Mobil ilovani yuklab oling
Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.
Ko’p ayollarda homiladorlikda ishtaha yo’qolish holati kuzatiladi. Siz ovqatni yoqimsiz deb bilishingiz yoki o’zingizni och his qilishingiz mumkin, lekin bunday paytda o’zingizni ovqat yeyishga majburlay olmaysiz.
Homiladorlikda ishtaha yo’qolishi sababi nima?
Ishtahangiz o’zgarishi odatiy holdir, bu ayniqsa homiladorlik davrida tanagizda juda ko’p o’zgarishlar yuz berishiga olib keladi. Agarda sizda ishatahangiz yo’qolsa, barcha ovqatlarga bo’lgan umumiy qiziqmaslik yoki ovqatlanish istagi yo’qligi paydo bo’lishi mumkin. Shuni yodda tutingki, homiladorlik davridagi ishtaha yo’qolishi bu juda keng tarqalgan o’ziga xos mahsulotlarni yoqtirmaslik hissidan farq qiladi.
Homiladorlik davrida ishtaha yo’qolishiga quyidagi bir nechta omillar sabab bo’lishi mumkin:
Ko’ngil aynishi va qayt qilish
Ko’ngil aynishi va qusish homiladorlik paytida, ayniqsa birinchi trimestrda, toksikoz shaklida, tez-tez uchraydi, ba’zi ayollarda bu holat butun homiladorlik davri davomida ham kuzatilishi mumkin.
Agar ko’ngil aynishi va qayt qilish tufayli ishtaha yo’qolishi kuzatilayotgan bo’lsan, yog’li yoki achchiq ovqatlardan voz kechishga harakat qiling, ovqatdan alohida suyuqlik iching va oz-ozdan, tez-tez ovqatlaning.
Ruhiy salomatlik holati
Bunda turli ruhiy salomatlik holatlari, jumladan, stress va depressiya sizning ishatahangizga ta’sir qilishi mumkin.
Homilador ayollar turli jismoniy va biokimyoviy o’zgarishlar tufayli ruhiy salomatlik muammolariga ko’proq moyil bo’lishi mumkin. Xususan, depressiya ovqatlanish odatlarining o’zgarishiga, shu jumladan ishtahaning pasayishi sabab bo’lishi mumkin.
Qiziqarli: Homiladorlik davridagi xohish-istaklar nimadan dalolat?
Dori-darmonlar
Homiladorlik davrida qo’llash mumkin bo’lgan ba’zi dorilar ishtahani pasaytirishi mumkin. Agar ishtaha pasayishi qabul qilayotgan preparatlarga bog’liq deb tahmin qilsangiz, bu to’g’risida shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Ovqatlanishning buzilishi
Ba’zi homilador ayollarda ovqatlanishning buzilishi, shu jumladan, anoreksiya va bulemiya holati yuzaga kelishi mumkin. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko’ra, homilador ayollardagi tartibsiz ovqatlanish 0,6-27,8 % ni tashkil etar ekan.
Boshqa mumkin bo’lgan sabablar
Homilador ayollarda o’smalar, oshqozon faoliyatining buzilishi, zarda va Addisson kasalligi tufayli ham ishtaha yo’qolishi kelib chiqishi mumkin.
Bundan tashqari, homiladorlik bilan bog’liq ta’m va hid bilishning o’zgarishi, B12 vitamini va temir kabi moddalarning yetishmasligi ba’zi homilador ayollarda ishtahani yo’qolishiga sabab bo’lishi mumkin.
Foydali: Homiladorlik davrida milklar qonashi
Homiladorlikda ishathani qanday tiklash mumkin?
Agarda siz ishtaha yo’qolish holatini boshdan kechirayotgan bo’lsangiz, ovqatlanishingizni qanday qilib to’g’ri yo’lgan qo’yishni o’ylashingiz kerak.
Agarda siz to’liq portsiya ovqatlarni iste’mol qila olmasligingizni his qilsangiz ham, o’zingiz uchun yetarlicha bo’lgan ovqatlarni birinchi o’ringa qo’yishingiz mumkin. Bular siz va bo’lajak farzandingiz uchun yetarlicha oziq moddalarni is’temol qilishni ta’minlashga yordam beradi.
Quyida keltirilgan bir nechta oziq-ovqat turlari tayyorlash oson, porsiyalari kichik va oshqozoningizda oson hazm bo’ladi:
- Oqsilga boy yeguliklar: qattiq qaynatilgan tuxum, yogurt, qovurilgan no’xat, pishloq, tovuq bo’lagi, kurka go’shti;
- Yumshoq, tolaga boy bo’lgan foydali sabzavotlar: shirin kartoshkalar, yashil loviya, kichik sabzi (qaynatilgan yoki xom holatda), tabiiy ismaloqli salat;
- Kichik bo’laklar: yangi rezavorlar, jo’xori uni, quritilgan mevalar va oddiy tvorog kabi quruq sut mahsulotlari;
- Yumshoq donalar/kraxmalar: jigarrang guruch, makaron va makaron mahsulotlari, pishloq va shuningdek, duxovkada pishirilgan va ezilgan kartoshka;
- Sho’rva: tovuqli ugra sho’rva va tovuqli go’shtili mastava;
- Suyuqliklar: oddiy bulyonlar va sog’liq uchun foydali smetanalar.
Foydali maqola: Homiladorlikda nimalar mumkin emas?
Qachon tashvishlanish kerak?
Agarda sizda vaqti-vaqti ishtaha yo’qolsa yoki ma’lum oziq-ovqatlarga nisbatan ishtaha yo’qolsa, har kuni yetarli miqdorda ozuqa moddalarni iste’mol qilsangiz, odatda, bundan tashvishlanishga xojat yo’q.
Misol uchun, agarda siz doimiy ravishda ozuqaviy moddalarga boy ovqatlar iste’mol qilsangiz, va sizning vazningiz homila muddatingizga mos bo’lsa (Vazningizni «Lalu» orqali ham nazorat qilib borishingiz mumkin), vaqti-vaqti bilan ishtaha yo’qolish holatidan tashvishlanmasligingiz mumkin.
Bundan tashqari, ba’zi homilador ayollarda o’ziga xos ovqatlarga, jumladan, juda xushbo’y ovqatlar va go’shtga nisbatan ishtaha yo’qolishi mumkin. Biroq bu nisbatan keng tarqalgan holat bo’lib, odatda tashvishga sabab bo’lmaydi.
Ammo siz muntazam ravishda ovqatlanmayotgan bo’lsangiz yoki bir kundan ortiq sizda ishtaha yo’qolishi holati bo’lsa, shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak.
Negaki, bunday holatda sizning sog’ligingiz, shuningdek, o’sib borayotgan farzandingiz sog’ligini qo’llab-quvvatlash uchun yetarli miqdorda ozuqa moddalarini olish juda muhimdir.
Homiladorlikda kam ovqatlanish bilan bog’liq bo’lgan asoratlar
Kam ovqatlanish homiladorlik bilan bog’liq ko’plab asoratlarga, jumladan, homilaning yomon o’sishiga, kam vaznga ega bo’lishiga va onaning vazni yo’qolishiga olib kelishi mumkin. Bu shuningdek, bolalarda aqliy funksiyalarning va xatti-harakatning pasayish muammolarini yuzaga keltiradi. Makroelementlar ham, mikroelementlar ham birdek sog’lom homiladorlikni ta’minlash uchun zarurdir.
Homiladorlikda surunkali ishtaha yo’qolishi kuzatilgan ayollarda kamqonlik, homila o’sishi patologiyalari va erta tug’ilish xavfi bo’ladi.