Рубрики
Salomatlik

Homiladorlik davrida milklar qonashi


Mobil ilovani yuklab oling

Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.


Homilador ayollar milk qonashi boʻyicha tish shifokoriga murojaat qilganida ularga homiladorlik gingiviti (milklarning yalligʻlanish) kasalligi tashxisi qoʻyilishi mumkin.

Homilador ayollarning taxminan 60-75 foizida milklari shishgan, qizargan holatda boʻladi. Milklar nozik va taʼsirchanligi sabab tishlar oddiy tish choʻtkasi bilan yuvilganida qonab ketadi. Ushbu kasallik milk yalligʻlanishining yengil turlaridan biri bo’lgan homiladorlik gingiviti hisoblanadi.

Homiladorlik gingiviti milklarning tish karashidagi bakteriyaga sezuvchanligini oshishi, gormonal oʻzgarishlar tufayli yuzaga keladi. Umuman olganda, homiladorlik davrida ayollarda progesteron va estrogen miqdori nihoyatda yuqori boʻladi va natijada shilliq pardalardagi qon oqimi koʻpayadi, bu esa milklarda sezuvchanlikni oshirib yuboradi.

Homiladorlik gingiviti sabablari

  • Gormonlar oʻzgarishi;
  • Ratsiondagi oʻzgarishlar;
  • Soʻlak ishlab chiqarishning kamayishi;
  • Soʻlakdagi oʻzgarishlar;
  • Tish pastasi taʼsiri;
  • Qayt qilish va holsizlik.

Homiladorlik gingiviti rivojlanayotgan homilaga qanday taʼsir qiladi?

Agar siz tishlarni toza saqlash gigiyenasiga rioya qilsangiz homiladorlik gingiviti sizga yoki chaqalogʻingizga zarar yetkazmaydi. Milk kasalligi erta tugʻruqqa olib kelishi mumkinligi haqida qarashlar mavjud, ammo ushbu kasallikning ogʻirroq turiga chalingan ayollar uchungina xavfli boʻlishi mumkin.

Tadqiqotlar milk kasalligining ogʻir turi erta tugʻruq, chaqaloqning kam vaznda tugʻilishi va hatto preeklampsiya (qon bosimining osishi) kabi oqibatlarga olib kelishi mumkinligini koʻrsatadi. Boshqa tadqiqotlar esa, milk kasalligi va bunday jiddiy asoratlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni inkor etadi.

Homiladorlikda milk qonashi qachon boshlanadi?

Homiladorlikning ikkinchi trimestrida turli gormonal oʻzgarishlar tufayli milklar ancha yumshoqroq va taʼsirchan boʻlishiga qaramay, odatda uchinchi trimestrda, estrogen va progesteron darajalari eng yuqori choʻqqisiga chiqqanda milk qonashi kuzatiladi. Birinchi trimestrdagi taʼsirchan milklar homiladorlikning dastlabki belgisi boʻlishi mumkin.

Homiladorlik davrida tishlar parvarishi

Tishlarga gʻamxoʻrlik qilishni ogʻiz boshligʻini toza saqlashdan boshlang:

  • Kuniga kamida ikki marta (iloji boʻlsa, har ovqatdan keyin) yumshoq choʻtka va ftorli tish pastasi yordamida tozalab ehtiyotkorlik bilan yuving. Shuningdek, turli simptomlarni oldini oluvchi maxsus antigingivit tish pastalaridan foydalaning;
  • Har kuni tish ipi bilan tishlarni tozalang;
  • Ftorli, alkogolsiz ogʻiz yuvish vositasidan foydalaning;
  • Iloji boʻlsa, shakar isteʼmol qilishni cheklang, chunki u tishlarda karash hosil boʻlish ehtimolini va ogʻizdagi bakteriyalar miqdorini oshirishi mumkin.

Har qanday kasallikni oldini olish uchun muntazam ravishda tish shifokoriga murojaat qiling. Doimiy tekshiruvlarga qoʻshimcha ravishda, quyidagi hollarda darhol tish shifokoriga qoʻngʻiroq qiling:

  • Tish ogʻrigʻi;
  • Milklarning tez-tez qonashi;
  • Milk kasalligining boshqa belgilari, masalan, milklar shishishi yoki taʼsirchanligi, tish va milk uzoqlashishi, doimiy yomon hid kelishi yoki tishlarning boʻshashishi kuzatishi;
  • Ogʻiz boʻshligʻida turli yaralar paydo boʻlishi;
  • Ogʻiz boshligʻining uvishishi.

Homiladorlik gingivitini qanday davolash mumkin?

Tish shifokorlari homiladorlik gingivitini davolashda bir qator muolajalarni, jumladan, antibiotiklar va milk kasalliklariga qarshi ogʻiz yuvish vositalarini tavsiya etadi. Ogʻir holatlarda esa jarrohlik operatsiyasi oʻtkazilishi ham mumkin.

Ushbu antibiotiklar va ogʻiz yuvish vositalari odatda homilador ayollar uchun xavfsiz, lekin ularning oʻsayotgan chaqaloq sogʻligʻiga taʼsir qilishi haqida hech qanday tadqiqotlar oʻtkazilmagan. Bunday vositalarni buyurishda tish shifokorlari homiladorligingiz, tugʻruqqa qancha vaqt qolgani va mavjud allergik holatingizni inobatga olishi va muolaja toʻliq xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Добавить комментарий

error: Saytdan maʼlumot ko‘chirish mumkin emas!