik va 1 yillik) Mobil ilovaning toʻlov boʻlimida koʻrsatiladi. Maʼmuriyat tariflar narxini oʻzgartirish huquqiga ega; bunda sotib olingan faol obuna muddati yakunlangunga qadar joriy narx oʻzgarmaydi.
7.2. Foydalanuvchi ilovada bank kartasi maʼlumotlarini kiritib obunani faollashtirganda, keyingi davrlar uchun toʻlovlar amaldagi tarif boʻyicha kartadan avtomatik ravishda yechib olinishiga rozilik bildiradi.
7.3. Avtomatik uzaytirish joriy obuna muddati tugashidan kamida 24 soat oldin keyingi davr uchun amalga oshiriladi.
7.4. Foydalanuvchi istalgan vaqtda avtomatik uzaytirishni Mobil ilovaning «Profil» → «Mening obunalarim» boʻlimidagi «Obunani bekor qilish» tugmasi orqali oʻchirishi mumkin. Obuna bekor qilinganda, Foydalanuvchi joriy toʻlangan muddat yakuniga qadar kontentdan foydalanish huquqini saqlab qoladi.
7.5. Kartada mablagʻ yetarli boʻlmasa yoki texnik sabablarga koʻra toʻlov amalga oshmasa, Maʼmuriyat yopiq kontentga kirish huquqini toʻlov muvaffaqiyatli amalga oshirilgunga qadar cheklash yoki toʻxtatib turish huquqiga ega.
7.6. Yangi foydalanuvchilar uchun sinov davri (Free Trial) taqdim etilishi mumkin. Sinov davrida karta tizimga bogʻlanadi, biroq pul yechilmaydi. Agar Foydalanuvchi sinov davri tugashidan kamida 24 soat oldin obunani bekor qilsa, pul yechilmaydi. Aks holda tanlangan tarif boʻyicha birinchi toʻlov avtomatik amalga oshiriladi.
7.7. Karta maʼlumotlari toʻliq holda Maʼmuriyat serverlarida saqlanmaydi — toʻlovlar litsenziyalangan toʻlov operatorlari orqali amalga oshiriladi.
8. Pullik obuna: App Store va Google Play orqali xarid
8.1. Obuna Apple App Store yoki Google Play orqali sotib olinganda, toʻlov Foydalanuvchining oʻsha doʻkondagi hisobi orqali amalga oshiriladi va tegishli doʻkonning qoidalariga boʻysunadi.
8.2. Bunday obunani ilova ichidan bekor qilib boʻlmaydi. Obunani boshqarish va bekor qilish faqat doʻkon hisobi orqali amalga oshiriladi:
- App Store: «Sozlamalar» → ismingiz → «Obunalar» → Lalu → «Obunani bekor qilish».
- Google Play: Play Market → profil → «Toʻlovlar va obunalar» → «Obunalar» → Lalu → «Obunani bekor qilish».
8.3. Obuna joriy muddat tugashidan kamida 24 soat oldin bekor qilinmasa, doʻkon uni avtomatik ravishda uzaytiradi va toʻlovni yechadi. Bekor qilingandan soʻng Foydalanuvchi toʻlangan muddat yakuniga qadar premium funksiyalardan foydalanishda davom etadi.
8.4. Ilovani qurilmadan oʻchirish yoki Lalu hisobini oʻchirish doʻkon orqali rasmiylashtirilgan obunani avtomatik bekor qilmaydi. Obunani alohida bekor qilish Foydalanuvchining zimmasida.
9. Pullarni qaytarish siyosati
9.1. Karta orqali amalga oshirilgan toʻlovlar
9.1.1. Oʻzbekiston Respublikasining «Elektron tijorat toʻgʻrisida»gi Qonuniga muvofiq, toʻlov amalga oshirilib, yopiq kontent va funksiyalardan foydalanish imkoniyati ochilgan paytdan boshlab xizmat toʻliq koʻrsatilgan hisoblanadi.
9.1.2. Avtomatik uzaytirish oʻz vaqtida bekor qilinmagani sababli pul yechib olingan taqdirda, Foydalanuvchi yangi obuna davrining birinchi 3 (uch) kalendar kuni ichida ilovaga kirmagan boʻlsa, yechilgan summani 100% miqdorda qaytarishni talab qilishga haqli. Ushbu muddat ichida ilovadan foydalanilgan boʻlsa, toʻlov qaytarilmaydi.
