Homiladorlikda shishlar — sabablari va davolash usullari

Homiladorlikda shishlar odatiy holdir, chunki rivojlanayotgan chaqaloqning ehtiyojlarini qondirish uchun organizm taxminan 50% koʻproq qon va suyuqlik ishlab chiqarishni boshlaydi. Shishlar odatda qoʻl, yuz, oyoq va toʻpiqlarda paydo boʻladi.

Homiladorlik davrida shishlarning sabablari

Organizmda suyuqlik yigʻilishi ayol tanasini yumshatishga xizmat qiladi, bu esa oʻz navbatida rivojlanayotgan chaqaloqning osonroq kattarishiga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, qoʻshimcha suyuqlikni boʻlishi tugʻruq paytida chanoq boʻgʻimlari va toʻqimalarini yengil ochilishida yordam beradi. Homiladorlik davrida yigʻilgan suyuqlik ayol vaznining taxminan 25% qismini tashkil etadi.

Foydali: Homiladorlik kalendari va hisoblash kalkulyatori

Homiladorlikda shishlar qachon paydo boʻladi?

Homiladorlikning davrida istalgan vaqtda shishlar paydo boʻlishi mumkin,ular asosan  homilaning beshinchi oyida yaqqol seziladi.

Shishni paydo boʻlishiga quyidagi omillar sabab boʻlishi mumkin:

  • Yoz faslidagi issiq ob-havo;
  • Uzoq vaqt davomida tik turish;
  • Kun davomidagi tinimsiz harakatlar;
  • Tarkibida kaliy miqdori past boʻlgan taomlarni isteʼmol qilish;
  • Kofein miqdori yuqori boʻlgan mahsulotlarni isteʼmol qilish;
  • Natriy koʻp boʻlgan mahsulotlarni isteʼmol qilish.

Homiladorlikda shishlarni davolash usullari

Shishni kaliyga boy mahsulotlarni isteʼmol qilish orqali kamaytirish mumkin. Masalan, banan kaliyga boy meva hisoblanadi, shuningdek, tarkibida kofein mavjud boʻlgan narsalarni isteʼmol qilmaslik tavsiya qilinadi.

Foydali maqola: Homiladorlikda nimalar mumkin emas? Eng zararli 11 mahsulot

Shishni oldini olish uchun maslahatlar:

  • Oyoqda uzoq vaqt tik turishdan saqlanish. Oyoqlarni yuqoriga koʻtarib yotish, toʻpiqlarni bir-birini ustiga chiqarib tez-tez almashtirib turish, boldir muskullari dam olishi uchun oyoqni ohista bukib yotish tavsiya etiladi.
  • Chap tomonga yonboshlab yotish. Bu holat katta venalar orqali tananing pastki qismidan yurakka qaytib boruvchi qon tomirlariga tushadigan bosimni kamaytiradi. Natijada yurakka qon yaxshiroq yetib boradi. Shuningdek, yotgan paytda oyoq ostiga yostiq qoʻyib koʻtarish ham yaxshi samara beradi.
  • Kompressor paypoqlarini kiyish. Kun davomida yurgan paytda oyoqlardagi bosimni bir maromda ushlab turish uchun bu turdagi paypoqlar ham yordam berishi mumkin.
  • Har kuni jismoniy faol boʻlish. Piyoda yurish, statsionar velosiped haydash va yengil suzish ham yaxshi samara beradi.
  • Basseyn ichiga tushib yurish yoki shunchaki suvda tik turish ham oyoq muskullaridagi bosimni kamaytirib hosil boʻlgan ogʻriqdan xalos qilishi mumkin.
  • Keng kiyimlarni kiyish. Iloji boricha tor kiyimlarni kiymaslik kerak, ular tanaga qancha yopishib turgani sari organizmda qon aylanishiga xalaqit beradi, shuningdek, toʻpiq va boldirlarni qisib turadigan paypoqlarni kiyish ham umuman tavsiya etilmaydi.

Baʼzi tadqiqotlarga koʻra, oyoq, qoʻl va quloqlarning ayrim joylarini massaj qilish orqali ham ushbu davrdagi shishlarni kamaytirish mumkin.

Shish sababli suyuqlikni kamroq ichishga harakat qilish yaxshi emas, aksincha, bu davrda kuniga taxminan 10 stakan (2,4 litr) suyuqlik ichish tavsiya qilinadi.

Homiladorlik davrida oyoq va toʻpiqlarning shishshi normal holat boʻlsa-da, toʻsatdan bir oyoqning shishishi va ogʻriq paydo boʻlishi chuqur tomir trombozi belgisi boʻlishi mumkin. Bu esa organizmda qon bosimini odatdagidan koʻtarilib ketganini bildiradi. Bunday holatlarda zudlik bilan shifokor koʻrigidan oʻtib, tashxis qoʻyilgach davolanish kerak boʻladi.

admin

Recent Posts

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…

2 года ago

Homiladorlikda qon bosimi oshishi — turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…

2 года ago

Chaqaloq qusishi — sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…

2 года ago

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…

2 года ago

Homiladorlik xolestazi kasalligi

Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…

2 года ago

Bolaning ichi yashil kelsa, nima qilish kerak?

Najasning eng tashvishli o'zgarishlaridan biri bu - uning odatdagidan boshqacha ko'rinishda bo'lishi sanaladi. Chaqaloq yoki…

2 года ago