Mobil ilovani yuklab oling
Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.
Sut ishlab chiqarish uchun tanaga qo’shimcha kaloriya kerak bo’ladi. Ma’lum turdagi ovqat va ichimliklar yosh ona sutini ko’paytirish uchun foydali hisoblanadi.
Laktatsiyani oshiradigan oziq-ovqatlar bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlar juda kam. Biroq, quyidagi mahsulotlar ko’krak suti ishlab chiqarilishini oshirishda yordam berishi mumkin:
Suli yormasi
Suli yormasi ona sutini ko’paytirish yoki oshirishda eng yaxshi mahsulotlardan biri. Shuningdek, u emizikli ayollar va chaqaloqlar uchun muhim bo’lgan ozuqa moddalari manbai hisoblanadi.
Bunday ozuqa moddalariga quyidagilar kiradi:
- ozuqaviy tolalar (donli ekinlarda uchraydi);
- temir;
- magniy;
- rux (sink).
Sarimsoq
Sarimsoqni iste’mol qilish yoki sarimsoq qo’shimchalarini qabul qilish ba’zi ayollarda laktatsiya jarayoni rag’batlantirib, sut hajminini oshirishi mumkin. Uning samaradorligini isbotlangan hech qanday tadqiqot mavjud bo’lmasa-da, Hindistondagi ba’zi odamlar sarimsoqni galaktagog (sut ko’paytiruvchi o’simlik) sifatida foydalanishadi.
Biroq, sarimsoqni juda ko’p iste’mol qilish ona sutining hidini noxushlanishiga olib kelishi mumkin. Ba’zi chaqaloqlarga bu hid yoqmaydi va natijada ular ona sutini kamroq iste’mol qilishlari mumkin.
Arpabodiyon urug’lari
Arpabodiyon urug’lari ko’krak suti ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun sotiladigan choy va qo’shimchalarning umumiy tarkibiy qismidir. Ayrimlar esa, qorin dam bo’lishini yengillashtirish uchun arpabodiyon urug’idan ham foydalanadilar.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, emizish davrida arpabodiyonni qabul qilish sut va yog’ miqdorini oshirishi va chaqaloqning ko’proq vazn olishiga yordam beradi.
Foydali maqola: Tug’ruqdan keyin ayolni xavfdan ogohlantiruvchi belgilar
Oqsilga boy mahsulotlar
Oqsil ona sutini ishlab chiqarish uchun juda muhim. U ayoldan chaqaloqqa o’tib uni oziqlantiradi hamda o’sishiga yordam beradi. Shu sababli, emizikli ayollarga har kuni qo’shimcha 25 gramm protein iste’mol qilishlari tavsiya etiladi. Ona sutining barqarorligini ta’minlash uchun har kuni ko’p miqdorda oqsilga boy ovqatlar tanovul qilish lozim.
Oqsilga boy ozuqalar:
- yog’siz go’sht;
- tuxum;
- loviya va yasmiq;
- tofu (pishloq);
- yong’oq va donli mahsulotlar
Muhim: Bolalarni ko‘krak suti bilan uzoq vaqt oziqlantirishning foydali va zararli tomonlari
Yashil bargli sabzavotlar
Viskonsin universitetining Oila tibbiyoti va jamiyat salomatligi kafedra bo’limi ma’lumotlariga ko’ra, ko’plab meva va sabzavotlar, shu jumladan, yashil bargli sabzavotlar laktatsiya jarayonining tezlashishiga yordam berib, ko’krak sutini ko’payitirish uchun xizmat qiladi.
Yashil bargli sabzavotlarga quyidagilar kiradi:
- lavlagi ko’katlari;
- qoqio’t;
- karam;
- kashnich;
- ismaloq.
Kamroq iste’mol qilish kerak bo’lgan oziq-ovqatlar
Ko’p ayollar emizish paytida hech qanday oziq-ovqatdan voz kechish kerak emas deb hisoblaydi. Boshqalar esa ma’lum bir oziq-ovqat va ichimliklar sut miqdorini kamaytirishi yoki chaqaloqning bezovtalanishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidlashgan.
Ularga quyidagilar kiradi:
- kofeinli mahsulotlar, jumladan, qahva, choy va shokolad;
- sutli mahsulotlar;
- ko’katlar, jumladan, kashnich, yalpiz va tog’jambil;
- ziravorlar, masalan, dolchin va chili;
- mevalar, jumladan, sitrus, kivi, quritilgan olxo’ri va ananas;
- piyoz, karam, brokkoli va gulkaram kabi qorinda gaz hosil qiluvchi sabzavotlar
Biroq, har bir ayol va chaqaloq har xil. Kundalik tutish va o’zgarishlarni kuzatib borish muammoli oziq-ovqatlarni aniqlashga yordam beradi.
O’qing: Og’iz bo’shligi kandidozi — molochnitsa
Ona sutini ko’paytirish uchun qo’shimcha maslahatlar
Yuqorida sanab o’tilgan mahsulotlar bilan laktatsiya jarayonini yaxshilashi mumkin, shu bilan birga sut miqdorini oshirishning boshqa ko’plab usullari mavjud. Bularga quyidagilar kiradi:
- tug’ilgandan keyin tez orada bolani emizish;
- chaqaloq talabiga javoban tez-tez emizish;
- sutni barqarorligini saqlab qolish uchun emizishdan keyin sog’ish;
- suv va sharbatlar ichish;
- ko’p dam olish;
- meditatsiya va jismoniy mashqlar orqali stressni kamaytirish;
- ko’kraklarga mos keladigan ichki kiyim kiyish;
- alkogol va nikotindan voz kechish;
- chaqaloqning emish samarasini kuzatish;
- agar emizish bilan bog’liq muammolar yuzaga kelsa, laktatsiya bo’yicha doktordan tezkor maslahat olish;
- dori-darmonlar qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish, chunki dorilarning ba’zilari sut miqdorini kamaytirishi mumkin.