9.1.3. Uzoq muddatli obunalar (6 oylik va 1 yillik) Foydalanuvchi tashabbusi bilan muddatidan oldin bekor qilinganda va qonuniy asoslar mavjud boʻlganda, pul mablagʻlari amalda foydalanilgan oylar qiymatini (standart 1 oylik tarif narxida, chegirmasiz) chegirgan holda qayta hisoblanadi va qoldiq summa qaytariladi.
9.1.4. Pulni qaytarish Foydalanuvchining yordam markazi orqali yuborgan yozma arizasi asosida koʻrib chiqiladi. Arizada tranzaksiya raqami (yoki skrinshot), telefon raqami va qaytarish sababi koʻrsatilishi shart.
9.1.5. Maʼmuriyat arizani 14 (oʻn toʻrt) ish kuni ichida koʻrib chiqadi. Ijobiy javob berilgan taqdirda pul mablagʻlari 7 (yetti) bank ish kuni ichida toʻlov amalga oshirilgan oʻsha bank kartasiga qaytariladi. Pullarni naqd koʻrinishda, elektron hamyonlarga yoki uchinchi shaxsning kartasiga qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
9.2. App Store va Google Play orqali amalga oshirilgan xaridlar
9.2.1. Doʻkon orqali amalga oshirilgan toʻlovlarni Maʼmuriyat qaytara olmaydi, chunki mablagʻ Apple yoki Google tomonidan qabul qilinadi. Bunday xaridlar boʻyicha pulni qaytarish tegishli doʻkonning qoidalari asosida amalga oshiriladi:
- Apple: reportaproblem.apple.com sahifasi orqali.
- Google Play: Google Play yordam markazi orqali.
9.2.2. Maʼmuriyat bunday murojaatlarda Foydalanuvchiga maslahat va zarur maʼlumot bilan yordam berishga tayyor, biroq qaror qabul qilish tegishli doʻkon ixtiyorida.
10. Sovgʻa obunalar va ballar
10.1. Obuna boshqa Foydalanuvchiga sovgʻa sifatida rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda toʻlovni amalga oshirgan shaxs toʻlovchi, obunadan foydalanuvchi shaxs esa qabul qiluvchi hisoblanadi. Sovgʻa obunalar avtomatik uzaytirilmaydi.
10.2. Ilovadagi faollik uchun toʻplangan ballar (bonuslar) evaziga premium funksiyalardan foydalanish imkoniyati taqdim etilishi mumkin. Ballar pul mablagʻi hisoblanmaydi, naqd pulga almashtirilmaydi va uchinchi shaxsga oʻtkazilmaydi. Maʼmuriyat ballarni hisoblash va sarflash qoidalarini oʻzgartirish huquqiga ega.
11. Shartnomani bekor qilish va hisobni oʻchirish
11.1. Foydalanuvchi istalgan vaqtda ilovadan foydalanishni toʻxtatishga haqli.
11.2. Ilovani qurilmadan oʻchirish faol obunani bekor qilmaydi va hisobdagi maʼlumotlarni oʻchirmaydi. Foydalanuvchi avval obunani (7.4 yoki 8.2-bandga muvofiq) bekor qilishi lozim.
11.3. Hisobni va unga bogʻliq maʼlumotlarni oʻchirish tartibi Hisobni oʻchirish sahifasida bayon etilgan. Soʻrov qoʻlda koʻrib chiqiladi va 30 kun ichida bajariladi.
12. Nizolarni koʻrib chiqish tartibi
12.1. Ushbu shartnomadan kelib chiqqan har qanday nizo tinch yoʻl bilan, Foydalanuvchining yozma murojaati asosida eʼtiroz bildirish tartibida koʻrib chiqiladi.
12.2. Nizo eʼtiroz bildirish tartibida hal etilmagan taqdirda, u javobgar joylashgan yerdagi tegishli sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
13. Loyiha maʼmuriyatining rekvizitlari
- Yuridik shaxs: «Bee Alley» masʼuliyati cheklangan jamiyati (MChJ)
- STIR (INN): 308549575
- Yuridik va jismoniy manzil: 210500, Navoiy viloyati, Konimex tumani, Shoʻrtepa koʻchasi, 12-uy
- Bank rekvizitlari: «AGROBANK» ATB Konimex filiali, MFO 00209
- Hisob raqami: 2020 8000 3053 9789 5001
- Telefon: +998 99 893 74 45
- Qoʻllab-quvvatlash xizmati: support.lalufamily.com/uz