Kasalliklar

Homiladorlikda toksikoz va uni yengillashtirish usullari

Homiladorlikda toksikoz homiladorlikning umumiy belgisi bo’lib, ko’ngil aynishi va vaqti-vaqti bilan qayt qilish bilan ajralib turadi. Toksikoz odatda ertalabgi ko’ngil aynishi bilan bezovta qilishi bilan bir qatorda, kunning istalgan vaqtida ham xuddi shu belgilar bilan homilador ayolga turli noqulayliklar tug’dirishi mumkin.

Toksikoz odatda, homiladorlikning birinchi uchoyligida sodir bo’ladi va unga homiladorlikning birinchi belgilaridan biri sifatida qaraladi. Homilador ayollarning taxminan 70-80 foizi birinchi trimestrda ko’ngil aynishi yoki qusish kabi bezovtaliklarni boshdan kechirishadi.

Homiladorlikda toksikoz qachon boshlanadi?

Homiladorlikning ko’ngil aynishi va qayt qilish odatda homiladorlikning 9 haftasidan oldin boshlanadi. Va aksariyat ayollarda bu homiladorlikning 14-haftasida yo’qoladi. Ba’zi ayollarda esa toksikoz bir necha hafta yoki oy davom etadi. Ba’zi ayollarda esa bu butun homiladorlik davri davomida bezovta qiladi.

Homiladorlikda ko’ngil aynishi va qusishi odatda homilaga zarar yetkazmaydi, lekin bu sizning hayotingizga, shu jumladan ish qobiliyatingizga yoki odatdagi kundalik mashg’ulotlaringizga yomon ta’sir qilishi mumkin. O’zingizni yaxshi his qilishingiz va alomatlarning yomonlashmasligini ta’minlaydigan toksikozni davolashning xavfsiz variantlari mavjud. Ushbu maqolamiz orqali homiladorlikda toksikozni uy sharoitida davolash yoki yengillatish usullari haqida to’xtalib o’tamiz.

Ko’proq dam oling

Ko’pincha birinchi trimestrda, bo’lajak ona o’zini zaif, uyquchan his qiladi, dam olishni xohlaydi va ba’zida u shunchaki harakat qilishga kuch topolmaydi. Bu, albatta, toksikoz emas, lekin agar bunday hislar paydo bo’lsa, tasodifan ko’ngil aynishning yana bir xurujini qo’zg’atmaslik uchun ularga yon bosish kerak. Ko’proq dam oling va to’satdan keskin harakatlar qilmang.

Shamollatilgan xonada uxlang: yotoqxonadagi havo toza va salqin bo’lishi kerak. Doim o’z vaqtida uxlang, yarim tunda televizor yoki kompyuter oldida o’tirmang, barcha bezovta qiluvchi omillarni yo’q qiling: noqulay matras, adyol, yostiq, qattiq to’shak, chunki uyqu yetishmasligi ham ertalabki ko’ngil aynishiga olib kelishi mumkin.

Foydali maqola: Homiladorlikda kamqonlik (anemiya) — belgilari, sabablari va davolash usullari

Homiladorlikda toksikoz xurujidan qochish uchun to’g’ri ovqatlaning

Kam-kamdan kuniga 5-6 marta, hatto undan ham ko’p marotaba va har doim kam-kamdan ovqatlaning. Bu toksikozni yengillashtirishga xizmat qilishi mumkin.

Ertalab uyg’onganingizda darhol to’shagingizdan turmang. Toksikozga qarshi eng samarali usullardan biri yotoqda nonushta qilishdir. Kechqurun qatiq yoki ertalab iste’mol qilishni yoqtiradigan istalgan mahsulotni yotog’ingizning yoniga qo’ying. Ertalab esa, turishdan oldin ovqatlaning, keyin bir oz yoting. Bu bilan ertalabki toksikoz umuman bezovta qilmasligi yoki juda yengil kuzatilishiga erishish mumkin.

Odatda, toksikozda yog’li, dudlangan, tuzlangan, gazlangan suv ichish tavsiya etilmaydi (odatiy xavfli oziq-ovqat to’plami). Ammo, ehtimol ba’zi juda sog’lom bo’lmagan mahsulotlar homiladorlikda sizga yoqishi va ba’zi sog’lom ovqatlar, aksincha, ko’ngil aynishiga olib kelishi ham mumkin. «Homiladorlar injiqliklari» — kechasi baliq yoki bodring bilan tort yeyish istagi — bu tanadan oziq-ovqatning u yoki bu tarkibiy qismiga muhtojligi haqidagi so’rovlaridir. «Lalu» ilovasidan chiqishingiz bilanoq, yana uni sog’inib qolishingiz, bu ham «Homiladorlik injiqliklari»dan biridir. ?

Masalan, bo’r chaynash istagi kalsiy yetishmasligining belgisidir. 

Agar biror mahsulotni yeyishni yoki ichishni xohlamasangiz, hatto bu mahsulot juda foydali va zarur bo’lsa ham, uni iste’mol qilmang.

