Mobil ilovani yuklab oling
Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.
Agar chaqaloq axlatida qon yoki tupurgan, qayt qilish holatida oz miqdorda qon borligini sezsangiz, sizda buning sababi nimadaligi va bunday holatdan tashvishlanish kerakmi yo’qmi, degan savol paydo bo’lishi tabiiy hol.
Ko’pgina chaqaloqlarda chaqaloqlik davrida kamida bir marta bo’lsada, axlatida qon ko’rinishi mumkin. Qabziyat, kichik anal yoriqlari va boshqa ba’zi muammolar chaqaloqning axlatida qon izlari paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Chaqaloq axlatida qon bo’lsa… Nima qilish kerak?
Farzandingiz axlatida o’zgarish sezgan kuningizdan boshlab uni kuzatib boring. Bolaning axlatida qon paydo bo’lishiga bir necha omillar sabab bo’lishi mumkin, ularning ba’zilari tashvishga sabab bo’lmaydi, boshqalari esa tibbiy yordam talab qiladigan omillar hisoblanadi.
Sizning ko’rgan narsangiz qon deb taxmin qilishdan oldin, farzandingiz yaqinda qanday ovqat iste’mol qilganligi haqida o’ylab ko’ring. Yosh bolalarning ovqat hazm qilish tizimi to’laqonli yetuk bo’lmaganligi sababli ular iste’mol qilgan ovqat hazm bo’layotganda kattalardagidek, sezilarli darajada o’zgarishga uchramaydi.
Shuning uchun ularning najasida kamalakning har qanday rangini, shu jumladan, lavlagi va pomidor kabi sabzavotlar iste’mol qilganda najas qizil rangda bo’lishini ham ko’rishingiz mumkin.
Misol uchun, axlatda mayda qon tomchilari yoriqlar borligini, axlat bo’ylab marmarlangan qon esa boshqa turdagi muammolar bor ekanligini ko’rsatishi mumkin. Agar bola axlatida qon paydo bo’lishda davom etaversa, shifokorga murojaat qiling va bola najasida nima ko’rayotganligingizni unga tasvirlab bering.
Qonli axlat sabablari
Chaqaloq axlatida qon paydo bo’lishining bir nechta sabablari bor. Ular quyidagilar:
- Oziq-ovqatlar: pomidor, lavlagi yoki oziq-ovqat bo’yoqlari kabi ba’zi oziq -ovqatlar bolaning axlatida qizil chiziqlar yoki bo’laklarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, yosh onalar bolaning oxirgi iste’mol qilgan ovqatlariga e’tibor berishlari kerak.
- Anal yoriqlar: bu chaqaloq axlatida qon paydo bo’lishing eng keng tarqalgan sabalaridan biridir.
- Oziq-ovqatga nisbatan allergiya: ona suti tarkibida yoki undagi oqsilga nisbatan bolada allergiya bo’lishi mumkin, bu holat allergik kolit deb ataladi.
Agar chaqaloqda onasining sutiga nisbatan sezuvchanlik yuqori bo’lsa, bu yo’g’on ichak yallig’lanishiga olib kelishi mumkin va bola axlatida qon paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. - Ichak buzilishi: yo’g’on ichak shilliq qavatining yallig’lanishi va ichakning bir qismi ikkinchi qismiga o’tganda unda invaginatsiya paydo bo’lishi chaqaloq axlatida qon paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
- Diareya: salmonella, E.coli, shigella yoki boshqa bakteriyalar ichaklarning shilliq qavati yallig’lanishiga olib kelishi mumkin, bu esa bolaning axlatida mayda qon tomchilarinining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Shu bilan birga, diareya kuzatilgan bolada isitma, injiqlik, ovqatlanishdan bosh tortish va chaqaloqlarda xavfli suvsizlanish holatini keltirib chiqarishi ham mumkin.
- Onaning qoni: Emizikli onaning ko’krak so’rg’ichi yorilgan, og’riqli, yoki undan qon oqayotgan bo’lsa, bunday holat chaqaloq sog’ligi uchun zararli vaziyatlarni keltirib chiqarmaydi. Biroq bu holatni shifokor bilan maslahatlashib, bartaraf etish shart.
Chaqaloq axlatida qon bo’lsa, qachon shifokorga murojaat qilish kerak?
Farzandingizda qattiq qorin og’rig’i bo’lib, u yig’layotgan bo’lsa, darhol shifokoringizga murojaat qiling.
Shuningdek, quyidagi holatlar kuzatilsa ham shifokor bilan bog’laning:
- Bola axlatida ko’p miqdorda qon bo’lsa;
- Najas rangi qora yoki qatron rang ko’rinishida;
- Anus yoki to’g’ri ichakning shikastlanishi bo’lsa;
- Najasda qon borligini ikki martadan ko’p ko’rgan bo’lsangiz;
- Farzandingizda qon bilan birga, diareya holati bo’lsa;
- Farzandingiz 12 haftalikdan kichik bo’lsa.
Foydali maqola: Bola qachon tik turadi yoki oyoq bosadi?
Davolash
Ko’pincha, farzandingiz bilan bog’liq ushbu muammo, juda qattiq axlat massasi ichak devorlarini ta’sirlantirishi tufayli bo’lishi mumkin. Agar shunday bo’lsa, qon axlatda dog’ yoki uzun chiziq shaklida paydo bo’ladi. Bu holat odatda, tez tuzaladigan holat bo’lib, bunda shifokoringiz chaqaloq to’g’ri ichagini glitserinli sham bilan moylashni, iliq sho’r suvli hammom yoki steroidli malhamlarni ishlatishni tavsiya qilishi mumkin.
Agar axlatda qon paydo bo’lishiga bolaning ich qotishi sabab bo’lsa, parhez usulini qo’llaganingiz ma’qul. Agar chaqalog’ingizda anal yorig’i bo’lmasa, tashxis qo’yilgandan so’ng, shifokoringiz farzandingiz davolanishi uchun kerakli maslahatlarni berishi mumkin.
Maqola www.hopkinsmedicine.org hamda www.medicalnewstoday.com ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.