Foydali maqola: Homiladorlikda nimalar mumkin emas? Eng zararli 11 mahsulot

Tez-tez suyuqlik iching

Toksikoz ko’ngil aynishi bilan chegaralanmasligi mumkin, ba’zida qusish ham qo’shilishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, organizmda suyuqlik yo’qoladi. Shuning uchun, ovqatlanish oralig’ida tez-tez suv iching: bir-ikki qultum gazlanmagan mineral suv yoki limonli choy ko’ngil aynishni yengishga va yo’qolgan suyuqlik o’rnini to’ldirishga yordam beradi. Ammo suyuqlikni kichik qultumlar holida ichishingiz kerak. Bundan tashqari, bir muddat sho’rvalardan voz kechishingiz kerak, chunki ko’p miqdorda suyuqlik ichish va suyuq ovqatlanish, aksincha ko’ngil aynishi va qayt qilishni keltirib chiqarishi mumkin.

Toza havodan nafas oling

Toza havoda yurish hamma uchun foydalidir, bu ayniqsa toksikoz bilan kurashayotgan homilador ayollar uchun ikki xissa foydalidir. Birinchidan, yurish paytida homilador ona va chaqaloqning qoni kislorod bilan to’yingan bo’lib, bu sog’liq uchun juda muhim, ikkinchidan, yurish asab tizimini tinchlantiradi. 

Bu omillar birgalikda toksikozning noxush alomatlarini kamaytirishga yordam beradi. Siz kuniga kamida ikki soat piyoda sayr qilishingiz kerak, sayr nafaqat ko’cha bo’ylab, balki havosi toza joylarda: o’rmonda, parkda, ochiq maydonlarda va eng muhimi, shahar tashqarisida bo’lsa juda ham samarali bo’ladi. Ko’chaga chiqishdan oldin, marshrutni o’ylab ko’ring: gaz bilan ifloslangan magistral yo’llardan, ko’cha kafelaridan, oziq-ovqat do’konlaridan va boshqa «xushbo’y hidli» joylardan imkon qadar yurmang.

Xushbo’y hidlardan qoching

Birinchi trimestrda ta’m va hidga homilador ayolning munosabati o’zgaradi. Endi sizning sevimli atiringiz ham ko’ngil aynishi, bosh og’rig’i va allergik reaksiyaga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun, sizni bezovta qiladigan barcha xushbo’y kosmetika vositalaridan vaqtincha voz keching: parfyumeriya, dezodorantlar, kremlar va boshqalar. Turmush o’rtog’ingizga ham sizni bezovta qilayotgan hidli atirlaridan foydalanmasligini tushuntirishingiz mumkin, albatta bular injiqlik emas, balki vaqtinchalik chora, tez orada hammasi normal holatga qaytadi.

Go’zallik mahsulotlarisiz nima qilaman, deb tashvishlanmang. Kosmetik do’konlar ham, dorixonalar ham hidsiz yoki minimal hidli turli xil kremlar va shampunlar bilan to’la.

Homiladorlikda toksikoz: O’z ustingizda ishlang

Psixologlarning fikricha, toksikozning sababi nafaqat gormonal o’zgarishlar, balki ayolning psixologik holati hamdadir. Ayol qanchalik ko’p tashvish va qo’rquv ostida bo’lsa, toksikoz shunchalik aniq va kuchli bo’lishi mumkin. Ideal holda, homiladorlik paytida har qanday stressdan o’zingizni cheklash yaxshiroqdir. 

Albatta, asabiylashish yoki tashvishlanishdan qochish har doim ham imkonsiz, lekin televizorni kamroq ko’rish, internetda salbiy yangiliklar va homiladorlikning «dahshatli hikoyalarini» o’qimaslik, kundalik maishiy muammolarga chap berish imkoniyati har bir ayolda mavjud. 

Shuning uchun, agar homiladorlikda toksikoz tashvishlantirsa, homiladorlik paytida o’zingizning uchun qulay dunyoni yarating. Bunday qulay dunyoni yaratishda sizga «Lalu — Homiladorlik maktabi» oilasi yordam berishi mumkin.

Agar siz o’zingiz bilan kurasha olmasangiz psixologlarga murojaat qiling. Toksikoz haqiqatan ham psixoterapiya yordamida yaxshi davolanadi. Asosiysi, bo’lajak ona o’z tashvishlariidan, jumladan toksikozdan xalos bo’lishni istashi lozim.

Maqola Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash milliy xizmati, Amerika akusherlik va ginekologlar kolleji hamda Helathline ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.

admin

Recent Posts

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…

2 года ago

Homiladorlikda qon bosimi oshishi — turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…

2 года ago

Chaqaloq qusishi — sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…

2 года ago

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…

2 года ago

Homiladorlik xolestazi kasalligi

Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…

2 года ago

Bolaning ichi yashil kelsa, nima qilish kerak?

Najasning eng tashvishli o'zgarishlaridan biri bu - uning odatdagidan boshqacha ko'rinishda bo'lishi sanaladi. Chaqaloq yoki…

2 года ago